Mavzu: Simmetrik kriptotizmlar Reja: Simmetrik kriptotizmlar


O‘z DSt 1105:2005 va O‘z DSt 1105:2009


Download 231.65 Kb.
bet3/3
Sana22.01.2023
Hajmi231.65 Kb.
#1110714
1   2   3
Bog'liq
Simmetrik kriptotizmlar

O‘z DSt 1105:2005 va O‘z DSt 1105:2009 «Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik muhofazasi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi» (MShA)da modul arifmetikasining diamatrisalar algebrasidan foydalaniladi, bunda hisoblashning qiyinlik darajasi matrisalar algebrasidagi singari bajariladi. Shifrmatnga o‘girish va dastlabki matnga o‘girish proseduralarida foydalaniladigan diamatrisalar algebrasining asosiy amali diamatrisani p modul bo‘yicha diamatrisaga teskarilash amali hisoblanadi. Bu amallarda ikki o‘lchamli seans kaliti massivining maxsus tuzilmali 4x4 tartibli kvadrat diamatrisa bilan aks ettiriluvchi qismlari ishtirok etadi. Maxsus tuzilmali diamatrisaning muhim xossasi diamatrisaning diaaniqlovchisini hisoblash formulasining soddaligidir, bu esa diamatrisani teskarilash shartlarini tekshirish ishlarini soddalashtiradi. Maxsus tuzilmali diamatrisani teskarilash shartlarini tekshirish MShA parametrlariga qo‘yiladigan asosiy talab hisoblanadi. MShAda shuningdek butun sonlarni parametrli ko‘paytirish, teskarilash va darajaga oshirish deb atalgan parametrli gruppa amallaridan ham foydalaniladi. MShA belgilab qo‘yilgan ikki xil - 256 va 512 bit uzunlikdagi kalitlar yordamida amalga oshiriladi. Barcha yuqorida bayon etilgan GOST 28147-89dan boshqa algoritmlar bo‘yicha ma’lumotlarni shifrlashda 5 xil ish rejimini qo‘llash mumkin elektron kod kitobi; shifr bloklarning ilashishi; chiqish orqali teskari bog‘lanish; shifrmatn orqali teskari bog‘lanish (teskari bog‘lanishli gammalashtirish); sanoqchi. Tabiiyki, har bir ish rejimining o‘ziga xos afzalligi va kamchiligi bo‘ladi. Masalan, kalitlarni shifrlashda elektron kod kitobi ish rejimini, alohida belgilar uchun shifr matn orqali teskari bog‘lanish ish rejimini, aloqa tizimida (odatda, 39 biror shifrmatnni takror uzatish imkoniyati bo‘lmaganda) chiqish orqali teskari bog‘lanish ish rejimini qo‘llash qulay hisoblanadi.
Download 231.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling