Mavzu: Skandiy, Ittriy, Lantan, Aktiniy ishlati;ish sohalari va qo`llanilishi Reja: 1
Download 28.58 Kb.
|
1 2
Bog'liqKirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skandiy gruppachasi elementlari
Mavzu: Skandiy, Ittriy, Lantan, Aktiniy ishlati;ish sohalari va qo`llanilishi Reja: 1. Kirish. Skandiy gruppachasi elementlari Fizikaviy va kimyoviy xossalari Skandiy gruppachasi elementlarining ishlatilishi. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Skandiy gruppachasi: III gruppaning qo’shimcha gruppachasiga skandiy (Skandium) Sc, ittriy (ittrium), lantan (Lantanium) La va aktiniy (Astinium) As kiradi. Skandiyning mavjudligini D. I. Mendeleev 1870 yilda oldindan aytib bergan. Oradan to’qqiz yil o’tgach, uni L. N. Nilson toza holda oladi. Skandiy gruppachasi elementlari atomlari tashqi elektron qavatlarida ikkitadan va undan keyingi qavatda esa to’qqiztadan elektron saql ayd i. Quyida gruppacha elementlari atomlarining tashqi va undan oldingi elektron qavatlari tuzilishi keltirilgan: Sc 3s2 3p6 3d1 4s2 Y 4s2 4p6 4d1 5s2 La 5s2 5p6 5d1 6s2 Ac 6s2 6p6 6d1 7s2 Ularda tartib belgisi oshgan sari ionlanish energiyasi (6,66 eV dan 5,51 eV gacha) kamayib boradi, ion radiusi esa (0,083dan 0,11 nm gacha) ortadi. Skandiy gruppachasi elementlarining o’z birikmalaridagi oksidlanganlik darajasi ko’pincha +3 ga teng bo’ladi. Skandiy, ittriy va lantan er qobig’ida massasi buyicha 10 % ni tashkil etadi. Aktiniy ancha kam tarqalgan bo’lib, massasi buyicha 6 •1010 % atrofidadir. Skandiy gruppachasi elementlari Skandiy gruppachasi elementlari ularning ftoridlarini (ba’zan, xloridlarini) qaytarib olinadi. Birikmalari esa tuzlari yoki oksidlaridan turli yo’llar bilan sintez qilinadi. Skandiy gruppachasining elementlari erkin holatda yuqori temperaturada suyuqlanadigan oq-kumush rang metallar bo’lib, suyultirilgan anorganik kislotalar (HCI, H2SO4 va HNO3) da eriydi. Qizdirilganda ko’pgina metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Gidroksidlari asosli xossaga ega. Qizdirilganda oksidlarga o’tadi. Lantan gidroksidi La(OH)3 kuchli asos hisoblanadi. Skandiy gidroksidi konsentrlangan ishqor eritmasida gidroksoskandiatga (masalan, Na3[Sc(OH)6] aylanadi. Gruppacha elementlari gidroksidlaridan ba’zilari amorf xolda ham uchraydi. Gidroksidlar elementlar tuzlarining suvli eritmalaridan ammiak yoki ishqorlar bilan cho’ktirib olinadi. Ular elementlarning boshqa elementlarini olishda xomashyo bo’lib xizmat qiladi. Skandiy gruppasi elementlari kompleks birikmalar xosil qiladi. Masalan, skandiy oksalat geksagidradi Sc2(S2O4)36H2O yoki MeSc(S2O4)2 .2H2O va Me3Sc(S2O4)3 • 4H2O (Metall-ishqoriy metall) kabi komplekslari skandiyning galoidli birikmalari neytral yoki nordon eritmalariga oksalat kislota ta’sir ettirib hosil qilinadi. Skandiy gruppachasi elementlari birikmalari lazer materiallari, elektron asboblarda katodlar va EXM larda ishlatiluvchi ferritlardan yasaluvchi yodlab qolish moslamalarda qo’llaniladi. 1794-yili asl millati fin bo‘lgan Yoxann Gadolin ismli olim, Shvetsiyaning Itterbyu shaharchasi yaqinidan ilgari ilm-fanga noma'lum bo‘lgan, yangi mineral topib oldi. Gadolin shaharcha nomiga ishora qilgan holda, ushbu topilmani ittria deb nomlagan edi. Sinchiklab tekshirishlar orqali, olim ushbu mineral tarkibida kimyogarlarga shu choqqacha noma'lum bo‘lgan kimyoviy element mavjudligini ham aniqladi. Tabiiyki, ushbu kimyoviy elementni ham, o‘sha shaharcha nomi bilan ittriy deb atay boshlashdi. Biroq, ittriyning kashf qilinishi haqidagi hikoya shuning o‘zi bilan yakunlanmagan. Ba'zi paytlarda ittriy jahonning eng nufuzli kimyogarlarini ham boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ygan bo‘lib, uning atrofidagi bahslar ancha uzoq davom etgan. Ushbu hodisa sabab bo‘ldi-yu, kimyogarlar shu va shunga o‘xshash minerallar tarkibidan yangi kimyoviy elementlarni kashf eta boshladilar. Shu tariqa, turli minerallar tarkibidan, davriy jadvalda 57-raqamli elementdan boshlab, 71-raqamli elementgacha bo‘lgan ketma-ket 15 ta kimyoviy elementlar seriyasi kashf qilindi. Mazkur 15 element kimyoviy va fizik xossalariga ko‘ra, bir-biriga juda o‘xshashdir. Ayniqsa, ularning kimyoviy xususiyatlarini o‘zaro farqlab olish o‘zi mushkul ish. Bu holat esa, kimyogarlarni juda-juda chalg‘itib, ularni uzoq yillar mobaynida ushbu muammo ustida bosh qotirishga majbur qilgan. Mazkur 15 kimyoviy elementning xossalari shunga ishora qiladiki, ularning barchasi, davriy jadvalda bitta katakchada, yoki, ittriydan pastki qatorga joylanishi kerak. Bu esa, o‘sha paytgacha to‘g‘riligiga shubha uyg‘onmagan davriy jadvalga nisbatan ishonchsizlik keltirib chiqara boshlagandi. Ayniqsa, XIX asr oxiriga kelib, dunyoning eng kuchli kimyogarlari ham ittriy va unga "qarindosh" bo‘lgan elementlar borasida juda chigal tushunchalar bilan qiynalib yurishardi. Yaxshiki, XX asrning dastlabki yillarida ilm-fan olamida elementlarning atom tuzilishi bo‘yicha yetarlicha aniq bilimlar qo‘lga kiritildi. Endi olimlar, nima uchun bu elementlar shu darajada o‘zaro o‘xshashligini bilib oldilar va ularga davriy jadvalda alohida o‘rib ajratildi. Ilk kimyogarlar metallarning kislorod bilan birikmalarini "yer metallari" (qisqacha qilib "yerlar") deb nomlashgan. Kalsiy va magniyning oksidlari "ishqoriy yer metallari", vanadiy va titanning oksidlarini esa, "kislotali metallari" deb nomlangan. Bu atamalar hali kimyo fani unchalik rivojlanmagan, atamalar ilmiy tizimlashmagan paytlarda urfga kirib qolgan bo‘lib, shu asnoda, ittriydan boshlab keyingi uning oilasiga mansub elementlarning oksidlarini ham "siyrak yer metallari" deya nomlay boshlashgan. Chunki, ushbu metallarning oksidlari boshqalardan ko‘ra tabiatda ancha kam uchraydi. Shundan kelib chiqib, ittriy oilasi elementlarini kimyogarlar "siyrak yer elementlari" deb nomlashgan. Biroq, qiziq fakt shuki, barcha siyrak yer elementlarini bir joyga jamlasa, ularning miqdori mis yoki, qo‘rg‘oshindan ko‘p bo‘lib chiqadi. Ushbu oilaga mansub metallardan ba'zilari masalan, qalaydan ko‘proq tarqalgan. Ba'zilari esa haqiqatan ham nodir metallar sirasiga kiradi. Biroq, o‘sha eng kam tarqalgan siyrak yer metallari ham, aslini olganda oltin yoki, platinadan ko‘ra ko‘proqdir. Ushbu siyrak yer metallaridan uchtasi o‘sha shved shaharchasi - Itterbyu sharafiga nomlanganini yuqorida aytib o‘tdik. Ulardan ittriy birinchi bo‘lib ochilgan bo‘lsa, erbiy va terbiyni Mosander tomonidan 1843-yilda kashf qilingan edi. Itterbyu shaharchasi bilan bog‘liq nomlangan to‘rtinchi elementni 1878-yilda Shveysariyalik kimyogar Jan Sharl Galissar de Marinyak (1817-1894) tomonidan kashf qilingan. Bu davriy jadvaldagi 70-raqamli element - itterbiy bo‘lgan. Yuqorida aytilganlarni mulohaza qilib ko‘rsak, siyrak yer elementlarining yarmidan ko‘pi Skandinaviya bilan bog‘liq nomlarga egaligini xulosa qilish mumkin. Shu sababli ham, ushbu maqolani "Ittriy - Skandinaviya elementi" deb nomlashga qaror qildim. Menimcha, nom muvaffaqiyatli chiqqan. Mosander 1839-yilda kashf qilgan 57-raqamli elementni "lantan" deb nomlagan. U lantanni alohida element sifatida ajratib olguncha jismonan ancha horigan ko‘rinadi. Shunga binoan u mazkur elementga "erib ketmoq" degan ma'noda nom bergan. Yana bir siyrak metallni kashf qilgan Lekok de Buabodran (1838-1912) undan ham battar mashaqqat chekkan shekilli, arang kashf etgan elementiga disproziy, ya'ni, "mushkul", "qiyin" deb nom bergan. Lantan - siyrak yer elementlari ichida eng birinchi va shunga ko‘ra, eng kichik atom raqamiga ega elementdir. Shu sababli, siyrak yer elementlari ko‘pincha lantanoidlar deb ham yuritiladi. Siyrak yer elementlari ichida eng keng tarqalgani ham lantandir. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra lantan ko‘proq temirga o‘xshab ketadi. Siyrak yer elementlarning deyarli hammasi davriy jadvalda ittriydan keyin joylashadi. Lekin ular ichida faqat bittasi, aniqrog‘i, skandiy elementi ittriydan avval, ya'ni, 21-raqam bilan keladi. Skandiyni 1879-yilda shved kimyogari Lars Frederik Nilson (1840-1899) tomonidan ajratib olingan. Biroq, uning mavjudligini 1869-yildayoq D.I. Mendeleyev aytib o‘tgan edi. Nomdan ham ma'lumki, elementni Skandinaviya yarimoroli sharafiga nomlashgan. Download 28.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling