Mavzu: skelet tizimi filogenezi va buzilishlari


Oyoq kamarining suyaklari


Download 96.5 Kb.
bet4/6
Sana14.04.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1357976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu skelet tizimi filogenezi va buzilishlari4444

Oyoq kamarining suyaklari.
Oyoq kamari ikkita chanoq yoki tos suyagidan iborat Xar bitta chanoq suyagi uz navbatida yonbosh, quymich va qov suyaklarining birlashidan xosil boTadi. Bu uchta suyak tanalari qo’shilgan joyida quymich kosasi xosil boTadi. Unga son suyagining boshi birikadi va tos-son bo’g’imi xosil boTadi. Quymich bilan qov suyaklarning shoxlari o’zaro qo’shilib epiluvchi teshikni xosil qiladi. Teshik biriktiruvchi to’qimali membrana bilan to’silgan.


Oyoqning erkin turgan bo’limidagi suyaklar
- odam tanasining eng uzun va katta nay simon suyagi dir. Uning yuqori uchida medial yoki ichki tomoniga qaragan sharsimon boshchasi, boshchasining pastrog’ida burchak bilan joylashgan bo’yinchasi bor. Bu burchakning o’rtacha kattalikdagi erkaklarda 130 teng, ayollarda to’g’ri burchakni tashkil etadi. Son suyagining boshchasi tos suyagining quymich kosasi bilan birikib, o’zining yuzasida chuqurchaga ega. Bu chuqurchaga yumaloq boylam birikadi.
Suyakning uzun buyin qismi diafiz qismiga o’tadigan joyida katta va kichik dunglari mavjuddir. Katta dungcha tashqariga qaragan va uning asosida dung chuqurchasi joylashgan. Kichik dungcha ichkariga va orqaga qaragan. Bu dungchalarga dumba muskullari birikadi. Suyakning oldingi yuzasida ikkala dung o’rtasida dunglararo g’adir-budir chiziqar, orqa yuzasida esa dunglararo qirra joylashagan.
Son suyagining orqa yuzasida g’adir-budir chiziq bo’ladi. Suyakning tanasi deyarli silindsimon shakldadir. Son suyagining pastki uchida ikkita dung - medial yoki ichki dung, lateral yoki tashki dunglar joylashgan. Ular o’rtasida dunglararo chuqurlik bor. Ichki dung tashqi dungdan kattarok. Dunglar katta boldir suyagi bilan birikishi uchun bugim yuzalariga ega. Old tomondan ikkala dung umumiy bugim yuzasini xosil qiladi, uning o’rtasida dunglararo chuqurcha bor. Old tomondan chuqurcha tizza usti yuzasini xosil qilib, bu yuzaga tizza qopqogi taqaladi.
Son suyagi dunglarining ustida, ikki yon tomoniga chiqqan ichki va tashqi dung usti tepaliklari bor.
Odam evolyusiyasining takominlanishi natijasida tik yurish qobiliyati paydo bo’ldi. Natijada tos va son suyaklarining tuzilishi o’zgardi. Odamsimon maymunlarga nisbatan odamning son suyagi uzunlashdi va ingichkalashdi, tanasi old tomonga qarab bukilgan belgisi paydo bo’ldi, orqa yuzasida esa g’adir-budur chizig’i kuchli darajada rivojlandi.yoki tizza usti suyagi sonning eng yirik suyagi bo’lib, u soninng turt boshli muskul payining ichida yotadi va tizza bugimni xosil qilishda qatnashadi. Tizza qopqog’ining o’tkir uchi pastga qaratilgan, keng asosi - yuqorida, bo’g’im yuzasi esa tog’ay bilan qoplangan.
Boldir suyaklarining bir-biriga qaragan tomonida suyaklararo joylashagan g’adir-budir qirralari bo’lib, ularga ikkala suyakning bir-biriga yopishtirib turuvchi suyaklararo pardasi kelib birikadi.
Yuqorida joylashgan tovon usti suyagi tana va boshchaga ega. Tovon usti suyagining ostida panja oldi suyaklarining eng kattasi - tovon suyagi yotadi. Uning orqa tomonida yo’g’onlashagan joyda tovon burtigi bor. Suyak tanasining ust tomonida tovon ust suyagi bilan birikish uchun bo’g’im yuzalari bor. Tovon usti suyagi boshchasining oldida qubsimon suyak bilan yonma-yon va undan ichkariroqda - medial, oraliq va lateral ponasimon suyaklami ajratish mumkin.



Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling