Mavzu: sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining maqsadi


II BOB. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi orqali o’quvchi – yoshlarni g’oyаviy – estetik tarbiyalashni takomillashtirish


Download 204 Kb.
bet5/7
Sana31.03.2023
Hajmi204 Kb.
#1314145
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14 raqam BONUS

II BOB. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi orqali o’quvchi – yoshlarni g’oyаviy – estetik tarbiyalashni takomillashtirish
3. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining o’quvchi yoshlarni g’oyaviy tarbiyalashdagi psixo-pedagogik xususiyatlari.
G’oyaviy-estetik tarbiya - o’quvchilarning estetik didi va g’oyaviy ideallarini mujassamlashtirish, bunyodkor g’oyalar va san’atdagi go’zallikni to’g’ri idrok qilish va baholash qobiliyatini rivojlantirish jarayonidir. Go’zallikning inson ma’naviyatiga, g’oyalariga ta’sir qilish imkoniyatlari haqidagi fikrlar Al-Beruniy, Faxriddin Ar-Roziy, Alisher Navoiy, Najmiddin Navkatiy, Darveshali Changiy va boshqalarning asarlarida ham uchraydi. Sharqning buyuk mutafakkirlari, qomusiy olimlari san’atni inson ma’naviyatiga ta’sir etuvchi samarali vositalardan biri sifatida qaradilar va san’at, xususan musiqaning komil inson ma’naviyatini shakllantirishdagi imkoniyatlarini ochishga katta hissa qo’shdilar. Bunday taraqqiy parvar qarashlar hozirgi kunda ham o’z kuchini yo’qotgani yo’q. Aksincha, yangicha talqin va tahlil qilinmoqda. Zero, ular o’sib kelayotgan yosh avlodni g’oyaviy tarbiyalash nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqishda tarixiy asos bo’lib xizmat qila oladi.
O’quvchi g’oyaning go’zalligi haqidagi taasurotlarni borliqning turli tuman manbalardan oladi. Tabiatning go’zalligi bo’yoqlarning, tovushlarning, shakllarning tuganmas turli-tumanligida va uyg’unligida, organic va noorganik dunyoda vujudga kelayotgan hodisalarning qonuniy va davriy almashinuvida namoyon bo’ladi.
U bolalik davridanoq go’zallikni tabiatning, undagi o’simliklar, dalalar, daryo va tog’larning abadiy o’zaro bog’liq harakatidan, tabiatning muttasil yangilanib turishi bilan birga his qila boshlaydi.
G’oyaviy tushunchalar esa ijtimoiy xususiyatga ega.
Ular ijtimoiy ma’naviy hayotdagi hodisalarga bog’liq holda paydo bo’ladi. O’z xalqining baxt saodati uchun kurashdagi qahramonlikning, insonlar o’rtasidagi munosabatlarning go’zalligi, zamondoshlar ma’naviy barkamolligi yoshlarni hayajonga soladi, ma’naviy jasoratga havas uyg’otadi. O’quvchi hayotiy tajribalar to’playotib, g’oyalar mazmunini, go’zallik va xunuklik, janoblik va tubanlik, yaxshilik va yomonlik kategoriyalari orqali baholashni o’rganadi. Ta’lim mazmunida o’tiladigan “Estetika”, «Milliy g’oya” va boshqa fanlarning uchun nazariy manbani hosil qiladi. L.S.Vigotskiy estetik taasurotlarning boy manbasi sifatida borliqning badiiy ifodasini «bizning ijtimoiy hayotdagi mavjudligimizning eng maxfiy, eng shaxsiy tomonlari» deb ataydi.
San’at ma’naviyatning in’ikosi va badiiy shakli sifatida o’ta murakkab va ko’p qirrali hodisadir. Unda o’quvchi shaxsiga ta’sir qiladigan mafkuraviy, axloqiy, estetik tomonlar uzviy birikib ketadi” degan edi. O’quvchilarda his-tuyg’u madaniyatini, obrazli va mavhum tafakkurni, tasavvurni o’stirishda tasviriy san’atning ahamiyati beqiyosdir.
Tasviriy san’at asarlari inson hayotini va tabiatni bilishda yordam beradi. U nafaqat ko’rinadigan narsalarni idrok qilishda, balki ijodkorlikni rivojlantirishda ham alohida qimmatga ega. Rasm va haykallarda voqealar zanjirining biron-bir bo’lagi tasvirlangan bo’lsa-da, tomoshabin ularda voqealar, xarakter va obrazlarni harakatda ko’ra oladi. Musiqa borliqni kuylarda, ohanglarda, tovushlarning tovlanishlarida, turli xil jaranglashida aks ettiradi. Musiqa – tovushlarda ochiladigan his- tuyg’ularning butun bir to’plami sifatida o’quvchilar emosional ta’sirqilish kuchiga ko’ra yetakchi o’rinni egallaydi.
O’quvchilarning g’oyaviy dunyoqarashini shakllantirishda badiiy adabiyot - so’z san’atining roli buyukdir. Til – insonlarning fikr almashinuvida asosiy vosita bo’lib, turmushning turli tomonlarini o’zida aks ettiradi.
Shuning uchun adabiyotda hayot hodisalarini badiiy tasvirlashning imkoniyatlari juda kengdir. So’z – ifoda vositasi sifatida yanada qudratli badiiy kuchga ega.
So’z orqali ifodalangan obrazning asosida tushuncha yotadi va u birinchi navbatda aql orqali idrok qilinadi. Shuning uchun adabiyot - o’quvchilarning ma’naviy nafosatini bunyodkor g’oyalar go’zalligini anglashga qaratilgan bilim va ko’nikmalari rivojlantirishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. San’atning teatr, notiqlik, estrada, kino, televideniye, sirk kabi turlari o’zlarida bir necha san’at turlari adabiyot, rassomchilik, musiqa, badiiy fotografiya, raqs san’ati elementlarini birlashtiradi. Teatrning xususiyati uning sahnaviy ifodaliligida: spektakldagi badiiy o’qish, pantomima, dekorativ bezash va musiqiy hamrohlikning o’ziga xos muhitida ma’naviy estetik mazmunni idrok qilinadi.
Teatrda aktyorlarning tomoshabinlar bilan to’g’ridan to’g’ri ijodiy muloqati o’rnatiladi, birgalikda qayg’urish, adabiy qahramon kechinmalari bilan yashash uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Shuning uchun o’quvchilarning sahnada sodir bo’layotgan hodisalarga munosabati juda faol va bevosita tusga kiradi.
O’quvchilarni g’oyaviy tarbiyalash omillari sirasiga hozirgi zamon san’atining keng tarqalgan, ommaviy turlaridan kino va televideniya ham kiradi. Ular o’zlarida barcha san’atlarning imkoniyatlarini va ilmiy texnikaviy taraqqiyotning eng yangi yutuqlarini mujassamlashtirgan. Turli tadbirlarda qatnashish o’quvchilarning tabiatiga mos bo’lib, ularni tasavvur qilinayotgan holatlarda harakat qilishga, o’zlaricha yangiliklar yaratishga undaydi, ularning ijodiy kuch quvvatini yuzaga chiqaradi, g’oyaviy taassurotlarini uyg’otadi. O’quvchilar ayniqsa badiiy faoliyat jarayonida: badiiy obrazlar yaratish bilan bevosita bog’langan adabiyot, musiqa sahnaasarlaridagi nozik go’zallikni yaxshi his qiladilar. Shunday qilib, badiiy to’garaklarda amalga oshiriladigan g’oyaviy-estetik tarbiya o’quvchining nafaqat badiiy his-tuyg’ular doirasini, balki uning e’tiqodini kuchaytirishga ham xizmat qiladi. Estetik faoliyat o’quvchiga san’atdagi, tabiatdagib unyodkor g’oyalarimiz – yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, ijtimoiy hamkorlik, komil inson, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglikka milliy g’oyalarimizdagi go’zallikni his qilish va qabul qilishda yordam berib, qiziqish uyg’otib, uni tushunishga o’rgatadi. Bu jarayonning pedagogic boshqarilishi esa o’quvchilarda badiiy ijodiy qobiliyatlarni tarbiyalab, atrofdagi hayotga, o’qishga, mehnatga va xulq atvorga go’zallik kiritishga rag’batlantiradi. Shu o’rinda g’oyaviy tarbiyaning maqsadi va vazifalari muammosi alohida e’tiborni talab qiladi. G’oyaviy-estetik tarbiyaning maqsadini go’zallik tushunchasini aniq izohlamasdan, belgilamasdan turib ifodalash pedagogic mavhumlikka olib keladi. G’oyaviy-estetik tarbiyaning maqsadini san’at va ma’naviyat birligi, san’atning g’oyaviy-estetik, pedagogic ahamiyati nuqtai nazaridan belgilash maqsadga muvofiq. Shu jihatdan g’oyaviy-estetik tarbiyaning maqsadini g’oyaviy estetik ideallar orqali san’atga va hayotga g’oyaviy emosional munosabatlarni shakllantirishdan iborat, deb belgilash mumkin bo’ladi. Shunday qilib, badiiy havaskorlik to’garagi o’quvchilarda g’oyaviy-estetik ideallarni shakllantira borib, g’oyadagi go’zallikni ko’rish, his qilish, yaratish malakalarini shakllantirish bilan g’oyaviy estetik tarbiyaning ta’sirchan vositasini tashkil qiladi. Buning uchun esa milliylik, uning afzalligini hayotiy faktlar yordamida namoyish qilish samarali ekanligi tasdiqlandi. Samarqand davlat universitetida tashkil etilgan «Qo’rg’on” ansambli badiiy rahbari professor A.Nasimov bu usulni qo’llashda “Saodat” jurnalidan olingan maqoladan foydalandi. Unda o’zbek san’atining amerikalik muxlisasi Laurel Greyxonim bilan suhbatdan foydalanildi. “Biz g’arb ayollariga ham sharqona nafosat va donishmandlik kerak, -deydi o’zbek san’atining targ’ibotchisi amerikalik Laurel Greyxonim. “Men qalban musulmonman, o’zbekcha uy yasatib qo’yganman, tokchada Qur’oni Karim turadi. Atlasda yurishni yaxshi ko’raman. Afsuski, men ko’chalarda atlas kiygan qizlar kamayganini ko’rdim. Qora atlasday sochlarini turlicha bo’yab yurgan ayollarni ko’rib, rosti, taajjublandim. Har bir narsaning tabiiysi yaxshi emasmi? o’zbek ayollari tabiiy go’zalliklari, malohatlari, soddaliklarini yo’qotmasliklarini istardim. Biz amerikalik ayollar erkakshoda bo’lib ketganmiz. Ayol hamisha nozikligida qolsa yaxshi, deb o’ylayman. Har bir millatning o’z donishmandligi bor. Liboslar, kiyinish urflarida ham xalqning tarixi, fe’l-atvori va haqiqiy qiyofasi aks etadi. o’z donishmand buloqlaridan uzoqlashgan millatlar o’zligini tez yo’qotadi. Dunyoda ellar, elatlar juda ko’p. Men o’zbek xalqini Alloh go’zallar, donolar va ma’nan qudratli xalqlar sirasidan qilib yaratgan, deb bilaman. Mehrim, muhabbatim sizgabo’lsin, o’zbekiston ayollari”. G’oyaviy-estetik ideallarning o’quvchilarni o’ziga tortuvchi, maftun etuvchi kuchi shundaki, ular kishilarning jamiyat hayotidagi turli sohalardagi eng oliyjanob intilishlarini aks ettiradi. Shu bilan bir qatorda o’quvchilar uchun g’oyaviy estetik ideallarning hayotiyligi va ularga amalda erishish mumkinligi ham muhimdir.


Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling