Mavzu: sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining maqsadi


Download 204 Kb.
bet3/7
Sana31.03.2023
Hajmi204 Kb.
#1314145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14 raqam BONUS

Kurs ishining vazifasi:
Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalarni musiqiy o‘quvini tekshiruvdan o‘tkazmay, yalpi tarzda jalb etishni taqozo etadi. Bularga, qo‘shiq bayramlari, «Musiqa xaftaligi», « 0‘zbekiston vatanim manim», «Ilhom chashmali» ko‘rik tanlovlaridan, ijodiy uchrashuvlar, teatr va kontsertalarga sayohat, «Alifbe» bayramlarita, shoir va bastakorlar bilan uchrashuvlar kiradi. Ammo, bulamiig har biriga bolalami yoshi, qiziqishiga qarab, oldindan tayyorlab borilishi kerak. Bu tadbirlami har birini yuksak badiiy did bilan tashkil etib, amalga oshirish, chinakam badiiy- musiqiy bayram ruhini kasb etish lozim.
Kurs ishining ilmiyligi:
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga qarab turli to‘garaklar tuzish mumkin:

  • Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga qarab turli to‘garaklar tuzish mumkin:

  • 1.Xor

  • 2. VIA

  • 3. Ashula va raqs ansambllari

  • 4. Vokal ansambllari

  • 5. Cholg'uchilar ansambli (dutorchilar, rubobchilar, doirachilar)

  • 6. Raqs ansambli

  • 7. Orkestr (duxovoy, xalq cholg‘u asboblari orkestri)

  • 8. Yakkaxon qo‘shiqchilar.

  • 9. Folklor dastasi.

Tuzilish tаrkibi quyidagilardan iborat: so’z boshi, kirish, asosiy qism, xulosa, shuningdek, unda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati tavsiya etilgan. Malakaviy ishda mundarija qayd etilgan.

I BOB. Darsdan tashqari musiqa tarbiyasining turlari va ifoda vositalarining o'ziga xosligi

  1. Darsdan tashqari musiqa tarbiyasi

Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyaning asosiy maqsadi o‘quvchilami iloji boricha ko‘proq ommaviy va to'garak ishlariga jalb etib, ulami dunyo qarashini har tomonlama rivojlantirish, badiiy didini ustirish, tabiatga, Ona - vatanga bo‘lgan mehr - muhabbatini oshirishdir. Mazkur maqsadga amalga oshirishda maktablarda musiqa darslaridan tashqari, ommaviy va to‘garak ishlari olib boriladi. Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyasini ikki shakii mavjud.

  • 1. Musiqa tarbiyasining ommaviy shakii.

  • 2. Musiqa tarbiyasining to‘garak shakii.

Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalami musiqiy o‘quvini tekshiruvdan o‘tkazmay, yalpi tarzda jalb etishni taqozo etadi. Bularga, qo‘shiq bayramlari, «Musiqa xaftaligi», « 0‘zbekiston vatanim manim», «Ilhom chashmali» ko‘rik tanlovlaridan, ijodiy uchrashuvlar, teatr va kontsertalarga sayohat, «Alifbe» bayramlarita, shoir va bastakorlar bilan uchrashuvlar kiradi. Ammo, bulamiig har biriga bolalami yoshi, qiziqishiga qarab, oldindan tayyorlab borilishi kerak. Bu tadbirlami har birini yuksak badiiy did bilan tashkil etib, amalga oshirish, chinakam badiiy- musiqiy bayram ruhini kasb etish lozim.
Musiqa o'qituvchining ommaviy ishlar rejasi, maktab ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Ommaviy, musiqiy ishlar rejasi, musiqa o‘qituvchisi va maktab ma’naviy - ma’rifiy ishlar mudiri, maktab yetakchisi bilan hamkorlikda о "quvchi laming yoshiga, qiziqishiga qarab, bayramlar, uchrashuvlar, tadbirlarni hisobga olgan holda tuziladi. Bunda о‘quvchi laming musiqiy o‘quvi, qobiliyati hisobga olinadi. Ommaviy musiqa mashg‘ulotlarining har biri aniq ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirilmog‘i lozim. Bunda har bir mashg‘ulot turiga qarab, uni asosiy maqsadi, hususiyati, repertuar mazmuni, maktab imkoniyatlari, taklif etilgan mehmonlar hisobga olinib, o‘quvcnilarni jalb etiladi.
To‘garak ishlarini esa, ish rejasini musiqa o‘qituvchisining o‘zi, o‘z choqishi va imkoniyatlariga qarab, mustaqil tarzda tuzadi. 0‘qituvchi to‘garak ishlariga o‘quvchilami musiqiy qobiliyati, hohish - istagi, qiziqishi, ovoziga qarab tanlab oladi va turli to‘garaklar tuzadi. Xaftasiga 2 - 3 bor to‘garakni guruhlarga bo‘lib ishlaydi. To‘garak ishlarining asosi musiqa darsidir. To‘garak ishlariga qobiliyatli, qiziquvchan, musiqa darsdarida aktiv qatnashadigan o‘quvchilar tanlab olinadi. Darsda har bir bolaning layoqati, qiziqish hisobga olinib, u yoki bu musiqa to‘garagiga jal etiladi. To‘garak faoliyati faollashtiradigan narsa bu maktab saxnasidir. 0 ‘quvchilar tadbirlarda, qo‘shiqlar, raqslar ijro etib, maktab jamoasi oldida e’tibor kozonib, tuman, shahar, Respublika ko‘rik - tanlovlarida qatnashdilar. Bu ulami o‘z mexnatida zavqlanishi his - tuyg'ulami Ona - Vatanga muhabbat, musiqa san’atiga hurmat, do‘stlari orasida mehr - muhabbat tuyg‘usini oshirib boradi.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga qarab turli to‘garaklar tuzish mumkin:

  • Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o‘qituvchi o‘z imkoniyatlariga qarab turli to‘garaklar tuzish mumkin:

  • 1.Xor

  • 2. VIA

  • 3. Ashula va raqs ansambllari

  • 4. Vokal ansambllari

  • 5. Choig'uchilar ansambli (dutorchilar, rubobchilar, doirachilar)

  • 6. Raqs ansambli

  • 7. Orkestr (duxovoy, xalq cholg‘u asboblari orkestri)

  • 8. Yakkaxon qo‘shiqchilar.

  • 9. Folklor dastasi.

Maktabdan tashqari musiqaviy tarbiya shakliga boialar musiqa maktablari, boialar ijodiyot markazlari, o‘quvchilar saroylari, boialar teatrlari, m uzeylar kiradi. Mazkur muassasalarga qatnashadigan boialar ham o‘qituvchi nazoratida bo‘lib, maktab hayotiga, ularning faol qatnashuvlarini ta’min etishi lozim. Maktab hayotida boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisining o‘rni beqiyosdir. Musiqa darslaridan tashqari, zamon talabiga mos ravishda tadbirlar tayyorlab, o‘quvchilarda san’atga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishi lozim.
Maktabning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv mashg’ulotlaridan tashqari xilma-xil ta’lim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini yo’lga qo’yish shakllaridan biridir.
Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko’ngillilik asosida tashkil qilinadi. O’quvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’zlarini qiziqtiradigan mashg’ulotlarni tanlab olishadi ularda mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o’tkaziladigan kitobxonlar konferentsiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy-ommabop va mehnat mavzularidagi ma’ruza va suhbatlar, ijtimoiy-foydali mehnat, siyosiy axborot, bayram kechlari va ertaklari, to’garak mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi va shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi.
O’quvchilar sinfdan tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadi, turli vazifatlarga duch keladilar. SHuning uchun ham o’quvchilarning sinfdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi samarali bo’ladi. Sinfdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar.
Sinfdan tashqari faoliyat unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko’ra belgilanadi. Bu jarayonga ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Garchand mamlakatimizdagi barcha maktablarning vazifalari bir bo’lsa-da, o’sha maktablarning o’ziga xos xususiyatlari bor va bu xususiyatlr madaniy va milliy sharoitlarda yaqqol ko’rinadi. Tarbiyachilar, sinf rahbarlarining sinfdan va maktabdan tashqari olib boradigan tarbiyaviy ishlarida quyidagi ish usullaridan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida»gi farmonida ko’rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini topib joriy etishga bog’liq. Ushbu Kontseptsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Respublikamiz taraqqiyoti va o‘zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning har tomonlama kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Yosh avlodni ma’naviy baquvvat, bilimli, o‘z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg‘usiga boy qilib tarbiyalash zamonamizning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Bu esa ta’limtarbiya oldidagi murakkab, keng ko‘lamli muammolardan biridir.
Tarbiyalash deganda, har tomonlama yetuk, o‘zida axloqiy poklik, ma’naviy boylik va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan insonni kamol toptirish nazarda tutiladi. Maktab yoshlarga bilim asoslarini singdiradi. U bola ilmiy dunyoqarashining shakllanishi va mustahkamlanishi yo‘lida asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlarimizni ma’naviy yetuk, komil inson etib tarbiyalashda maktablar bilan birga darsdan tashqari to‘garaklar faoliyati shakshubhasiz katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.



Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling