Mavzu: sinfdan tashqari tashkil qilinadigan ishlarda maktab ijodiy –madaniy masalalar bo`yicha targ`ibotchining roli. Reja


Download 176.5 Kb.
bet4/10
Sana09.06.2023
Hajmi176.5 Kb.
#1474822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SINFDAN TASHQARI TASHKIL QILINADIGAN ISHLARDA MAKTAB IJODIY –MADANIY MASALALAR BO`YICHA TARG`IBOTCHINING ROLI.

Peagogik texnika-Dars, darsdan va maktabdan tashqari pedagogik faoliyatni yuqori saviyada tashkil qilish uchun o`qituvchining shaxsiy sifat va fazilatlarini, pedagogik qobiliyatlari bilan bir qatorda o`qituvchining o`z xulqini tashkil qilishi ham muhim o`rin egallaydi. O`qituvchining o`z xulqini tashkil qilish usullari majmuasi uning pedagogik texnikasi deyiladi. pedagogik texnikani ikki sinfga ajratish mumkin.
Birinchi sinf: o`z – o`zini boshqarish bilan bog`liq bo`lgan usullar, malakalar bo`lsa, ikkinchi sinf - o’quvchilar bilan munosabatlarni o`rnata olish usul va malakalaridir. Birinchi sinf tarkibiga o`qituvchining yuz va tana harakatlari, hissiy holatlarni va nutqiy jarayonni boshqarishi bilan bog`liq bo`lgan malakalar, ikkinchi sinfga esa o’quvchilarga ta’sir o`tkazish, boshqarish, ishontirish malakalari kiradi. Kishilar tafakkur bobida turli darajadadirlar, shu darajalarni aniqlash uchun tilimizda layoqat, qobiliyat, iste’dod, iqtidor, salohiyat va daxo degan tushunchalar mavjud. Shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va uning ishni muvaffaqiyatli bajarishidagi o`ziga hos imkoniyatlarini ifodalovchi individual ruxiyi hususiyatlariga qobiliyat deyiladi. Har bir kishida muayyan soha bo`yicha biror xususiyat boshqalarga qaraganda nisbatan kuchli roq rivojlangan bo`lishi mumkin. Ana shu uning qobiliyatidir.
Qobiliyatdagi hususiyatlar tug`ma bo`ladi, shu qobiliyat egasi bilim olishi, malaka hosil qilishi orqali uni takomillashtira borishi va aksincha, tanballik qilib, bora – bora so`ndirib yuborishi ham mumkin.
Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan bo`lib kishining pedagogik faoliyatga ya roqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullana olishini aniqlab beradi. Pedagogik qobiliyat tuzil va tarkibiy qismlarini aniqlash yo`nalishida bir qator ilmiy – pedagogik tadqiqotlar, izlanishlar olib borilgan, nazariyalar yaratilgan va ularda pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko`p qirrali psixologik bilimlardan iborat ekanligi qayd qilingan. Psixologik – pedagogik izlanish natijalaridan foydalangan holda, samarali pedagogik faoliyatni ta’minlovchi, o`qituvchi uchun zarur bo`lgan quyidagi etakchi pedagogik qobiliyatlarni sanab o‘tamiz.
1.Kommunikativlik qobiliyati.
2.Didaktik qobiliyat
3.Akademik bilimlar
4.Tashkilotchilik qobiliyati.
5.Nutqiy qobiliyati.
6.Pertseptiv qobiliyat (kuzatuvchanlik, suggestiv qobiliyati).
7.Obro` orttira olish (o`qituvchining irodasi,ta’sir o‘tkaza olish qobiliyati).
8.Kelajakni ko`ra bilish qobiliyati (basharot qila olish).
9.Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati.
10.Emotsional barqarorlik (his – tuyg`usi, kayfiyatini boshqara olish). Yuqorida sanab o`tilgan qobiliyatlar har bir o`qituvchining pedagogik faoliyatini samarali va maqsadga muvofiq tashkil qilishiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Albatta, pedagogik samaraga erishishda nafaqat qobiliyatlar, balki shaxsdagi uddaburonlik, mehnatsevarlik, jonkuyyarlik, kamtarinlik kabi bir qator sifat va hislatlar ham muhim o`rin egallaydi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablarlardan biri: o`qituvchidan nafaqat bilimdon insonlarni, balki, eng avvalo ana shu bilimlarni egallashni o`zining burchi deb biluvchi milliy qadrlar shaxsini shakllantirish talab etilmoqda. Hozirgi davrda ushbu masalalar davlatimizning milliy istiqloli, mafkurasi, umumiy o`rta ta’lim maktabi oldiga qo`yilgan dolzarb buyurtmasi bo`lib turibdi. Mana shuning uchun ham o`qituvchi nafaqat matematika, tabiatshunoslik, adabiyot va boshqa fanlarni chuqur va har tomonlama bilishi balki, tarbiyaviy jarayonning mohir tashkilotchisi ham bo`la olishi lozim.
O‘qituvchi quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak: insoniy g’oyaviylik, insoniy e’tiqodlilik, vatanga sodiqlik, mehnatsevarlik, ijtimoiy burchni chuqur anglash, inson manfaati singari ulug‘vor maqsad yo’lida mumtoz niyatlar, temir iroda bilan kurasha bilish, haqqoniylik, ‘rinsi’iallik, mudom mehnatkash xalq bilan hamdam va hamkorlik, xalq manfaatini hamma narsadan ustun qo’yish, hayotda faol ‘ozitsiyada turish, yangiliklarni sezish va ularni hayotga joriy etishda tashabbuskorlik ko‘rsatish, axloqiy poklik va yosh avlodga mehribonlik, oqilona talabchanlik, yuksak madaniy xulq, nafosat, til va dil birligi, fan asoslarini, jamiyat, tabiat va inson tafakkuri qonuniyatlarini chuqur bilish va amalda qo‘llay olish, har sohada yosh avlodga o‘rnak ko‘rsata bilish.
O‘qituvchining jamiyatdagi muallimlik vazifasi ana shu fazilatlarni o‘zida to‘la mujassam bo‘lishini taqozo etadi. O`qituvchilarning ish rejalari, tarbiyaviy soatlar tematikasida milliy axloqiy mavzular, tadbirlar hozircha aniq bir maqsadga yo`naltirilmagan, tizimlashtirilmaganligi sababli milliy tarbiyaviy maqsadga erishish yo`lida olib borilayotgan ishlar etarlicha samara bermaya’ti. Sabab: umuta’lim maktablari sinf rahbarlarining milliy tarbiyaviy faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chikilmaganligida.
Demak, sinf jamoasida milliy g`urur, vatanparvarlik, millatlararo muloqot madaniyati, vijdoniylik, mafkuraviy onglilikning shakllanganlik darajasi kabi o`qituvchining milliy tarbiyachi sifatidagi faoliyatining modeli, ko`rsatkichlarini asoslab bermoq kerakligi o`z – o`zidan ko`rinib turibdi. Natijada ushbu ko`rsatkichlarning to`rt darajadan iborat mezonlari belgilandi. Ya’ni, sinf rahbarlarining milliy tarbiyaviy faoliyati samaradorligining ko`rsatkichlari – yaxshi, qoniqarli, ‘ast va yuqori darajalari aniqlanadigan bo`ldi.
Faoliyati yuqori va yaxshi darajada baholangan sinf rahbari: milliy mafkuraviy onglilik, faol axloqiylik, ijtimoiy faollilik, ijtimoiy tafakkur, topqirlik, pedagogik odob, talabchanlik, vijdoniylik, adolatparvarlik, tadbirkorlik, o`zini idora qila olish, ko`tarinki ruh, bolalarga mehrlilik kabi sifatlardir.
Faoliyati qoniqarli va past darajada baholangan sinf rahbarlarining sifatlari: - milliy tarbiyaning nazariy va uslubiy asoslari haqida bilimlarining bo`shlig`i, intellektual cheklanganlik, o`quvchilarning milliy fazilatlariga befarqlik, bo`shanglik, o`quvchilar bilan muloqatga kirishib, ularni o`ziga ergashtira olmaslik, odamoviylik, irodasizlik, o`quvchilarga zarda qilish, so`zga, nasihatga ortiqcha berilganlik, ba’zi hollarda pedagogga hos bo`lmagan nomunosib hislatlarni ham uchrashi, bu albatta, bunday sinf rahbarlari orasida o`z fanining bilimdonlari ham uchrab tursada, bu ularning milliy tarbiya tashkilotchisi sifatidagi bilim, ko`nikmalar darajasiga hamma vaqt ham mos kelavermaydi.
O`qituvchining milliy tarbiyachi sifatidagi shaxsiy va kasbiy sifatlarining namunaviy majmuasi tubandagicha: shaxsiy sifatlar:
Milliy mafkuraviy onglilik, milliy odoblilik, farosat, nozik didlik, o`z kasbiga sadoqat, vijdoniylik, tashabbuskorlik, bolajonlik, talabchanlik, adolatparrvarlik, pedagogik odob, tadbirkorlik, qatiylik, har qanday vaziyatda o’zini idora qila olish, millatlararo muloqot madaniyati, kuzatuvchanlik, samimiylik, to’qirlik, birovga beg`araz yordam berishga tayyorlik, kelajakka ishonch, xushmuomalalik, milliy g`ururlik, ma’naviy poklik, O`zbekiston vatanparvarligi, ozodalik va boshqalar.
Bilimlar: O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`lining mohiyti, besh tamoyil, taraqqiyotimizning axloqiy negizlarini, milliy tarbiya mohiytini, o`z fanining milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini bilish, xukumatimizning ichki va tashqi siyosatidan mukammal xabardorlik, milliy tarbiyaning nazariy va uslubiy asoslarini chuqur bilish, o`zbek xalqining tarbiyaviy an’analarini puxta bilish, pedagogik va etno psihologik bilimlar, ijtimoiy falsafiy va psixologik bilimlar, o`zbek madaniyatini chuqur bilish, millatning taraqqiyot qonunlarini bilish, odobnoma, siyosat, tarix, o`lkashunoslik, adabiyot va san’at, axloqshunoslik, huquqshunoslik, texnika borasida bilimlarga egalik, o`z xalqi tarixini bilish kabilar.
Ko‘nikmalar: (konstruktiv) milliy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish malakalari, har bir bola shaxsining pedagogik tashxisini, hozirgi va istiqbolini ko`ra bilish, milliy tarbiyada umumpedagogik usullarni qo`llay bilish, bir millatli va ko`p millatli o`quvchilar jamoasida har bir o`quvchini milliy tarbiyalashning hususiy dasturini to’zib, amalga oshira bilish malakalari, tarbiyalanuvchilarga yakka, sinfiy va tabaqalashgan holda yondashuv, ularning yosh, psihologik, jinsiy, mahalliy hususiyatlarini hisobga ola bilish malakalari.
(Tashkilotchilik). Sinfning faol o`quvchilarini, sinf jamoasini milliy tarbiyaviy maqsadlarda jipslashtira bilish, boshqara bilish, uning jamoa bilan va yakka faoliyat turlarini tashkil qila olish, o`quvchilarning ijtimoiy-milliy faolligini rag`batlantirish, rivojlantirish, o`quvchilarga milliy tarbiyaviy maqsadlarda topshiriqlar berish va ularning boshqarilishini nazorat qilish, yordam berish; mahalla qishloq, oila, homiy tashkilotlar bilan milliy tarbiyaviy hamkorlikni tashkil qilish...
(Kommunikativ). O`quvchilar, o`qituvchilar, ota – onalar, mahalla, qishloq oqsoqollari bilan aloqa o`rnata olish, o`quvchilar orasida, shaxslararo, referent sinflararo, millatlararo munosabatlarni boshqara olish, har bir o`quvchi qalbiga yo`l topib, o`ziga moyillik uyg`ota olish, jamoaga, o`quvchiga ko`rsatilishi kerak bo`lgan tarbiyaviy ta’sirning qanday natija berishini oldindan ko`ra olish; dunyoga, o`ziga va mazkur vaziyatga o`quvchisining ko`zlari bilan qaray olish, tevarak – atrofni, munosabatlarni, milliy madaniyatni o`quvchi darajasida (o`zini o`quvchi o`rniga qo`o’ib) tasavvur, id roq qila olish (empatiya) va boshqalar.
(Gnostik). O`quvchini milliy tarbiya ob’ekti sifatida pedagogik o`rganish; milliy tarbiyaviy faoliyatda pedagogik o`rganish, milliy tarbiyaviy faoliyatda pedagogik– psixologik bilimlardan, ilg`or tajriba namunalaridan, adabiyotlardan foydalanish; milliy – tarbiyaviy vosita, tashkilot shakl, uslub, yo`l – yo`riqlarni muqobil tanlash, o`zining kasbiy va shaxsiy sifatlarini taxlil qilib, takomillashtirish, milliy istiqlol talablaridan kelib chiqib o`z faoliyatini isloh qilishga tayyorlik, isloh qila olish.
(Amaliy).Yaxshi rasm solish, raqsga tusha olish, musiqa asbobida chala olish, qushiq kuylay olish, u yoki bu bo’yumlarni yasab, tuzata olish va x.k., Milliy tarbiyaviy tadbir, bayramlarni rejalashtirib, tashkil qilib, o`tkaza bilish, ta’limning milliy tarbiyaviy imkoniyatlarini, texnik vositalarini tayyorlash va qo`llay olish.
( Pedagogik mahorat) O`quvchilarni o`ziga jalb qila olish, ishtiyoqlarini uyg`ota olish, milliy zamonaviylik g`oyasini singdirib, milliy tarbiyaviy fazilatlarga ruhlantira olish; o`zini «mukammal, zamonaviy, o`zbek ziyolisi» siymosiga ongli ravishda tayyorlash va takomillashtira borish; o`zbek tilida sof, tiniq, ifodali, ta’sirli, ohangdor so`zlash; notiqlik va aktyorlik mahorati; yuz-qiyofa, ko`z, qo`l, gavda harakatlari orqali o`z nutqining ta’sirchanligini oshira olish; his – tuyg`ularini jilovlay olish; o`quvchilarga bevosita va ‘arallel ta’sir ko`rsata olish va boshqalar.

Download 176.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling