Mavzu: sinfdan tashqari tashkil qilinadigan ishlarda maktab ijodiy –madaniy masalalar bo`yicha targ`ibotchining roli. Reja


Download 176.5 Kb.
bet1/10
Sana09.06.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1474822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SINFDAN TASHQARI TASHKIL QILINADIGAN ISHLARDA MAKTAB IJODIY –MADANIY MASALALAR BO`YICHA TARG`IBOTCHINING ROLI.


MAVZU: SINFDAN TASHQARI TASHKIL QILINADIGAN ISHLARDA MAKTAB IJODIY –MADANIY MASALALAR BO`YICHA TARG`IBOTCHINING ROLI.

REJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1.Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda sinf rahbarini faoliyatining mazmuni va ahamiyati.
2.Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda pedagogik qobiliyatlarning o’rni.
3. Sinfdan tashqari to’garak ishlarini olib borishni o’ziga xos xusisiyatlari.
4.Sinfdan tashqari ishlarini amalga oshirish pedagogik mahorat va pedagogik texnikaning uyg’unligi.


III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda har tomonlama rivojlangan komil shaxsni tarbiyalash muammosi jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy–madaniy rivojlanishi sohasidagi eng muhim masalalarning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash jamiyat va davlat oldida doimo muhim masala bo‘lib kelgan. Barqaror rivojlanish bosqichiga yotgan iqtisodiyotimiz muammolari bilan birga yoshlarni ma’naviy tarbiyalash masalasiga davlatimiz tamonidan alohida etibor berib kelinmoqda.
Tarbiyaga kompleks yondoshishi biror o‘quvchini ham e’tibordan qochirmaslik sinf rahbari uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari tarbiya ob’ekti bo‘lgan bolani yaxshi bilish, uni yaxlit id roq etishi kerak. Ko’pchilik sinf rahbarlari bolani darsda o‘quvchi, musobaqada s’rotchi sifatida, ya’ni har bir aniq ish sharoitidan kelib chiqib id roq etadi va shunga ko‘ra muomola qiladi, bola shaxsining boshqa tomonlari esa hozircha hisobga olinmaydi. Ammo har bir bolaning o‘z tajribasi, o‘z emotsional madaniyat darajasi, qadrlaydigan narsalar, ehtiyotlari, talablari, umidlari, aloqalari, munosabatlari kabi butun bir dunyosi bor. tarbiyada ana shular hisobga olinishi kerak.
Sinf rahbarining faoliyati ko’p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni echadi. Bu borada sinf rahbariga sinfdan tashqari ishlarni olib boorish uchun va pedagogik mahoratni o’stirishda turli xil manbalar yordam beradi. Sinf rahbari o‘quvchisining ichki dunyosini, kechinmalarini, hulqida vujudga kelayotgan holatlarning sababini, irodasini yaxshi bilsagina uning qalbiga yo’l topa oladi va bolaga ta’sir etishining to’g‘ri yo’lini aniqlaydi. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda bolaga tarbiyaviy ta’sir etuvchi omillar hozirgi davrda g’oyat darajada ko’paydi: oila, keng jamoatchilik, radio, televideniya kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar. Ana shunday sifatlarga e’tibor bergan sinf rahbari tarbiyada etakchi o‘rinni egallaydi.

Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling