Mavzu: sinfdan tashqari tashkil qilinadigan ishlarda maktab ijodiy –madaniy masalalar bo`yicha targ`ibotchining roli. Reja
Sinfdan tashqari to’garak ishlarini olib borishni o’ziga xos xusisiyatlari
Download 176.5 Kb.
|
SINFDAN TASHQARI TASHKIL QILINADIGAN ISHLARDA MAKTAB IJODIY –MADANIY MASALALAR BO`YICHA TARG`IBOTCHINING ROLI.
3. Sinfdan tashqari to’garak ishlarini olib borishni o’ziga xos xusisiyatlari.
Darsdan tashqari ta’lim muassasalari oldida turgan muhim tarbiyaviy faoliyati bu yoshlarga estetik, ekologik, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va shunga o‘ hshash boshqa turdagi tarbiyaviy ishlarni o‘rgatishdan iboratdir. Tarbiyaning ushbu turlarini yosh avlodga singdirish uchun avvalo muassasada utkaziladigan o’quvchilar his-tuyg’usini shakllantirishga asoslangan turli tadbirlarda, to’garaklar faoliyatida milliy madaniy-tarixiy an’analarga, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga tayangan holda amalga oshiriladi. Masalan estetik tarbiyani yoshlar ongiga singdirish maqsadda o’quvchilar uylari, saroylari, shaxslar va o’smirlar ijodiyot uylarida doirachilar, raqs, vokal-cholg‘u, folklor, maqom, karnay-surnaychilar, ashula, o’zbek xalq cholg‘u dastalari, xor studiyasi, qo‘g‘irchoq teatri, drama to’garagi, san’atsevarlar klublari tashkil etadi. To’garak a’zolari ushbu dasta, to’garak va klublarda san’atni sevishga, ardoqlashga, san’at orqali go‘zallikni kura bilishga, shu go‘zallik orqali uz ona yurtini ulug‘lashga, undagi go‘zallikni, chiroyni asrab qolishga intiladi. Estetik yo’nalish bo’yicha taxsil olgan to’garak a’zolari quyidagilarni bilishi lozim: - raqs san’atining mashhur namoyandalari hayoti va ijodini; -kuy tinglash, uning mohiyatini tushunib raqs harakatlari orqali ifodalashni; -turli millat va elatlar raqslari harakatlarini va uni ijro etishni; -doiraning yaratilish tarixini, uning keksa namoyandalari ijodiy yo’lini, doirani ushlash qoidalarini; shuningdek, estetik ta’lim tasviriy va xalq amaliy san’ati yo’nalishlaridagi to’garaklar mashg‘ulotlari orqali ham o’quvchilar qalbiga singdiriladi. Bu o‘rinda o’quvchilar uylari, saro’ylarida tashkil etilgan«Tasviriy san’at», «Haykaltaroshlik”, «Kulolchilik”,«Milliy kashtachilik”,«Naqqoshlik», «Yog‘och o’ymakorligi», «Ganch o’ymakorligi», «Yosh ta’mirlovchilar» to’garaklari ayni maqsadni doimiy va uzluksiz amalga oshiradi. Sayyohlik to’garaklariga o’quvchilar ularning qiziqishlarini hisobga olgan holda keng jalb qilinadi.To’garakka qabul qilinayotgan o’quvchi yoshlar avvalo sayyohlik to’garaklarining biror bir yo’nalishiga qiziqqan, sayyohlik ekspeditsiyasi to’g‘risida tasavvurga ega bulgan, sog‘lom bo‘lishi kerak. Sayyohlik yo’nalishi bo’yicha qatnashadigan o’quvchilar birinchi o‘quv yilidan keyin quyidagilarni bilishi lozim: -yurtimiz haqida tasavvurga ega bo’lishi; -yurtimizning tarixini, qadimiy obidalarini, ular haqidagi afsona va rivoyatlarni bilishi; -ma’lim jo’y, ulkani o‘rganish bo’yicha reja va yo’nalishlarni ishlab chiqish; - sayohat davomida kuzatuvchanlikni bilish, sayyohlikka oid materiallarni o‘rganish; - sayyohlikka oid turli adabiyotlar bilan doimiy tanishib borishi va ularni bilish kerak. Tabiatshunoslikdan tashkil qilingan to’garaklarning asosiy maqsadi yoshlarda jonli va jonsiz tabiat haqida o’a hlit tasavvur hosil qilish, tarbiyalanuvchilarni o’simlik va hayvonot olami bilan tanishtirish.To’garak a’zolarida o’simlik va hayvonlarni himoya qilish kerakligi to’g‘risida tasavvur hosil qilish, to’garak a’zolari ta’lim muassasalarida er maydonlarida va tirik tabiat burchagida o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish orqali o’ganib boradilar. To’garak a’zolariga birinchi o‘quv yili o xirida quyidagi talablar qo‘yilishi lozim: -jonli va jonsiz tabiat haqida tasavvurga ega bo‘lishi; -jonli va jonsiz tabiatni bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligini; -yoz, kuz, qish va bahorning harakaterli belgilarini; -yilning turli fasllarida odamning yashab turgan jo’yidagi mehnati va ularning turlarini; -o’simlik nomlari, ildiz, poya, barg, meva va urug‘larini; -o’t o’simliklar, daraxtlar nomini; -meva va manzarali daraxtlarni aa ularning bir biridan farqlarini -uchib ketuvchi va qishlovchi qushlarning hayoti va xususiyatlarini; -tabiat bilan inson orasidagi qonun-qoidani doimo muvozanatda saqlashni bilgan, kuzatgan ishlari yuzasidan hisobot yoza bilishni, ma’ruza qilishni bilishilari kerak. Ta’lim muassasalaridan tashqari ta’limning barcha yo‘nalishlari va to’garaklaridagi o’quvchilarning ma’naviy fazilatlari, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalanishi bilan belgilanadi. Download 176.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling