Mavzu. Sifatlovchi qaratuvchi aniqlovchining turlari ekanligi
Download 97.06 Kb.
|
Mavzu. Sifatlovchi qaratuvchi aniqlovchining turlari ekanligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiqirlab kulganicha
- 4) bosh kelishikdagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan ot bilan
- 6) taqlid so‘z bilan
- Kuni bilan
- Yetti
1) holat ravishi bilan: Sahnada hozir biron yangilik yuz berishi kerakday, hamma nafasini ichiga yutib, jimgina tikilib qoldi. Birdan qarsak chala boshladilar. (J.Abdullaxonov).
2) ravishdosh bilan: To‘rg‘aylar bir nuqta ustida qanot qoqib g‘ujurlashadi. (P.Qodirov). Temirjon ularning kuyib-pishib bir-birlariga gap uqtirishlarini ko‘rib, o‘qituvchilarning muvaffaqiyatidan qanchalik faxrlanishlarini his qila boshladi. (J.Abdullaxonov). Qiqirlab kulganicha qochib borayotgan qizning ortidan jilmayib qarab turdi. (J.Abdullaxonov). Ona yana o‘ylay-o‘ylay o‘yiga etolmay qoldi. (J.Abdullaxonov). 3) sifatdosh+ «holda» ko‘makchi so‘zi bilan: Bu payt Yulduzning dugonalari o‘zaro bahslashgan holda yaqinlasha boshladilar. (J.Abdullaxonov). 4) bosh kelishikdagi ot yoki ko‘makchili ishlatilgan ot bilan: Turmushning yaxshi o‘tib, farovonlik bilan yashashni istasang, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yma. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 5) sifat bilan: Qiyshiq o‘tirsang ham, to‘g‘ri gapir. (Maqol). Albatta, mendan ko‘ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov). 6) taqlid so‘z bilan: Ufqqa yonboshlagan quyoshning so‘nggi nurlaridan yaltiragan mirzateraklar uchidagi nurlar lip-lip o‘chdi. (J.Abdullaxonov). Ba’zilar negadir hiring-hiring kulishar, pichir-pichir so‘z qotishardi. (J.Abdullaxonov). 7) frazeologik ibora bilan: U tarvuzi qo‘ltig‘idan tushib ko‘chaga chiqdi. (F.Musajonov). 2. Payt holi ish-harakatning bajarilish paytini, uning chegarasini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Payt holi payt ravishi, ravishdosh, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan, ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Tomosha qilib turganlar doim uni kulgi qilishardi. (P.Qodirov). Ertalab bolalar uchun olgan suvlaridan ozgina qolgan edi. (P.Qodirov). Hech qachon o‘z aybingni birovga yuklashni o‘rganma!.. (J.Abdullaxonov). Yoshligingda odat qilsang, qariguncha ko‘nikasan, qariganingda odat qilsang, ko‘nikkuncha ko‘milasan. (Maqol). O‘ttizida er atangan, qirqida sher atanar. (Maqol). Kuni bilan jiyanlarini erkalatib, soy bo‘ylarida aylandi. (J.Abdullaxonov). Biz dam olish kuni shahardan tashqariga, Bo‘zsuv bo‘yiga chiqdik. (O.Yoqubov). Payt holi harakatning bajarilish paytini bildiradi: Shunday diqqat bo‘lgan kunlarning birida Tolibjon kechasi xontaxtaga bag‘rini berib... xat yozdi. (S.Ahmad). Temirjonning ongi hech qachon bunchalik yangiliklar bilan boyimagan edi. (J.Abdullaxonov). Payt holi harakatning bajarilishidagi chegarani bildiradi: Yangi yilgacha yog‘ingarchilik kam bo‘ldi... (J.Abdullaxonov). Ertalabdan to qorong‘i tushgunga qadar barcha qatori dala qoshidan nari ketmasdi. (J.Abdullaxonov). Temirjon allamahalgacha uyqusi qochib, Usmonali otaning Hilol aka haqidagi gaplarini eslab yotdi. (J.Abdullaxonov). Men yigirma besh yildan beri paxta ekaman. (J.Abdullaxonov). 3. O‘rin holi ish-harakatning bo‘lish, boshlanish, yo‘nalish o‘rnini bildirib, qayerda? qayerdan? qayerga? qayergacha? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. O‘rin holi o‘rin ravishi, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar hamda ko‘makchili ishlatilgan otlar, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: Unda yuqoridan shitob bilan quyilib kelayotgan tiniq suv toshlarga urilib, qirg‘oqqa sapchib oqardi. (S.Ahmad). Afsus, oyoqlar ostida tuzoqlar ko‘p. (T.Malik). Osmoni falakka burgut qanotini tarang yozib uchadi. (S.Ahmad). O‘rin holi ma’nosiga ko‘ra uch xil: 1) ish-harakatning bo‘lish o‘rnini bildirib, qayerda? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. U o‘rin ravishi, o‘rin-payt kelishigidagi so‘zlar hamda ko‘makchili ishlatilgan so‘zlar bilan ifodalanadi: Bostirmada g‘ildiraklari olingan... «Volga» mashinasi turibdi. (P.Qodirov). Yuqorida ... bola shitirlashni eshitgan zahoti bu tomonga qarab chopgan edi. (P.Qodirov). Ular yuqoridan shildirab tushayotgan suv bo‘yida archa bilan ayqashib o‘sgan zirk tagida o‘tirib ovqatlanishadi. (P.Qodirov). 2) ish-harakatning yo‘nalish o‘rnini yoki harakatning bo‘lishidagi eng so‘nggi chegarani bildirib, qayerga? qayergacha? so‘rog‘idan biriga javob bo‘ladi: U Tolibjonga ro‘para kelishdan qo‘rqib, so‘qmoqdan o‘ngga burildi... (S.Ahmad). Ishkomlar tunnel singari bir tekis olis-olislarga cho‘zilgan. (J.Abdullaxonov). Qo‘rg‘oshindek qora bulutlar Oyqor tog‘lari tomon o‘tib ketdi. (S.Ahmad). – Kelib turing, xola,- eshikkacha kuzatib qo‘ymoqchi bo‘ldi Qunduz. (J.Abdullaxonov). 3) ish-harakatning boshlanish o‘rnini ifodalab, qayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: Ministrlikdan telefon qilishardi. (J.Abdullaxonov). Ammo qayoqdandir hoshiya tortib kelayotgan qora bulut uning yuzini sholday bir nafas o‘rab turdi... . (J.Abdullaxonov). Temirjon haligina kutubxonadan olib kelib, divanga betartib sochib qo‘ygan kitoblariga qaradi. (J.Abdullaxonov). 4. Sabab holi ish-harakatning bajarilish sababini anglatib, nimaga? nima uchun? nima sababdan? kabi so‘roqlarning biriga javob bo‘ladi. Sabab holini ko‘pincha «uchun», «sabali», «tufayli», «bois» kabi ko‘makchilari yoki chiqish kelishigi –dan affiksi shakllantiradi. Sabab holi ravish, ot, olmosh, sifatdosh, so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: U tortinchoqligi, parishonholligi tufayli ayrimlarga g‘alatiroq ko‘rinayotganini ham seza boshladi. (J.Abdullaxonov). Muvaffaqiyatsizliklardan ranjishlar yo‘llariga g‘ov bo‘lmas. (J.Abdullaxonov). Negadir birdan zildek bo‘lib ketgan qo‘lini arang ko‘tarib, qo‘ng‘iroq tugmasini bordi. (F.Musajonov). Hozirgina savdosi yaxshi bo‘lganidan Azizbekning ko‘ngli vayron bo‘ldi. (S.Ahmad). 5. Maqsad holi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nima uchun? nimaga? nima maqsadda? degan so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Maqsad holini ko‘pincha «uchun», «maqsadida», «niyatida» yordamchi so‘zlari, shuningdek jo‘nalish kelishigi –ga affiksi shakllantiradi. Maqsad holi ravish, ravishdosh, ot, frazeologik ibora, harakat nomi, so‘z birikmasi bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Qadamimni ataylab dadil-dadil bosaman. (P.Qodirov). Ular baliqlarni tomosha qilgani pastga tushishdi. (S.Ahmad). ... Votti kennoyi andak ko‘nglini yozib ketish uchun kelgan ko‘rinadi. (J.Abdullaxonov). 6. Miqdor-daraja holi ish-harakatning bajarilishini miqdor jihatdan belgilab, qancha? necha marta? qanchalab? kabi so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi. Miqdor-daraja holi ko‘pincha miqdor-daraja ravishlari bilan ifodalanadi: Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla. (Maqol). Dodamat akaning qotma va abjir gavdasiga mos qoramag‘iz basharasi Ahmadga borgan sari ko‘proq yoqardi. (F.Musajonov). Bular dushman pozitsiyasiga mumkin qadar yaqinroq borib, biron qulay joyda soatlab... poylab etishadi. (A.Qahhor). Yelkasiga charm xalta osgan yigit tarjimon bilan xiyla tortishib qoldi. (J.Abdullaxonov). Miqdor-daraja holi son bilan ifodalanadi. Bunda son yakka o‘zi yoki «marta», «karra» so‘zlari bilan kelib miqdor-daraja holi vazifasini bajaradi: Yetti o‘lchab, bir kes. (Maqol). Ana shunaqa, azizlar, fan yana bir karra g‘alaba qozondi. (J.Abdullaxonov). Ortiq ham ayiq ovini bir marta ko‘rgan. (P.Qodirov). So‘z birikmasi ham miqdor-daraja holi vazifasini bajarishi mumkin. Masalan: Mehmonlar yana bir necha muddat teplitsani aylanishdi. (J.Abdullaxonov). Download 97.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling