Mavzu: siyosiy tartibot
YALPI MUROSA QAROR TOPGUNGA QADAR KISHILAR VA JAMIYAT MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLIB TURUVCHI KUCH KERAK BO'LADI
Download 113 Kb.
|
SIYOSIY TARTIBOT
YALPI MUROSA QAROR TOPGUNGA QADAR KISHILAR VA JAMIYAT MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLIB TURUVCHI KUCH KERAK BO'LADI. Bugungi kunda ana shunday kuch aholi turli-tuman tabaqalari va guruhlarining bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlarni kelishtirishga da'vat etilgan hokimiyatdir.
Demokratik jamiyatda qonun asosida ish ko'ruvchi hokimiyatning obro'yi baland bo'ladi va kishilar bunday hokimiyatga jazo tahlikasidan emas, balki uning hatti-harakatlarini ma'qullaganliklari tufayli bo'ysunadilar. Hokimiyat-kishilarning xulq-atvoriga, ularning xatti-harakatlariga va odatlarga ta'sir o'tkazish imkoniyatidir. Hokimiyat konstruktiv (yaratuvchi) tabiatga ega bo'lish, shu qatorda, talofatlarkorona oqibatlariga ega bo'lish ham, mamlakat aholisi ko'pchiligining manfaatlari yo'lida ham, huddi shu singari, bajarilmas va'dalarni pana qilgan holda ularning manfaatlariga zid o'laroq amalga oshirilishi ham mumkin. O'zbekiston Oliy Majlisi ikki palatadan-Qonunchilik palatasi va senatdan iborat. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) hududiy saylov okruglari bo'yicha ko'ppartiyaviylik asosida besh yilga saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat. Qonunchili palatasining 15 nafar deputati O'zbekiston Ekologiya harakatidan saylanadi. Qonunchilik palatasi uning barcha deputatlarining muqim kasbiy faoliyat yuritishlariga asoslangan. Oliy Majlis Senati (yuqori palata) huquqiy vakillik palatasi bo'lib, senat a'zolaridan (senatorlardan) iborat. Senat a'zolari Qoraqalpog'iston R espublikasi, viloyatlar va teng miqdorda-olti kishidan saylanadi. Oliy Majlis Senatining o'n olti nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo'lgan hamda alohida xizmat ko'rsatgan eng obro'li fuqarolar orasidan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Saylov kuni yigirma beshga to'lgan hamda kamida besh yil Ozbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Oiy Majlisining Senat a'zosi bo'lishi mumkin. Ayni bir shahs bir paytning o'zida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senat a' zosi bo'lishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 77-modda. Demokratik huquqiy davlatda har bir inson qonun loyihalarini tayyorlashda hamda mavjud qonunlarni o'zgartirish va to'ldirish ishtirok etishga haqlidir Deputatlardan farqli o'laroq fuqarolar o'z takliflari bilan Oliy Majlisga emas, balki o'zlari tomonidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga murojaat qiladilar. Qonunchilik tashabbusi – qonun loyihasini qonun chiqaruvchi o'rganga belgilangan tartibda rasman kiritilishidir. Qonunchilik tashabbusi-qonunchilik jarayonining birinchi bosqichidir. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqi: O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga, davlat hokimiyati oliy o'rgani timsolida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga, Oliy sudiga, Oliy ho'jalik sudiga, Bosh prokuro'riga taaluqlidir. Mazkur huquqning ro'yobga chiqarish taklif etilgan qonun loyihalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida ko'rib chiqilichi majburiyligi bilan kafolatlanadi hamda deputatlar ko'chiligi ovoz berishi tariqasida maqullanishi sharti bilan quyidagilar qabul qilinadi: - qonunga qo'shimchalar yoki o'zgartirishlar: - yangi qonun loyihasini tayyorlash to'g'risidagi qaror; - taklif etilgan qonun loyihasini takomillashtirishga yuborish to'g'risidagi qaror. Download 113 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling