Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya tizimi Reja
Download 55.72 Kb. Pdf ko'rish
|
5.JTN va U =2-(IV)-5 (2)
Katta tanaffuslarda oʻtkaziladigan oʻyinlarni oʻtkazish quyi sinf oʻquvchilari
uchun quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi: - Harakat faoliyatini oshirishga; - Faol va mazmunli dam olishni va hordiq chiqarishni tashkil etishga; - Butun organizm tonusini va ish qobiliyatining tezroq tiklanishini ta’minlashga; - Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shugʻullanish koʻnikmalarini shakllantirishga. Oʻyinlarni va jismoniy mashqlarni quyi sinf oʻquvchilari organizmining psixologik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻtkazish zarur. Quyi sinf oʻquvchilari oʻyinlarni mustaqil tashkil etish uchun etarlicha tajribaga ega emaslar, shuning uchun sinf rahbari va jamoatchi tashkilotchining oʻrni birinchi darajada boʻlishi kerak. Oʻyinlar maktab hovlisida yoki stadionida, sport zalida hamda koridorda oʻtkazilishi mumkin. Tanaffuslarda oʻtkaziladigan oʻyinlarga harakatli oʻyinlar, toʻp, arqoncha bilan mashqlar, tirmashib chiqish va oshib oʻtish, raqs elementlari, ritmik gimnastika, quvnoq musobaqalar kiradi. Jismoniy mashqlar shunday tanlanadiki, boʻlarda qoʻl, soʻngra yelka, tana, oyoq muskullari ketma-ket qatnashsin. Bunda yurak-tomir va nafas olish tizimi etarli darajada yuklama olishini kuzatish mumkin. Guruhlar boʻyicha tashkil etilgan mashgʻulotlar oʻquvchilarni jismoniy tarbiyalash boʻyicha bir qancha vazifalarni hal etish imkonini beradi, aqliy faoliyatning jismoniy faoliyat bilan almashuviga yordamlashadi, faol hordiq chiqarish uchun qulay sharoit, yaxshi kayfiyat, ijobiy hissiyot yaratadi, organizmning umumiy tonusini oshiradi. Sport soatlari erkin, zoʻriqmagan holda oʻtkaziladi. Sport soatlari mazkur guruhlarda 40-60 daqiqa davometadi, vaqtning bunday tanlanishi oʻquvchilarning umumiy holatiga, ularning oʻquv ishlaridan keyingshi charchash darajasiga bogʻliq ravishda boʻladi. Mashgʻulotlarni oʻtkazish jarayonida oʻqituvchi qoʻllaniladigan jismoniy mashqlarning mazmunini, tarkibini bilishi, shugʻullanuvchilarda fiziologik va hissiy yuklamalarning oshib ketmaslilik tamoyillariga rioya qilishi kerak. Mashgʻulotlarda asosiy oʻrinni tayanch-harakat apparatlarini asosiy mashqlarni bajarishga tayyorlovchi umumrivojlantiruvchi mashqlar egallaydi. Saflanish mashqlari ham qoʻllaniladi, lekin ularning soni jismoniy tarbiya darslariga nisbatan kamdir. Shuningdek, sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini, sport turlaridan sport sektsiyalarini, jismoniy tarbiya bayramlarini, sport musobaqalarini, davlat standartlarini topshirishga tayyorgarlik koʻrishlarini ham oʻz ichiga oladi. Download 55.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling