Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari


Download 0.89 Mb.
bet98/118
Sana18.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1707669
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118
Bog'liq
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari

Dunyoqarash darajasi asosiy hisoblanadi. Bu pog‘onada insonning siyosat dunyosida o‘z-o‘zini belgilashi, siyosiy xulq-atvorning u yoki bu yo‘nalishlarini, me’yorlarini tanlashi yuz beradi. Ushbu tanlash uning hayotiy pozitsiyalari, indivi­dual yoki jamoaviy qadriyatlarni afzal ko‘rish, Fapb yoki Sharq sivilizatsiyasi me’yorlarini tan olish, diniy yoki materialistik dunyoqarashi, mafkuraga, zo‘ravonlikka munosabati va boshqalar bilan bog‘liq holda kechadi.
Fuqarolik darajasi. Bu pog‘onada siyosiy madaniyatning o‘zagi shakllanadi. Ushbu daraja odamlarning hokimiyatga hukmronlik va majburlashning ommaviy markazi sifatidagi munosabatini tavsiflaydi. Inson siyosat olami bilan to‘qnashar yoki unga kirib borar ekan, muqarrar ravishda o‘zining hokimiyatga, uning imkoniyatlari va vakolatlariga bo‘lgan munosabatini shakllantiradi. Hokimiyatni qabul qilish asosida esa inson o‘zining fuqarolik huquqlari va majburiyatlari borasidagi mavqeini aniqlashtirib oladi.
Fuqaroning hokimiyatga bo‘ysunishi adolatli ekanligi yoki fuqaro huquqining hokimiyatga nisbatan ustunligi haqidagi ishonch aynan fuqarolik darajasida shakllanadi. Ko‘pchilik kishilar uchun ana shunday ichki ishonch ularning partiyaviy intilishlariga qaraganda ko‘proq ahamiyat kasb etadi.
Siyosiy daraja. Mazkur darajada davlat va davlatlararo aloqalardan tortib to o‘zini siyosat sub’ekti sifatida qabul qilishgacha bo‘lgan sof siyosiy hodisalarga qadriyatli munosabatlar shakllanadi. Inson va siyosat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar o‘zil-kesil oydinlashadi. Siyosatning inson hayotidagi roli belgilanadi.
Mana shu darajaga etgandan so‘ng, kishilar jamiyatning siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshlaydilar yoki siyosatdan ongli ravishda chetlashadilar. Bunda odamlarning muayyan qismi «kuzatuvchilar» pozitsiyasini ham egallaydi. Ular qachondir va kimdir ularning muammolarini hal etib berishiga umid bog‘lashni afzal ko‘radilar.
Siyosiy madaniyatning mohiyati haqidagi masalani ko‘rib chiqar ekanmiz, uning asosiy modellariga to‘xtalish joiz.
Siyosiy madaniyatning totalitar-avtoritar modeli fuqaroning jamoaviy sifatlarining uning indivdual sifatlaridan ustunligi bilan ajralib turadi. Bu model uchun quyidagi xususiyatlar xos:

  • jamiyatning siyosiy ongi va qadriyatlari davlat tomonidan markazlashtirilgan holda shakllantiriladi. Shunga muvofiq ravishda davlat manfaatlari ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlarning manfaatlaridan muhimroqdir. Asosiy qadriyatlar jumlasiga «tartib», «xayrixohlik», «siyosiy ishonch», «davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash», «yagona mafkura», «siyosiy birdamlik» kabi tushunchalar kiradi;

  • jamiyatning siyosiy axborot olishi cheklangan bo‘lib, hokimiyat tomonidan bir kanal orqali, monopoliya tarzida boshqariladi. Siyosiy senzuradan faol foydalaniladi;

  • siyosiy til standartlashtirilgan va kambag‘al. Unga keskinlik ko‘p hollarda esa cheklanganlik va qolipga solinganlik xos;

  • amiyatning siyosiy madaniyati yuqoridan turib muqobil holda shakllantiriladi;

  • jamiyat katta qismining siyosiy madaniyati yuqori emas. Siyosiy-madaniy taraqqiyotning o‘sib borishi sust.

Siyosiy madaniyatning totalitar-avtoritar modeli o‘z-o‘zini tashqi dunyodan ajratib qo‘yish, siyosiy-madaniy makonning biqiqligi bilan ajralib turadi. Ushbu makon chegarasida zo‘ravonlik xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘ravonlik hukmronlik qiladi.
Tashqi muhit bilan aloqaga kirishganda mazkur model qabul qilingan va bag‘rikenglik darajasining pastliga hamda tajovuzkorlik elementlariga ega shafqatsizligi bilan ajralib turadi.
Shu bilan birga mazkur modelning ichida uning totalitar va avtoritar sohalari mutanosib emas. Unda totalitar, yo avtoritar tamoyillar ustunlik qilali. Birinchi holatda yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlarning hammasi mavjud bo‘ladi. Ikkinchi holatda tegishli jamiyatning siyosiy madaniyatida ayrim liberal-demokratik unsurlar mavjud bo‘lishi mumkin.
Siyosiy madaniyatning liberal-demokratik modeli fuqaroning siyosiy huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga yo‘nalti­rilganligi, jamiyat hayot-faoliyatining faqat huquqiy boshqarish orqali tartibga solinishi bilan ajralib turadi.
Bu modelning quyidaga xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • jamiyatning siyosiy ongi va qadriyatlari markazlashmagan (ko‘p kanalli) holda xilma-xil manbalar asosida shakllantiriladi. Unga muvofiq davlat manfaatlarining ustuvorlik darajasi ularning jamiyat, uning ijtimoiy guruhlari, fuqarolar manfaatlariga qay tarzda mos kelishi bi­lan bog‘liq. Asosiy qadriyatlar sirasiga inson huquqlari, erkinligi; mafkurada, siyosatda, iqtisodiyotda fikrlar xilma-xilligi, demokratiya, huquqiy tartibot, xususiy mulk va shaxsiy hayotning daxlsizligi, ijtimoiy fikrning ustuvorligi va boshqa tushunchalar kiradi;

  • jamiyatning siyosiy axborot bilan ta’minlanishi ko‘p kanallar orqali va muqobillik asosida amalga opshriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri siyosiy senzura juda oz darajada va asosan, radikal ekstremistik mazmundagi axborotga nisbatan qo‘llaniladi;

  • siyosiy til boy va standartlashmagan, uzluksiz takomillashtirilib va boyitib boriladi;

  • siyosiy xulq-atvor xilma-xildir;

  • jamiyatning siyosiy madaniyati ancha yuqori darajada. Unga texnik taraqqiyot bilan mustahkamlab boriluvchi siyosiy-madaniy taraqqiyot xos.

Bu aytib o‘tilgan holatlarning barchasi bir bo‘lib jami­yat siyosiy hayotining faolligini va yuksak dinamikasini ta’minlaydi. Bunda siyosiy barqarorlik jadal siyosiy islohotlarni amalga oshirish orqali saqlab turiladi.
Mazkur model tashqi siyosiy-madaniy makonga nisbatan «ochiqligi» bilan ajralib turadi. Bu model o‘z ta’sir doirasini kengaytira olish qobiliyatiga ega.
Bir qator vaziyatlar yuzaga kelganida (tashqi xavf, siyosiy tanglik va hokazo) liberal-demokratik model chegarasida av­toritarizm unsurlari jamiyatning hayot-faoliyatiga davlat aralashuvining kengayishi, siyosiy huquq va erkinliklarning cheklanishi, senzuraning kuchaytirilishi va boshqa shakllarda paydo bo‘lishi mumkin.
Darajalar va modellar bilan bir qatorda, siyosiy madaniyat turlarga ham ajratiladi. Siyosiy madaniyatning mazmuni ko‘p jihatdan tarixiy rivojlanishga bog‘liq bo‘ladi va siyosiy o‘zgarishlar davomida o‘zgarib boradi. Siyosiy madaniyat turlari tash­qi siyosiy-madaniy muhit bilan o‘zaro ta’sir xususiyatlariga, boshqa siyosiy-madaniy tuzilmalar bilan aloqa boshlashdagi o‘ziga xosliklar hamda o‘zining ichki mazmuniga ko‘ra farqlanadi.
Siyosiy madaniyatlarning tahlili va ularni qiyoslash uchun ko‘pincha amerikalik olimlar G.Almond va S.Verba tomonidan 1964 yilda taklif etilgan tipologiyadan foydalaniladi. Ular siyosiy madaniyatning uchta ideal «sof» turlarini ajratib ko‘rsatganlar: patriarxal, tobelik, faollik.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling