Mavzu. Sifatlovchi qaratuvchi aniqlovchining turlari ekanligi


Kiritma gap va kiritma belgi


Download 97.06 Kb.
bet8/15
Sana02.11.2023
Hajmi97.06 Kb.
#1740335
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Mavzu. Sifatlovchi qaratuvchi aniqlovchining turlari ekanligi

Kiritma gap va kiritma belgi
So'zlovchining o'zi bayon qilgan fikriga qo'shimcha mulohazasini bildirgan gap kiritma gap deyiladi.
Kiritma gap asosiy fikrni qo'shimcha izohlash, aniqlash, toldirish uchun ishlatiladi va o'ziga aloqador bo'lmagan gapdan maxsus to'xtam bilan ajratiladi. Masalan: U bejirim tuflisi bilan yemi duk-duk bosib (bu duk-duklardan Qahramonning yuragi go'yo mix qoqilayotganday zirqirab ketdi) mashina tomon yurdi. (O.Yo.)
Kiritma gaplar odatda qavs ichiga olinadi: O'sha yosh bolam (u ota- onasiz qolgan edi) boyga qarol qilib berishdi. Ayrim hollarda kiritma gap o'zi bilan aloqador bo'lgan gapdan tire bilan ajratiladi. Masalan: Universitet hovlisi—men hozirgina aylanib chiqdim— talabalar bilan gavjum bo'lib turibdi.
So'zlovchining qo'shimcha fikrini alohida ta'kidlaydigan maxsus belgilar ham bo'lishi mumkin. Bu darak belgilari shaklida qo'yiladi. Masalan: "Avtor mana shu bachkana (?) munosabatlarning hammasini poyetiklashtirib tasvir etadi."Nahot poyetiklashtirilgan (!) tasvir bachkana bo'lolsa. (M.N.)

MAVZU: To`liq va to`liqsiz gaplar va ularning turlari.
Fikrni ifodalash uchun zarur bo`lgan gap bo`laklarining barchasi qatnashgan gaplar to`liq gaplar dеyiladi: Ulardan xat kеldimi?Nutq vaziyatidan ma'lum bo`lgan ayrim bo`laklari tushirilgan gaplar to`liqsiz gaplar dеyiladi: - Siz maktabga borasizmi? - Boraman (ega - mеn, hol – maktabga tushirilgan).To`liqsiz gaplarning turlari: 1) dialogik nutq tarkibidagiKim kеlmadi? Ahmad. 2) ibora tarzidagi: Tug`ilgan kuningiz bilan! Navro`zingiz muborak! 3) qo`shma gap tarkibidagi: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod (qoladi).To`liqsiz gaplar suhbatda, so`zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko`proq qo`llanadi.Qo`shma gaplar, qismlarining o`zaro birikish usuli va semantik munosabatiga ko`ra, uch xil bo`ladi: 1) bog`langan qo`shma gap; 2) ergashgan qo`shma gap; 3) bog`lovchisiz qo`shma gap.Qiyoslang: Iste’dod hamisha har xil bo`ladi, iste’dodsizlar esa hamma joyda bir xildir. (E.Vohidov) Shuni aytmoqchimizki, odam hamma vaqt bilimga tashna bo`lishi shart. (F.Julio Kyuri).Keltirilgan misollarning birinchisi bog`langan qo`shma gap bo`lib, uning qismlari esa yordamchisi vositasida o`zaro teng bog`langan; ikkinchisi ergashgan qo`shma gap bo`lib, uning qismlari –ki aniqlov bog`lovchisi orqali ikkinchi qismni birinchi qismga tobelik yo`li bilan bog`lagan; uchinchi gap bog`lovchisiz qo`shma gap bo`lib, uning qismlari o`zaro hech qanday bog`lovchi vositasiz - faqat ohang orqali birikkan

Download 97.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling