Mavzu: skelet tizimi filogenezi va buzilishlari


Suyaklar klassifikatsiyasi


Download 96.5 Kb.
bet3/6
Sana14.04.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1357976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu skelet tizimi filogenezi va buzilishlari4444

Suyaklar klassifikatsiyasi
Suyaklar tuzilishi jixatdan bir-biridan farqlanadi.
Suyaklaming shakli bajaradigan ishi bilan bog’liq. Suyaklar rivojlanishi, tuzilishi va bajaradigan funksiyasiga kura quydagi turlarga bo’linadi:
uzun va kalta bo’lishi mumkin. Naysimon suyaklarda ikkita kengaygan uchlari - epifizlar, va o’rtasida joylashgan naysimon shaklidagi tanasi yoki diafizi bo’ladi. Tanaga nisbatan yaqin joylashgan suyakning uchi proksimal epifiz, tanadan uzoqroq joylashgan kengaygan uchi - distal epifiz deiladi. Epifiz bilan diafiz orasida joylashgan suyakning qismiga metafiz deiladi. Uzun suyaklarga panjalarining kaft suyaklari, barmoqlar falangalari kiradi. Naysimon suyaklaming uzun suyaklariga elka, son, elka oldi va boldir suyaklari kiradi. Kalta naysimon suyaklardan esa kul - oyoqning kaft suyaklari, barmoqlar falangalari tashkil topgan. Suyaklaming diafiz qismlari zich suyakdan, epifizlari esa g’ovak suyakdan va uni ustini yupqa qatlam xolida zich modda qoplaydi.
Kalla skeleti shartli ravishda ikkita bo’limga
1- kallaning miya bo’limi
2- kallaning yuz bo’limiga ajratiladi.
Miya bo’limining bo’shlig’ida bosh miya joylashgan. Kallaning yuz bo’limi yuzning suyakli asosini xosil qiladi. Anatomik nuqtai nazardan ikkala bo’lim yaxlit bo’lishiga qaramasdan, kelib chiqishi jixatdan xar xil bo’ladi. Kalla skeleti 23 suyakdan tashkil topgan bo’lib, undan 8 si juft va 7si toq sonda bo’ladi.
Kalla bo’shlig’i pastki tomondan xar turli teshik va kanallari bo’lgan kalla tubi bilan chegaralanib turadi.
Kalla qopqog’ining suyaklari yupqa va yassi bo’ladi. Tashqi plastinkasi qalin zich moddadan, ichki plastinkasi yupqa zich moddadan tuzilgan va orasida g’ovak modda - diploe joylashgan. Diploe tarkibida qizil suyak ko’migi, kup sonda qon tomirlari va venalari o’tadi. Kalla suyaklarni ichki yuzalarida chuqurchalar va barmoqsimon botiqlar kup miqdorda uchraydi. Bundan tashqari qon tomirlarning izlarini xam kuzatish mumkin. Boshqa sut emizuvchilarga qaraganda odamda arterial va venoz egatchalar yaxshi ifodalanadi. Kalla suyagining miya bo’limi - 8 suyakdan tuzilgan, undan 4 toq sonda, ikkitasi juftdan bo’ladi. Toq suyaklarga ensa suyagi, peshona suyagi, ponasimon yoki asosiy suyak va g’alvirsimon suyaklar kiradi. Juft suyaklarni tepa suyaklari va chakka suyaklari tashkil etadi.
Yuqori jag’, tanglay suyagi, yonoq suyagi, burun suyagi, kuz yosh suyagi, pastki chig’anoq juft sonda uchraydi. Dimoq suyagi, pastki jag’ va til osti suyaklari toq sonda bo’ladi.
Ensa suyagi - miya qopqog’ining orqa va pastki tomonini va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi va oldingi tomondan ponasimon suyakka, tepa va chakka suyaklari bilan birlashgan. Ensa suyagi katta teshik orqali umurtqa kanaliga qo’shilib turadi. Ensa suyagi aloxida 4 bo’lakdan iborat. Ensa suyagining bo’laklarini aniqlashda asosiy orientir - bu katta ensa teshigidir. Katta ensa teshigidan yuqorida palla bulagi joylashgan, yon tomonlarida yon bulaklari, old tomonida ensa suyagini tanasi joylashgan.
Yon bulaklarining pastki yuzasida joylashgan bo’g’im dumboqchalari - bo’yinning birinchi umurtqasining bo’g’im yuzasi bilan birikadi. Dumboqcha orasida esa bo’yintumq vena uymasi bo’ladi.
Ensa suyagining pallasi tashki tomonga qabarib, ichki yuzasi botiq bo’lib, elpig’ichsimon shakldagi plastinka - palladan iborat. Ensa suyagining tashqi yuzasi markazida tashqi ensa dumbog’i bo’lib, uning ikkala tomonida kundalang yunalgan g’adir-budur chiziq ko’rinadi.
Pallaning ichki yuzasi krestsimon tepa bilan 4 chuqurchaga bo’lingan. Krestsimon tepani o’rtasida esa ichki ensa dumbog’i bo’lib, uning tepa va ikki yonbosh tomonlarida egatchalar ko’rinadi. Ikkita yuqorigi chuqurchalarda oxirgi miyaning ensa pallalari, pastki chuqurchalarida - miyachaning yarim sharlari joylashgan.
Ensa suyagining tanasi ponasimon suyakning tanasi bilan birikib ketgan. Katta ensa teshigi soxasida ensa suyagining tanasi keng va yupqa, old tomonga qaragan qismi toraygan va qalinlashgan bo’ladi. Tananing pastki yuzasining o’rtasida xalqum dumbog’i joylashgan. Bu dumboqga xalqum orqa yuzasi bilan birikadi.
juda murakkab tuzilgan bo’lib, tana va uch juft o’simtalardan iborat. Kichik qanotlar yukqoriga, katta qanotlar - yonga va lateral tomonga - qanotsimon o’simtalar pastga qaratilgan bo’ladi. Ponasimon suyakni tanasi kubsimon shaklga ega bo’lib, xavo saqlovchi katakchalardan iborat. Bu katakchalar burun bushlig’i bilan tutashadi. Ponasimon suyak tanasining kalla bushlig’iga qaragan yuqori yuzasining o’rta qismida egarchaga o’xshash chuqurcha - turk egari joylashgan, bunda endokrin bezlaming “malikasi” - gipofiz o’rnashgan. Ponasimon suyak tanasining ikki yonboshida uyqu arteriyasi joylashadigan egatcha bor. Ponasimon suyak tanasi orqali ensa suyagi bilan birlashadi. Kichik qanot miya bo’shlig’ini tubini, kuz kosasi yuqori devorini xosil bo’lishda qatnashadi. Xar bir kichik qanotning asosida ko’ruv kanali joylashgan.
Ko’ruv kanalidan ko’ruv nervi bilan kuz arteriyasi uo’tadi. Ponasimon suyakning botiq yuzasi kalla suyagining bushlig’iga, yassi yuzasi - kuz soqqasiga, bir oz botilgan yuzasi esa chakka chuqurchasiga qaratilgan. Katta qanotlarning asosida yumaloq, chuzinchoq va o’tkir qirrali teshiklar joylashgan. Yumaloq va chuzinchoq teshiklardan uch shoxli nerv tarmoqlari o’tsa, o’tkir qirrali teshikdan miya pardasiga boruvchi arteriya o’tadi. Katta qanot bilan kichik qanot oralig’ida yuqorigi kuz yorig’i joylashgan. Yuqori kuz yorig’idan uch shoxli nervning ikkinchi tarmog’i, g’altaksimon nerv, olib qochuvchi nerv va kuz venasi utadi. Ponasimon suyakni qanotsimon o’simtalari tanadan tikka ketib, pastga qaratilgan. Xar bir o’simta ichki medial va tashqi lateral plastinkadan iborat.
Peshona suyagi kalla suyagini tomini va asosini xosil bo’lishida ishtirok etadi. Bu suyak turtta qismga peshona, juft kuz qismlar, burun qismiga bo’linadi. Peshona qismi yarim aylana shaklida bo’lib, qavariq yuzasi tashqariga, botiq qismi ichkariga miya tom on qaratilgan. Pastki yuzasida kuz kosasining ustidagi o’tkir chekkasi aniqlanadi, uni ustida qosh usti ravog’ini ajratish mumkin. Qosh usti ravog’idan teparoqda bir juft peshona dumbog’i ko’rinib turadi. Bu dumboqlar faqat odamlarga xos bo’lib, aqliy faolyat bilan bog’liq va xayvonlarda uchramaydi. Ikkita qosh usti ravog’i orasida chuqurlik - kanshar utadi. Peshona qismining yuqorigi chetida tishsimon chok xosil bo’ladi va tojsimon chok orqali peshona suyagi tepa suyaklari bilan birikadi.
Peshona suyakni gorizontal plastinkasi ikkita kuz qismi va ular orasida joylashgan toq, burun qismidan iborat. Kuz qismlari yupqa plastinkalardan tashkil topib, pastki yuzasi kuz kosa bushlig’iga, yuqorigi yuzasi kalla bushligiga qaragan. Kuz qismining lateral chekkasida kuz yoshi bezining chuqurchasi joylashgan. Peshona suyagining burun qismi g’alvirsimon uymani old tomondan berkitib turadi. Uning o’rta qismida burun tusig’ini xosil qilishda ishtirok etadigan uo’tkir qiltanoq joylashgan. Burun qismidagi juft teshiklar peshona kavaklariga ochiladi.
- shakli jixatdan “T” xarfiga o’xshash, engil va yupqa suyak, bo’lib 3 qismdan: perpendikulyar yoki tikka ketgan plastinkadan, gorizontal joylashgan g’alvirsimon plastinkasidan va perpendikulyar plastinkani ikki yonidan osilib turgan g’alvir labirintdan iborat. G’alvirsimon plastinkada juda kup g’alvirsimon katakchalar bo’lib, katakchalar burun bo’shlig’iga ochiladi. G’alvirsimon katakchalardan xid bilish nervini tolalari burun bo’shlig’iga o’tadi. Plastinkaning o’rtasidan eng yuqori uchida xuroz toji joylashgan. Xuroz tojiga bosh miyaning qattiq pardasi birikadi. G’alvir suyakning perpendikulyar plastinkasi g’alvisimon plastinkadan tikka pastga qarab yunalgan bo’lib, burun tusig’ini xosil bo’lishida ishtirok etadi. Labirintlar juft bo’lib, xar xil katta-kichiklikda bo’lgan suyakli va xavo saqlovchi katakchalardan tuzilgan. Katakchalar old va orqa tomonlardan peshona suyagining sinusi va ponasimon suyakning sinusi bilan tutashadi. Katakchalar burun bushligidan qayrilgan yupqa suyak plastinkalari va yuqorigi va o’rta burun chig’anoqlari bilan yopilgan bo’ladi. Lateral tomonidan g’alvirsimon suyagining yupqa kuz plastinkasi kuz soqqasining medial devorini tashkil kiladi.
Surg’ichsimon qismida surg’ichsimon o’sikq bo’lib, u tashqi eshituv yuli orqasida turadi. Bu usiqqa tush-umrov surg’ichsimon muskuli birikadi. Surg’ichsimon usiqning medial tomonida ikki qorinchali muskul yopishadigan chuqur uyma bor. Uymaga paralel ravishda ensa arteriyasining egati utadi. Surg’ichsimon o’siqning ichki tuzilishi kupgina kattaklardan tuzilagan va o’rta quloq bilan qo’shilgan.
- bir juft bo’lib, kalla qopqog’ining markaziy qismini tashkil qiladi. Tepa suyak turt qirrali va turt burchakli, sirti gumbazsimon burtib chiqqan plastinka shaklida tuzilgan. Plastinkaning eng burtib turgan nuqtasida tepa dumbog’i joylashgan. Tepa dumboqdan pastroqda va chetroqdan chakka chizigi utadi. Chakka chizig’iga chakka muskul birikadi. Bu suyak peshona, chakka va bir- biri bilan choklar orqali birlashadi. Orqa chekasi ensa suyagining pallasiga birlashadi. Oldingi chekasi peshona suyagi bilan tojsimon chok orqali birikadi. Ikki yonidan esa yassi tangachali chok orqali chakka suyaklari bilan birikadi. Chap va ung tepa suyaklari bir-biri bilan sagittal chok orqali birikadi.
Tepa suyagining ichki botiq yuzasida arteriya egatchalari, miya burmalarning izlari aniq ko’rinadi.
Kallaning yuz bo’lim suyaklari evolyusiya jarayonida chuqur o’zgarishlarga uchradi. Buning asosiy sabablaridan bosh miyaning rivojlanishi, nutqni paydo bo’lishi, ovqatni sifatini o’zgarishi xisoblanadi. Yuz bo’lim suyaklari yuzning suyakli asosini tashkil qiladi, ovqat xazm qilish va nafas olish tizimlaming, jag’ muskullaming boshlanish qismlaridir. Kallaning yuz bo’limi yuqori va pastki jag’, tanglay, pastki burun chig’anog’i, dimok, yonoq va til osti suyaklari kiradi.
Burun suyagi - bir juft bulib, chap va ung suyaklami birikishidan burun qirrasi xosil buladi. Xar bitta burun suyagi yupqa, yassi turtburchak plastinka shaklida bulib, lateral chekkasi yuqori jag’ suyagining peshona usigi bilan tutashadi. Pastki chekkasi esa burun bushligining noksimon teshigini xosil bulishida ishtirok etadi. Primatlar turkumi vakillarida va odamda burun suyaklari zaif rivojlangan.
Pastki jag’ning ichki yuzasidan muskullarning birikish joyi - iyak qirrasi o’tadi. Chaynov muskulining vazifalariga va yoshga qarab pastki jag’ning burchagi o’zgarib turadi.
Pastki jagning yuqori chekkasida tish katakchalari bor. Alveolyar yoyning oldingi chekkasi yarim aylana shaklida bo’lib, alveolyar qismini uzi esa yupqalashgan. Pastki jag’ shoxlari yuqori ga kutarilgan va ikkita usik bilan tugaydi: bularni oldingi tojsimon usig’i chakka muskulining ta’siridan vujudga kelgan bulsa, orqa tomondagi usiq - bug’im usigi sifatida sillik boshcha bulib tugaydi. Bo’g’im usig’i chakka suyagining bo’g’im chuqurchasiga kirib, chakka-pastki jag’ bo’g’imini xosil qiladi. Toj simon usiqqa chakka muskuli birikadi.
Pastki jag’ tanasining ichki yuzasida til osti bezi joylashadigan chuqurcha :urinadi. Pastki jag’ tanasining ikki tomonidan pastki jag’ kanali utadi. Pastki jag’ kanali pastki jag’ teshigidan boshlanadi.
Kalla suyaklarining xarakatli va xarakatsiz birikish yullari bilan birikadi. Ma’lumki, xarakatsiz yoki uzluksiz birikishlarga sindesmozlar, sinxondrozlar va sinostozlar kiradi. Agar suyaklar bir-biri bilan biriktiruvchi to’qima yordamida biriksa sindesmoz deyiladi. Suyaklar tog’ay yordamida biriksa sinxondroz deyiladi. Agar suyaklar bir-biri bilan suyak to’qimasi yordamida biriksa sinostoz deyiladi. Chaqaloqlik davridan boshlab, toki keksalik davrgacha kallada xarakatsiz birikishning uch xil kursatilgan birikish usullari namoyon etiladi. Kalla suyagida xarakatsiz birikish usullariga choklar kiradi.
Kallaning miya qismi suyaklari bir-biri bilan asosan, tishsimon choklar yordamida birikadi. Bularga tojsimon chok, sagittal va lamdasimon choklar kiradi. Peshona va tepa suyaklari bir-biri bilan toj simon chok orqali birikadi.
bir-biri bilan sagittal chok orqali birikadi. Tepa va ensa suyaklari esa lambdasimon chok vositasida birikadi. Tangachasimon chok kallada faqat tepa suyaklari bilan chakka suyagi orasida xosil boTadi.
bir - biri bilan asosan yassi choklar vositasida birikadi. Ularning tekis va ko’pincha to’g’ri qirralari bir-biriga tegib turganganligi sababli yassi chok deb ataladi. Individual taraqqiyot davrida ayniqsa kalla suyaklari misolida uzluksiz birikishlaming turlarini bir-biriga aylanishini kuzatish mumkin. Chaqaloqlar kalla suyaklari bir-biri bilan sindesmozlar yordamida birikadi. Suyaklar orasida joylashgan pishshik biriktiruvchi to’qimali parda - liqildoqlar deb ataladi.
Yosh bolalarda sindesmozlar sinxodrozlarga aylanadi. Masalan, tog’ayli birikish ponasimon va ensa suyagi orasida uchraydi. Suyaklaming bir-biri bilan suyak to’qimasi yordamida birikish - sinostozlar keksalarda uchraydi.
Kallaning faqat pastki jag’ suyagi chakka suyaklari bilan bo’g’imlar yordamida birikadi.
- chakka bo’g’imining xosil bulishida jag’ suyagining bo’g’im usig’i va chakka suyagidagi bo’g’im chuqurchasi ishtirok etadi. Bu bo’g’im uziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi: 1) bo’g’im bushlig’ida joylashgan tog’ayli disk bo’g’im bo’shlig’ini ikkita aloxida kattakka buo’ladi; 2) birikayotgan suyak yuzalari fibroz tolali tog’ay bilan qoplangan; 3) chap va o’ng bo’g’imlar tuzilishi va bajaradigan ishi jixatdan xamkorlashgan bo’g’imlar turiga kirganligi sababli, xarakatlar ikkala bo’g’imda sinxron ravishda bajariladi Pastki jag’- chakka bo’g’imida quyidagi xarakatlar bajariladi: pastki jag’ni yuqoriga kutarish va pastga tushurish, yonga, oldinga va orqaga qarab xarakatlar bajariladi. Bo’g’im dungli bo’g’imlar guruxiga kirib, uchta boylam bilan mustaxkamlangan. Bu paylar chakka suyagining yonog’ o’sig’idan, bigizsimon o’sig’idan, ponasimon suyak katta qanotidan boshlanib, pastki jag’ suyagining o’sig’iga, ichki tomondagi tilchasiga va burchagidan yuqoriroq nuqtasiga tortilgan boTadi.
Qo’llar skeleti 2 bo’limdan iborat: elka kamaridan va erkin qo’l suyaklaridan.
Elka kamari ikki juft suyaklaridan: kurak va umrov suyaklaridan iborat. Qo’lning erkin qismi 3 qism bilak va panjaga bo’linadi. Elka qismida elka suyagi, bilak qismi esa tirsak va bilak suyaklaridan iborat. Panja esa kaft usti suyaklariga, kaft suyaklariga va barmoqlarga bo’linadi. Panja suyaklari 27 suyaklardan iborat.Elka kamari chap va o’n tomonda bittadan umrov va kurak suyaklaridan tuzilgan.egilgan naysimon suyak bo’lib, kukrak qafasining old tomonida gorizontal xolda joylashgan. Umrovning o’rta qismi yoki tanasi va ikki uchi bor. Umrov suyagining medial uchi tush suyagining dastasi bilan birikadi, lateral uchi esa kurakning akromial, ya’ni elka o’simtasi bilan birikadi. Paypaslash usulida umrov suyagini joylashuvini aniqlash mumkin. Umrov suyagini funksional axamiyati katta, chunki ayni bir vaqtda bu suyak qo’lni tanaga birlashtiradi, ikkinchi tomondan esa elka bo’g’imini kukrak qafasidan uzoqlashtirib, qo’lni turli xarakatlarini erkin bajarilishini ta’minlaydi.uch burchak yassi juft suyakdir. Kurak kukrak qafasining orqa tomonida V-VIII qovurg’alari chegarasida joylashgan. Kurakda 3 qirra, 3 burchak va 2 - ta yuza farqlanadi. Lateral qirra kengaygan bo’lib, tashki burchak chegarasida bo’g’im chuqurchasini xsil qiladi. Bu chuqurcha elka suyagining boshchasi bilan birikib elka bo’g’imini xosil qiladi.Kurakning medial qirrasi o’tkir bo’lib, umurtqa pog’onasiga nisbatan paralel xolda joylashgan. Kurakda ustki qirrasi xam farqlanadi.Kurakning orqa yuzasi kurak qirrasi bilanKurak qirrasi lateral yoki tashqi tomonga o’sib akromial ya’ni elka o’sig’i xosil qiladi. Kurakning yuzasida kurak osti chuqurchasi joylashagn. Bo’g’im chuqurchasidan yuqoriroqda tumshuqsimon o’sig’i chiqadi. Evolyusiya jarayonida kurak suyagi odamsimon maymunlarga qaraganda keskin o’zgargan. Odamda kurak suyagi orqaga siljib, kengligiga nisbatan uzunligi ancha kaltalashgan, kurak usti chuqurchasi kurak osti chuqurchaga nisbatan kichik bo’ladi. Odamsimon maymunlarda kurak qirrasi kurak satxiga nisbatan 59° ni tashkil etadi va undan oshmaydi, odamlarda bu burchak 90° gacha etishi mumkin. Maymunlarda kurak usti va kurak osti chuqurchalari jajmi jixatdan bir-biriga teng bo’ladi.uzun naysimon suyaklar guruxiga kirib, tanasi - va ikkita uchi - tafovut qilinadi. Elka suyagining o’rganish davrida bu suyakning tanasi yuqori uchida naysimon shaklga eganligi, distal uchiga yaqinlashgan sari uch qirrali shaklga ega bo’ladi. Proksimal uchida sharsimon boshchasi, katta va kichik dumboklari joylashgan. Elka suyagining boshchasi suyakning boshqa qismlaridan nozik egat xolida o’tgan bo’yinchci orqali ajralgan. Dumboqlardan pastroqda, boshchani tanasiga birakadigan chegarada joylashgan. Aynan shu joyda suyakni sinishi kuzatiladi. Pastki yoki distal epifizda medial yoki ichki tomonda g’altakka o’xshash xosila joylashgan. Lateral yoki tashqi tomonida esa boshsimon dungcha bor. Galtak ustida old tomondan ancha kattaroq bo’lgan tirsak chuqurchasi bo’ladi. Bu chuqurchaga tirsak suyagining o’sigi kiradi. G’altak ustida orqa tomondan toj chuqurcha xosil bo’ladi. Toj chuqurchaga tirsak suyagining tojsimon o’sig’i kiradi. Elka suyagi o’zining distal uchi bilan bilak va tirsak suyaklariga birikadi. Elka suyagining pastki uchida ikki chet tomonidan medial va lateral tepachalar joylashgan. Tepachalar muskul vaboylamlami birikish joyi xisoblanadi.
Bilak suyaklari bilak va tirsak suyagidan iborat. Tirsak suyak pronatsiya xolatida medial tomonda, bilak suyagi lateral tomonda joylashadi.uzun naysimon suyak bo’lib, uning tanasi uchqirrali prizmaga o’xshash. Proksimal epifiz yarim oy shakliga ega bo’lib, uchida ikkita o‘simta joylashgan. Old tomondagi toj simon o’sig’i bilan orqadagi tirsak o’sig’i oraligida g’altaksimon uymasi aniqlanadi va bu ikkala o’siqlar uymani chegaralab turadi. Tirsak suyagining pastki uchi yumaloq boshcha bilan tugaydi, uning orqasida bigizsimon o’simta bor.proksimal epifizi silindr shaklidagi boshchani xosil qiladi. Boshchaning ustki yuzasi botiq bo’lib, elka suyagining boshsimon dungchasi bilan birikadi. Boshchani tanadan tor bo’yincha ajratadi. Tanasi naysimon bo’lib, yuzasida g’adir-budirlik bor. Bu g’adir-budurlikka elkani ikki boshli muskulining payi birikadi. Bilak suyagining distal uchida, lateral tomondan bigizsimon o’simta chiqib turadi. Pastki yuzasi esa kaft usti suyaklari bilan birikishi uchun botiq bo’g’im yuzani xosil qiladi. Distal epifizning medial tomonida esa tirsak uyigi joylashgan. Tirsak uyigi yordamida bilak suyagi tirsak suyagining boshchasi bilan birikib, bo’g’im xosil qiladi.
Proksimal qatorda katta barmoqdan xisoblanganda quyidagi navbatda suyaklar joylashgan: qayiqsimon suyak, yarimoysimon suyak, uch qirrali suyak, nuxatsimon suyak. Distal qatori - trapetsiya suyagi, trapetsiyasimon suyagi, boshchali suyak va ilmoqli suyaklardan tashkil topgan.5 ta naysimon suyaklardan tashkil topgan. Birinchi kaft suyagi kalta va keng bo’ladi. Xar bitta kaft suyagi boshcha, tana va asos qismlardan iborat. Kaft suyaklarining asoslari kaft oldi suyaklari bilan bo’g’imlar yordamida birikadi. Kaft suyaklarining boshchalari maxsus bo’g’im yuzalari orqali proksimal barmoq falangalari bilan birikadi.
Xar bitta barmoq 3ta falangadan iborat. Faqat birinchi barmoq ikkita - proksimal va distal falangadan iborat, urta falangasi bo’lmaydi. Qolgan barmoqlar esa proksimal, o’rta va distal falangalardan iborat. Xar bitta falanga kalta naysimon suyaklar guruxiga kirib, asos, tana va boshcha qismlaridan tashkil topgan. Boshcha falanganing distal uchida, asosi esa proksimal uchida joylashgan.
Panjada ba’zan qo’shimcha sessasimon suyaklar xosil bo’lishi mumkin. Ko’pincha bunday suyaklar sportchilarda xosil bo’ladi. Masalan, gimnastlar panjalarida rentgenogrammalarda sessasimon suyaklar aniq kurinadi. Bu suyaklarga birikkan muskullarning elka kuchi ancha ortadi. Uzoq evolyusiya jarayonida qo’l asta-sekin takominlashib, turli murakkab va eng nozik xarakatlami bajarishidan tortib, asosiy mexnat bajarish a’zosiga aylangan. Paydo bo’lgan o’zgarishlardan quyidagilarni ko’rsatish mumkin: tana uzunligiga nisbatan panja uzunligini kamayishi, kaft usti bo’liminini kengligini ortishi, katta barmoqni xajmini ortishi vaboshqa barmoqlarga nisbatan qarama-qarshi turishi.ikki o’qli, egarsimon shaklga ega, tush suyagi dastasidagi buyinturuq kemtigining ikki yon tomonida joylashgan umrov suyagining kemtiklari orasida xosil bo’ladi. Bo’g’imning bo’shlig’ida joylashgan tog’ayli disk, i ikkita yarim bo’shliqlarga ajratadi. Bo’g’imni o’rab turgan kapsuladan tashqari, bo’g’im pishiq tolali turta boylam bilan mustaxkamlangan. Old va orqa tush-umrov bog’lamlari tush suyagini dastasi bilan umrovning tush uchi orasida tortilgan. Qovurg’a-umrov bog’lami 1 qovurg’a bilan umrovning pastki qirrasi orasida, umrov-aro boylami esa chap va ung umrov suyaklarining tush uchlari orasida tortilgan. Sagittal o’q atrofida bo’g’im yuqoriga va pastga qarab xarakatlanadi, tikka o’q atrofida esa old va orqaga xarakatlanadi. Odam skeletida tush-umrov bo’g’imi elka kamarini gavda bilan birlashtiradigan yakka-yagona bo’g’im xisoblanadi.umrov suyagining akromial uchi bilan va kurakning akromial usimtasi bilan birikishdan vujudga keladi. Bu bugim oddiy, yassi shaklga ega, xarakatlari cheklangan. Akromial-umrov bo’g’imi zich kapsula va uchta boylamlar bilan mustaxkamlangan. Boylamlardan aloxida tumshuqsimon-akromial boylamni kursatish lozim. Bu boylam kurak suyagining tumshugsimon o’sig’i bilan umrov suyagi o’rtasida tortilgan bo’lib, elka bo’g’imining gumbozini xosil qilishda ishtirok etadi.elka suyagining boshi bilan kurak suyagining bo’g’im maydonchasi qo’shilishidan xosil bo’ladi. Bu bo’g’im oddiy, yumaloq shaklga ega, ko’p o’qli. Bo’g’imda xarakatlar 3 o’q atrofida bajarilishi mumkin: sagittal o’q atrofida olib qochish - olib kelish xarakatlari, tikka o’q atrofida ichkariga burilish - pronatsiya va tashqariga burilish - supinatsiya, kundalang o’q atrofida bukish - yoyish xarakatlarni kursatish mumkin. Bir vaqt ichida uchta o’q atrofida bajariladigan aylana xarakat - sirkumduksiya deiladi. Bo’g’im bo’shlig’idan ikki boshli elka muskuli uzun boshining payi utadi. Elka bo’g’imi kapsula va bitta tumshuksimon-elka boylami bilan mustaxkamlangan.murakkab, elka-bilak, elka-tirsak va bilak-tirsak - bilak bo’g’imlarining qo’shilishidan xosil bo’ladi. Bu uchchala bo’g’im atrofdan umumiy kapsula bilan o’ralgan va umumiy bo’g’im bo’shlig’iga ega. Elka - tirsak bo’g’imi g’altak shaklga, elka - bilak bo’g’imi shar va tirsak - bilak bo’g’imi silindr shaklga ega.
Bo’g’im xosil bo’lishda kaft usti suyaklardan nuxatsimon suyak qatnashmaydi. Tirsak suyagining faqat tog’ayli diski bo’g’im yuzasining bir qismini to’ldiradi. Bo’g’im umumiy kapsula bilan o’ralgan bo’lib, yonlama bilak, yonlama tirsak va yonlama kaft bilak boylamlari bilan mustaxkamlangan. Bo’g’imda ikki xil xarakatlar bajarilishi mumkin: sagittal o’q atrofida - panjani olib kelish va olib qochish, kundalang o’q atrofida - panjani bukish va yozish. Qo’l panjasi aylanma xarakatni xam bajara oladi.kaft ust qatordagi uchta suyaklar, nuxatsimon suyakdan tashqari, ikkinchi qatordagi turta kaft usti suyaklari bilan birikadi. Bo’g’im panjalariga kaft oldi-kaft, kaftlararo bo’g’imlar xam kiradi. Ko’rsatilgan bo’g’imlarda, katta barmoqning kaft oldi-kaft bo’g’imidan tashqari, xarakatlar chegaralgan bo’ladi.barmoq bo’g’imlari kaft suyagining distal uchidagi bo’g’im yuzasi bilan barmoqning proksimal falangasining bo’g’im yuzasi bilan birikishi natijasida xosil bo’ladi.Falangalararo bo’g’imlar esa blok shaklida bo’lib, bularda faqat bir xil xarakat bajariladi: kundalang o’qi atrofida bukish - yozish xarakatlari kuzatiladi.Qo’l suyaklari bo’g’imlarning ung va chapligini aniqlash uchun elka bo’g’imida elka suyagining boshchasini medial tomonga yunalganligiga e’tibor berish kerak, tirsak bo’g’imida lateral yuzasidagi tirsak o’sig’iga, bilak-kaft bo’g’imida tirsak suyagining bigizsimon o’sig’iga va kaft- barmoq bo’g’imida barmoqlami boshchasiga e’tibor berish kerak. Qo’l suyaklari boksyorlarda, fextovaliklarda, basketbolchilarda va voleybolchilarda xarakatchanligi yuqori darajada rivojlangan bo’ladi. Boksyorlarda kaft - barmoq bo’g’imlari shiddatli yuklamalar ta’sirida gipertrofiyaga uchraydi.Erta yoshlik davrida bo’g’imlar faol rivojlanadi va bo’g’im tarkibiga kimvchi asosiy va yordamchi komponentlarini shakllanishi 13-16 gacha tugallanadi. Yosh bolalarda, o’smirlarda va ayollarda erkaklarga nisbatan bo’g’imlarning xarakatchanligi va egiluvchanligi ancha ustun bo’ladi. Odamlarning yoshi kattalashishi bilan bo’g’imlardagi xarakatchanlik kamayadi. Asosiy sabablardan deb fibroz membranalarni va boylamlami sklerozlashishi, muskul aktivligini susayishini ko’rsatish lozim. Yoshga qarab o’zgarishlarni oldini olish maqsadida va bo’g’imlarda yuqori darajada xarakatchanlik xususiyatini saqlab qolish maqsadida doim jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish lozim.
Oyoqlar skeleti oyoq kamariga va erkin oyoq suyaklariga bo’linadi. Oyoq kamari ikkita chanoq yoki tos suyaklaridan tashkil topgan. Tos suyaklari dumg’aza va dum suyaklari bilan paylar va bo’g’imlar yordamida birikib yaxlit suyak xalqasini xosil qiladi.
Erkin oyoq suyaklari 3 qismdan: son, boldir va oyoq panjasidan tuzilgan. Oyoq panjasi panja oldi, panja va barmoq suyaklariga boTinadi.



Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling