Mavzu: Signallarga ishlov berishni algoritmlari va usullari
Download 259,57 Kb.
|
Tizim va signallar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- S6000 prosessorlari uchta yo’nalish bo’yicha rivojlanadi.
S5000 platformasi. S5000 – bu qo’zg’almas nuqtaga ega 16 ta razryadli SP. Birinchi navbatda telekommunikasiyalarning mobil vositalari, tibbiyot texnikasining o’lchov qurilmalari uchun mo’ljallangan. Asoviy texnologik afzalliklari –iste’mol qilinadigan quvvatning yuqori tezligi. S55xx modeli eng perspektiv hisoblanadi. Prosessor yadrosiga yana bita AMQ, yana bitta ko’paytirib qo’shish moduli qo’shilgan, shuning uchun prosessor bir vaqtning o’zida ikkitagacha hisoblash amallarini bajara oladi. Ichki shinalar soni ko’paytirilgan, ma’lumotlar shinalarining o’zi 5 ta: uchtasi o’qish uchun va ikkitasi yozish uchun. Buyruqlarning so’zuvchi uzunligi kiritilgan. Konveyerli ishlov berishning kiritilishi hisobiga maksimal unumdorligi 600 MIPS gacha oshirilgan. S55xx oila prosessorlari shartli ravishda bir nechta guruhlarga bo’linadi.
Birinchi guruhda umumiy foydalanishdagi SP: S5501/02/10. S5510 prosessori kristalldagi xotiraning eng katta hajmiga ega, S5501 va S5502 prosessorlari kristalldagi xotiraning eng kichik hajmiga ega, lekin adersning to’liq razryadli (so’z uzunligiga teng) tashqi shinalarni o’z ichiga oladi, bu esa, kata hajmdagi ma’lumotlar massivini ulash imkonini beradi. S5503/07/09 prosessorlarning ikkinchi guruhi multimediyali tizimlari - USB, Flash-kart interfeyslariga oson intengrallanish imkonini beradigan turli tashqi qurilmani o’z ichiga oladi Uchinchi guruhni ushbu oilaga qisman taalluqli bo’lgan prosessorlar tashkil etadi (OMAR5910/12). Ular bitta kristallda ikkita yadroni o’z ichiga oladi: signal va xost-yadro. Ushbu prosessorlarga operasion tizimlarning qatori adaptasiyalangan, xususan Linux, bu ularning asosida murakkabroq tizimlarni qurish imkonini beradi, bu yerda signal yadrosi grfik, ovozli, video, telematik axborotga ishlov berishni bajaradi, ikkinchi yadro esa xostprosessor vazifasini bajaradi. S6000 prosessorlari uchta yo’nalish bo’yicha rivojlanadi.
Download 259,57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling