Mavzu: Sinf rahbarining maktab, jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlar Reja «Oila, mahalla, maktab hamkorligi»


Download 28.11 Kb.
bet3/4
Sana12.02.2023
Hajmi28.11 Kb.
#1190747
1   2   3   4
Bog'liq
2 5409328030172587356

To’rtinchi bosqich. O’smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va aql zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo’lishini ta’minlash, maishiy mehnat fao-liyati orqali turli kasblarga yo’naltirish, o’smirlar guruhlari va jamoatchilik orasida o’z o’rnini topa olishiga ko’maklashish, o’z xatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik tuyg’usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga keltirish.
Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo’yicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo’lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to’la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.
O’quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish mexanizm».
O’zaro hamkorlik ishlarini boshqarish uchun joylarda o’z tarkibiga mahallalar faollari, obro’li ota-onalardan, o’quv-tarbiya muassasalarining tajribali xodimlaridan, mahalla hududida joylashgan turli tashkilotlarning xodimlaridan iborat muvofiqlashtiruvchi jamoatchilik kengashlari tuzilishi kerak. Jamoatchilik kengashi o’z zimmasiga olgan vazifalardan kelib chiqib, o’z tarkibida turli yo’nalishlarda faoliyat ko’rsa-tadigan kichik tashabbuskor guruhlarni tuzishi mumkin. Jamoatchilik kengashi ma’lum bir muddatga mo’ljallangan ish dasturini tuzish va uni mahalla yig’inida tasdiqlab olib, amalga oshirishi zarur buladi.
Qayd etilgan tadbirlar davra suhbatlaridan, biron bir mavzuga yoki muammoga qaratilgan kengash va majlislardan, anjumanlardan, mahalla ahlini birlashtiruvchi, ularni sog’lom turmush tarziga yetaklovchi ko’rik-tanlovlar, musobaqalar, bellashuvlar, uchrashuvlar va turli sanalarga bag’ishlangan anjuman va tantanalardan iborat bo’lishi mumkin.
Joriy qilingan jamoatchilik kengashi o’z faoliyati to’g’risida mahalla ahliga xar chorakda bir marotaba hisobot beradi. Zarurat turilganda o’quv-tarbiya muassasalari, mahalla faollari, mahalla hududida joylashgan tashkilot, korxona va idoralarning ta’lim-tarbiya yuzasidan olib borilayotgan ishlari to’g’risida hisobotlarini tinglab, ularga amaliy va nazariy yordam berishi ish samarasiga va uning izchilligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Kengash mahalla hududida istiqomat qilayotgan, o’z farzandlari tarbiyasiga befarq ota-onalarga nisbatan davlat boshqaruv idoralari, huquqni himoya qilish tashkilotlari bilan hamkorlikda turli ma’muriy choralarni qo’llashi mumkin.
Kengash tashabbusi bilan biron-bir dolzarb mavzuda favqulodda mahalla yig’inlari, o’quv-tarbiya muassasalarining pedagogik kengashlari yoki boshqa zarur tadbirlar tashkil qilib o’tkazilishi mumkin. Kengash mahalla hududida o’zbek milliy tarbiya an’analarini tiklash, turli madaniy tadbirlar o’tkazish, bolalar va kattalarning bo’sh vaqtlarini tashkil etish borasida maktablar, o’yingohlar, madaniyat muassasalari, sport inshoatlari, o’smirlar klublari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar ishini muvofiqlashtiradi.
Kengash o’tkazilgan tadbirlarni tahlil qiladi, bu borada uslubiy maslahatlar tayyorlaydi va bu tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritadi. Kengash yosh avlodni tarbiyalashda mahalla, maktab va oila hamkorligi tasarrufiga kirgan masala va muammolarni mahalla hududidagi o’quv-tarbiya muassasalari, tashkilot va idoralari ishi rejalashtirilishi va amaliyot dasturlariga kiritilishida ularning bahamjihatligini ta’minlaydi. Ushbu kengashlar maktab, tuman, shahar va viloyat miqyosida tashkil qilinishi va kengash a’zolarining barcha davlat va nodavlat tashkilotlariga, jamg’armalarga, jamoatchilik markazlariga va turli tashkilotlarga o’z vakolatlari doirasida murojaat qilishlariga imkoniyat yaratilishi kengash vazifalarini tezkorlik bilan amalga oshirish imkoniyatini beradi.
O’quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish uslublari.
Ta’lim va tarbiya sohasiga e’tiborni kuchaytirish, bu borada hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qonun va hujjatlarni, direktiv ko’rsatmalarni samarali bajarish uchun oila, mahalla, maktab hamkorligi faoliyati o’ziga xos pedagogik tizim, uslub va shakllarga ega bo’lishi zarur.
O’tkazilgan tadbirlar xar tomonlama puxta, shuning bilan qatnashchilarning yoshlariga mos pedagogik va psixologik mujassamlashgan, mantiqan teran, qiziqarli va ko’rgazmali, ta’sirchan, ommabop, amaliy jihatdan qisqa va lo’nda, estetik jihatdan keng ko’lamli bo’lishi kerak.
Hamkorlikda olib borilayotgan ishlar mahalla hududidagi barcha yoshlar va toifadagi fuqarolarni qamrab olishi hamda ularning qiziqish va intilishlariga mos bo’lishi lozim. Hamkorlik tadbirlarining mavzulari «Sog’lom avlod uchun», «Ota-onangga rahmat», «Odobingga balli», «Sor tanda sorlom aql», «Mehr chashma-si», «Qizlar ibosi», «Bir yigitga qirq hunar oz», «O’g’lim posbonim», «Hayot-ustoz, xalq-muallim», «O’zbekiston - Vatanim manim!», «Milliy burch va mas’uliyat», «Oila saboqlari», «Oila etikasi», «Oila tinch - mahalla tinch», «Mustaqil hayot bo’sag’asida», «Askarlik - yigitlik maktabi», «Oila baxti - Vatan baxti», «Sportchi oila», «Oilamiz ohanglari», «Vatan ostonadan boshlanadi», «Biz kimmiz» kabi tadbirlardan iborat bo’lishi mumkin.
Kelajakni quruvchi yosh avlod ekan, ularni oilada tarbiyalash, ularni qanday yo’l bilan tarbiyalash kerakligiga e’tibor bermog’imiz lozim. Chunki har bir oila ijtimoiy jihatdan har xil, tarbiyalash ham shunga ko’ra bo’ladi. Tarbiyalash ham olalarda har xil bo’ladi, chunki yosh ota-onalar uchun biroz murakkabroq bo’lsa, o’rta yoshidagi oilalarda osonroqdir, keksalar orasida esa xotirjamlik. Bunday bo’linishida tarbiyachilar ham xar xil bo’ladi. Lekin hamma ota-onalar o’z farzandi xar tomonlama rivojlangan, komil insonni tarbiyalashni umid qiladi. Jamiyatimiga ham bunaqa fuqarolar juda zarur, chunki yangi mustaqil davlatimizda yangi komil inson yashash kerak. Maktab, oila va va jamoatchilikning tarbiyadagi maqsadlari bir xil ekandir. Buni hisobga olgan holda o’qituvchilar sharqona ta’lim tarbiya yo’llarni, axloq -odob mezonlarini chuqur o’rganishlari kerak va uni tarbiyaviy tadbirlar jarayonda tashkil etish mumkin. Markaziy Osiyo halqlari milliy pedagogik merosini, halq pedagogikasi an’analari va uni ta’lim tarbiya ishida qo’llashlari uchun keng imkoniyatlar mavjud. Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Ibn Sino, Al-Beruniy, Marg’iloniy, M.Ulug’bek, A. Navoiy, Bobur, Avloniy kabi ko’plab, tarbiya ilmiy etakchilarini, asrlar davomida millatimiz e’tiqodi, bulish islom dini axloqiy mezonlarin targ’ibotchilari Al Buxoriy, At-Termiziy, Naqshband, Yassaviylar nomi e’tiqod, axloq-odob, ta’lim-tarbiya borasidagi beqiyos meroslarini targ’ib qilish ham bu yerda faoliyat ko’rsatayotgan mahoratlarni oshiradi.
Oila va jamiyat - mohiyatan bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, oilada jamiyatning tub mohiyati va muammolari o’z aksini topadi. Shuning uchun ham oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bag’rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi.
Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, oila qadriyatlarini eng ilg’or an’analarini tiklashga qaratilgandir. Oilaviy tarbiya - oilada ota-onalar, vasiylar yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o’rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta’sirchan kuch - oilaviy tartibdir.
Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo’g’iniga ham aylantiradi.
Oila va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota-onalarning o’ziga xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, qo’ni-qo’shniligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro’ligi va hokazolar bilan ta’minlanadi.
Ma’lumki, xilma-xil faoliyat sharoitida bolaning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, bolani oila va mahalladan boshqa qayerda ham faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish mumkin. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiyaning qimmatliligini ahamiyati ana shundaki, kichik bolalik paytida oilada egallagan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Huddi shuning uchun ota-onalarning bolalarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda byelgilab qo’yilgan.
Oila va mahalla hamkorlikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir, ularga muvofiq o’sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilani qo’shadigan hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo’ladi va to’lqinsimon o’zgaradi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta’siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma-xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog’liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni halqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir.
O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar, turli vaziyatlarga duch keladilar.
Shuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar, ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar.
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko’ra belgilanadi. Bu jarayonda ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay ishlashni taqozo etadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni ko’ngildagiday olib borishda o’sib kelayotgan yosh avlodni yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalashda oila va mahalla hamkorlikda ish olib borishi lozim. Umuman olganda, yosh avlodlarni tarbiyalashda uchta asosiy sub’ekt bo’lib bormoqdalar: ota-onalari, mahalla va maktab orqali jamoatchilik. Bu uchala tarbiya subyektlarning tarbiyadagi maqsadlari birligi va ahamiyatini bilgan xolda asosiy sub’ekt maktab bo’lib hisoblanadi. chunki maktab o’qituvchi ota-onalar va jamoatchilikning hamkorlik ishlarini yunaltiradi va tashkil etadi:
Demak, maktab, oila va jamoatchilik hamkorligini bolalar tarbiyasida hal qiluvchi bug’in bulib bunda o’qituvchi-tarbiyachilarning tashkilotchilik muammoni hal etuvchi hisoblanadi.
Boshlang’ich maktab bolalarni tarbiyalashda o’qituvchi ota-onalari bilan hamkorligini tashkil etish shakllari va usullari quyidagicha:

  1. Ota-onalarning yig’ilishlari;

  2. Ota-onalarning maktabi, fakulteti yoki universitet (1-4 yillik);

  3. Ochiq eshiklar kuni;

  4. Oilaga borishi

  5. Ota-onalar va jamoatchilikning savol-javob kechalari, davra-suxbatlari, anjumanlari, shaxsiy va guruhiy suhbatlar.

Ota-onalarning yig’ilishlarda to’la ravishda hozir bo’lishlarini ta’minlovchi eng asosiy shart-bu yig’ilishlarning qiziqarli va mazmuni o’tkazilishidir.
Bu yig’ilishlarda ota-onalarni va o’qituvchilarni qiziqtira oladigan aniq va ravshan masalalar qo’yilishi muximdir. Ota-onalar o’quv vazifalarni yaxshi bajarilishini taominlash uchun quyidagilarga ioya qilsalar yaxshi bo’ladi:

  • o’quvchilarni mashg’ulotlaidan kechikishlariga va darsga kech qolmasliklariga yo’l qo’ymaslik;

  • Uy vazifalarini shoshilmay, aniq bajarish imkonini vujudga keltirish.

  • Bolalarni uy vazifalariga faollik bilan qarashga o’rgatish, bolani g’ayrat va chidamlik oshirish

  • Ota-onalar maktabi, fakultet, universitet mashg’ulotlarda muhokama qilish uchun quyidagi mavzularni chiqarish mumkin:

  • Maktab, oila va jamoatchilikning tarbiya maqsadlarining bir xilligi;

  • Tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslari;

  • Ota-onalarning obro’si, uning turlari;

  • Bolalarga va ota-onalarga maktabning talablari;

  • Boshlang’ich sinf bolaning kun rejimi.

  • Oilani rivojalantirish va mustaxkamlash;

  • Oilada aqliy, axloqiy, iqtisodiy, mehnat, nafosat, ekologik, jismoniy, huquqiy tarbiya;

  • Bolalar va din…

Namunaviy oilalarni topish, ularning tajribalarini mahalla, qishloq, shaharlarda ommalashtirish-pedagogning muhum vazifalardan biridir. Chunki agar oilada o’zaro hamkorlik, o’zaro yordam bir biriga ishonch holati mavjud ekan, bunday oilada rostgo’y, ommaviy, mehribon, o’rtoqlariga doimo yordam berishga tayyor bo’lgan inson kamol topadi. O’zida odobli, kishiga xos fazilatlarni mujassamlashtirgan kishilarning oilalarida doimo huzur-halovat va samimiy hurmat qaror topadi.
Pedagogik tadqiqotlarda isbotlaganidek, oilaviy va ijtimoiy tarbiyaga doir ishlarni quyidagi shakl va usullardan iborat bo’lishi mumkin:
1) mahallalardan oila va jamoatchilik hamkorlik kunlarni tashkil etish;
2) bolalar yashash joylarda hamkorligida «Sog’lom-bayramlarni», sport musobaqa, «quvnoq startlarni» o’tkazish;
3) tarbiyasi og’ir bolalarni nazoratga olib, ular bilan shaxsiy ishlash yondoshuvda, maktablarda tashkil etilayotgan tadbirlarga mahalla, ota-onalar, ishlash joylardan rahbariyatlarni taklif qilish;
4) oilalarga aniq amaliy yordam berish maqsadida tez-tez doktor, yurist, iqtisodiyotchi, pedagog va psixologlarni maxsus tadbirlarga taklif qilish va zaruriy shart-sharoitlarni yaratish;
5) zarur bo’lgan holda oilalarga davlat tomondan moddiy yordam bilan ta’minlash.
Mazkur hamkorlik ishlarni rejalashtirishda va amalda qo’llashda ota-onalar qo’mitasi muhim rol o’ynaydi, chunki qo’mita a’zolari eng faol, eng qiziqqan ota-onalardan iboratdir.
Yuqorida ko’rsatilgan hamkorlik ishlarning usul va shakllar quyidagi sharoitlarda bajarilsa, tarbiya samaradorligi yanada oshadi;
1) Maktab o’zining barcha ta’sirlari majmuini oilaviy tarbiya jarayoniga izchil yuo’naltirsa;
2) O’qituvchilar jamoasi oila va mahalla bilan o’zaro hamkorligi davrida o’zlarining etnik pedagogika talablarini asosida tarbiyani to’g’ri tashkil etsa;
3) Xalq ta’limi va muassasalar tashkilotchi ota-onalarni va jamoatchilikni tarbiyaviy jarayonga tizimli uyushtirsalar;
4) O’qituvchilar tomonidan oilaviy tarbiyaga rahbarlik bolalar maktabga kelmasdan oldin boshlansa va ishlar ularning barcha o’quv yillarida davom ettirilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Download 28.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling