Mavzu: sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining maqsadi


Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi orqali o’quvchi yoshlarni g’oyaviy tarbiyalash jarayoni


Download 204 Kb.
bet6/7
Sana31.03.2023
Hajmi204 Kb.
#1314145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14 raqam BONUS

4.Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi orqali o’quvchi yoshlarni g’oyaviy tarbiyalash jarayoni.
Milliy g’oya ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan g’oyaviy-estetik tarbiyaga asos beradi va yoshlarni yagona maqsad sari hamjihat bo’lib intilishga undaydi, faollikka chorlaydi. Shu sababli g’oyaviy-estetik tarbiyalash o’quvchilar qalbi va ruhini poklashga qaratilgan soha deb, qaralmog’I kerak.
Zero, yoshlarimizda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, milliy g’oyalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Yana shunisi borki, "Ma’naviyat, mafkura borasida chetdan ko’r-ko’rona nusxa ko’chirib, biron natijaga erishib bo’lmaydi. Chunki, bizning dunyoqarashimiz, xalqimizning tafakkuri, turmush tarzini hoyatda o’ziga xosligi bilan ajralib turadi".
Milliy g’oyamizga asoslangan g’oyaviy-estetik tarbiya xalqimiz ma’naviy salohiya tining susayishiga olib keluvchi bir yoqlama texno kratik rivojlanishga ziddir. Shuning uchun ham o’quvchilarning badiiy havaskorlik to’garaklarida ishtirok etishlari ular ning barkamol shaxs sifatida shakllanishlari uchun samarali badiiy tarbiya omili bo’la oladi. Zero “Badiiy havaskorlikning bosh vazifasi – badiiy ijodiyot yoki san’atning biror tor yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash emas, balki har tomonlama komil insonni tarbiyalash uchun axloqiy pok, go’zallik va ezgulikni yaxshi his eta oladigan, o’z axloqi bilan boshqalarga o’rnak bo’la oladigan ma’naviy yetuk insonlarni tarbiyalashishiga ko’maklashishdir”. Demak, g’oyaviy-estetik tarbiya asriy milliy qadriyatlarimizga xalqimizning mavjud va vujudga kelayotgan bugungi islohotlar va ertangi buyuk kelajagimiz manfaatlarini ifodalaydi. “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasida milliy istiqlol mafkurasining milliy, umuminsoniy, falsafiy, diniy, huquqiy, siyosiy, sosiologik, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-psixologik asoslarini, urf-odatlar, an’analar va intellectual qadriyatlarning mafkurani shakllantirish va boyitishdagi o’rni hamda ta’siriga bag’ishlangan pedagogic tadqiqot ishlarini muntazam olib borilishi ko’zda tutilgan. Asosiy e’tibor qaratilishi zarur deb hisoblangan masalalar sirasiga mafkuralar kurashining jahonshumul jarayonini o’rganish, uning monitoringi, bu kurashning umumbashariy va mintaqaviy muammolarini aniqlash; mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi kurashning samarali yo’llari haqida ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish kabi vazifalar kiritilgan. Zero, har bir xalq va mamlakat taraqqiyotida mafkura muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, ta’lim muassasalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimida:
*g’oyaviy-estetik tarbiyani ilmiy asoslangan, pedagogic texnologik asosda qurish;
*milliy mafkuramizning asosiy g’oyalari mohiyatini, oddiy usulda keng o’quvchilarga tushuntirib berish;
*tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish;
* “ommaviy madaniyat” ta’siriga qarshi mafkuraviy immunitetni ilmiy asosda shakllantirish;
*mafkuraviy muxoliflarimizning yoshlarga ta’sir ko’rsatish uslublarini zararsizlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy texnologiyalarni ishlab chiqish;
*ta’lim muassasasi badiiy to’garaklari faoliyatlarida yoshlarda milliy badiiy qadriyatlar, estetik didni ilmiy asosda o’rganib borish; olib borilayotgan g’oyaviy tarbiyaviy ishlarning aniq natijalarini o’rganib, yutuqlarni yanada ko’paytirish, kamchiliklarni bartaraf qilib boorish lozim bo’ladi.
Milliy mustaqillik qo’lga kiritilishi bilan o’zbekistonda yoshlarni g’oyaviy tarbiyalashning maqsad-mazmuni yangilandi. Milliy tarbiya, bular milliy g’urur, milliy o’z-o’zini anglash, milliy an’analar va ma’naviy tarbiya kabi yo’nalishlar rivoj topdi. Kundalik hayotda kechadigan ijtimoiylashuv maxsus boshqarilmasligi, tashkilqilinmasligi, sistemali emasligi, o’tkinchi ijobiy va salbiy ta’sirlarga boyligi sababli umumiy xususiyat kasb etadi. Bir o’quvchining bir kun davomida duch kelgan turmush tafsilotlari ikkinchi o’quvchida takrorlanmagan va takrorlanmaydi. Bu esa g’oyaviy-estetik tarbiya jarayonining naqadar murakkabligini ko’rsatib beradi. Demak, ma’naviy– ma’rifiy ishlar va pedagoglarning bosh vazifasi – tarbiyaning ikki tarsi orasida uyg’unlik xosil qilish va o’quv yurti, jamiyat, davlatning tarbiyaviy maqsadlarini uyg’un amalga oshirishdir. O’zbekiston ta’lim muassasalari ma’naviy ma’rifiy ishlar tizimi oldida turgan tarbiyaviy vazifalar turkumiga o’quvchilarda mustaqillik , milliy istiqlol g’oyasi asosida vatanparvarlik va milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish; g’oya va mafkura tushunchalari, mohiyati, shakllari va ko’rinishlarini tushuntirish; o’quvchilar ongi va qalbi, g’oyaviy-estetik ehtiyojlari uchun kurash; ularni yot, buzg’unchi g’oyalaridan himoya qilish; Milliy istiqlol mafkurasining mohiyati va asosiy tamoyillari asosida yashash, ishlashga o’rgatish; O‘bekistonda kechayotgan demokratik jarayonlar mohiyatini uqtirish; milliy urfodatlarimiz va an’analarimizga sadoqatni shakllantirish; yuksak ma’naviyat va ma’rifat ko’nikma va malakalarini shakllantirish; milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligini taqozo qiluvchi ta’limda ilg’or pedagogik texnologiyalarni egallash va rivojlangan mamlakatlar darajasiga ega bo’lish ajdodlarimiz e’tiqod qo’yib kelgan islom dinining axloqiy tamoyillaridan tarbiya jarayonida to’g’ri foydalanib, diniy va dunyoviy tushunchalarning mutanosibligini tushuntirish; ijodkorlik, erkin va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish; qonuniyatlarga hurmat, ularga rioya etish, barcha jabhalarda o’quvchilarning tartib intizomga ongli ravishda rioya etishini tarbiyalash shular jumlasidandir. Biroq, ayrim yoshlar madaniy ehtiyojlarida millatga, Vatanga foyda keltirishni o’ylash, mustaqillikni mustahkamlashda foydali inson bo’lib yetishish hissi maxsus, ilmiy asosda shakllantirilmagani tufayli shaxsiy manfaatni o’ylash, gedonik ehtiyojlar namoyon bo’lmoqda. Shu bilan birga ayrim o’quvchilar orasida ma’naviy cheklanganlik, dunyoqarashning torligi tufayli yot g’oyalarga aldanish, milliy odob me’yorlariga rioya qilmaslik, so’z va ishorasidagi tafovut, milliy g’ururning sustligi kabi noxush ko’rinishlar uchrab turadiki, ularni ilmiy asosda o’rganib, bartaraf qilish lozim. Ana shulardan kelib chiqib g’oyaviy tarbiyani ijtimoiy pedagogic asosda rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari qatoriga: O’quvchi ma’naviyatini o’zgartirishni uning estetik dunyoqarashini o’zgartirish bilan uyg’un olib borish; inson omilini jamiyatning ma’naviy qadriyati sifatida takomillashtirishni pedagogic tizimini ta’minlash; O’quvchini o’z kelajagining butun jamiyat kelajagining tarkibiy qismi, deb bilishni,o’zining va zamondoshlari ma’naviyati uchun mas’ullikni singdirish; Mafkuraviy birlik manbaini g’oyaviy tarbiyada deb bilish va buning uchun jamiyatning barcha ijtimoiy institutlarini ishga solib,g’oyaviy tarbiya omillari faoliyatini muvofiqlashtirish kabilarni qo’shish mumkin. G’oyaviy tarbiya ana shular asosida o’quvchi shaxsining g’oyaviy-estetik xislatlarini intilishlarini qamrab olgan e’tiqod, go’zallik, nafosat, iymon mehr-oqibat, insof, vijdon, vatanga sadoqat, burch va mas’uliyat kabi tamoyillariga tayanadi va ularni hayotga tadbiq etish vositalarini ishlab chiqadi. Ma’lumki,buzg’unchi mafkuralarning targ’ibot tarmog’I kengayib, badiiy vositalar bilan qurollanib bormoqda. Shulardan biri – mustaqilligimizning mustahkamlanishiga qarshi internet, radio efir orqali olib borayotgan informasion xurujdir. Bunda ular internetning misli kurilmagan keng imkoniyatlaridan ustomonlik bilan foydalanilmoqda. Bunday sharoitda preventive va qarshi targ’ibot tadbirlari tizimida eng muhim vazifa o’quvchi-yoshlarda o’zi va O’zbekistonning yorkin kelajagiga g’oyaviy e’tikodni, ishonchni shakllantirishdan iborat.Ayniqsa yoshlarimizga milliy mustaqillikning har tomonlama afzalligini, uning qadriga yetishga o’rgatish muhim. Ta’lim muassasalari ma’naviy ahloqiy tarbiya ma’sullarining mahorati, e’tiqodi milliy g’oyamizning dadil va ijodiy xarakterini yot mafkuralarning makkorligi va riyokorligiga qarshi quyishlari lozim. Informasion xurujlarning asl mohiyatini fosh qilishda ham, mustaqillikning yutuqlari, targ’ibotida ham sobit qadam bo’lishi lozim. O’quvchi yoshlar ma’naviyatida g’oyaviy-estetik, mafkuraviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik – mustaqillikni mustahkamlashning eng muhim vazifalaridan biridir. Ko’rinib turgandek, bu fikrlar badiiy havaskorlik to’garaklari rahbarlari tomonidan tezkor anglanib, tabaqalashtirilib ish rejalariga kiritilmog’I kerak. Buning uchun to’garak rahbaridan nafaqat to’garak mashg’ulotlarida balki undan tashqarida ham o’quvchilarga tarbiyaviy namuna bo’lishi taqozo qilinadi. O’quv, suhbatlar, badiiy va publisistik adabiyotlarni o’qish, rassomlarning ijodi bilan tanishuv, musiqa eshitish, filmlar va teleko’rsatuvlarni ko’rish jarayonlarida, katta yoshdagi kishilar bilan bevosita muloqatda ma’naviy ideal haqidagi tasavvurlar, shuningdek, xulq-atvor motivlari va rag’batlari bilan bog’langan tasavvurlar, tushunchalar, obrazlar shakllanadi. Aslida bular ijtimoiy hayotning obrazi bo’lib, milliy ma’naviy ideal – komil inson siymosi haqidagi tasavvur va tushunchalardir. G’oyaviy ideallarni o’quvchilar dunyo qarashining bir qismi, ularni ma’naviy rag’batlantiruvchi omil sifatida shakllantirish ularning yosh xususiyatlarini va ruhiy imkoniyatlarini hisobga olishni talab qiladi. Bu murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, hayotiy munosabatlar, ideallar ham mazmun ham shakl jihatidan izchil o’zgarishlarga duch keladi.
O’quvchiga yoqadigan asarlar uning estetik dididan dalolat berib turadi. O’quvchi estetik taraqqiyotning boshqa ko’rsatkichlariga qaraganda estetik didni pedagogic jihatdan boshqarishning keng imkoniyatlari mavjud. Shu sababli o’quvchining g’oyaviy-estetik rivojlanishi haqidagi mavjud bilimlariga tayangan holda, murabbiy uning didini mukammallashtirish imkoniyatiga hamisha ega bo’ladi. G’oyaviy-estetik did o’quvchining adabiyot va san’at obrazlarini shaxsiy munosabatlar tarzlarini baholashi natijasida yuzaga keladi. O’quvchilarda insonga xos ruhiy-axloqiy go’zallikni idrok qilish, tushunish, xis qilish qobiliyatlari taraqqiy qilib borishi bilan bir qatorda ularda shaxsiy axloqiy estetik ma’naviyat ham shakllana boradi. Bu o’quvchilarning yosh xususiyatlari va ma’lum ijtimoiy-ruhiy shart sharoitlarga bog’liq bo’lgan, bir tekisda kechmaydigan, ziddiyatli va murakkab jarayondir. To’garak rahbarlari havaskor o’quvchilarni g’oyaviy-estetik tarbiyalashda milliy an’ana, marosimlardan foydalanishi va bunda ahloqiy ta’sir ko’rsatish texnologiyasidan oqilona foydalanishlari lozim bo’ladi. Buning uchun badiiy to’garaklarda o’quvchilar bilan gumanistik munosabat tamoyillarini joriy etish, erkin fikr almashuv muhitini yaratish, "Yoshlar-yoshlarga" tamoyili asosida yoshlarni passiv tarbiya obyektidan o’z-o’zini va bir-birini tarbiyalashning aktiv subyektlariga aylantirish maqsadga muvofiqdir. Ana shu talabdan kelib chiqib, g’oyaviy-estetik barkamol o’quvchi modeli ishlab chiqildi. Ushbu asosida “Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtirish va tartibga solinadi:
a) o’quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida rejalashtiriladi;
b) Shu xislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi;
c) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarning qaysi biri qayerda ishlatilishi rejalashtiriladi”.
G’oyaviy-estetik barkamol o’quvchi modeliga xos ko’rsatkichlarni shakllantirishda mazmun mohiyatiga milliy g’oya singdirilgan asar, kitoblarning o’quvchilarning g’oyaviy kamoli va intellectual salohiyati oshirishdagi roli alohida ahamiyatga ega.

Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling