Mavzu: smart texnologiya


Smart texnologiyalar zamonaviy tendensiya sifatida


Download 34.49 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi34.49 Kb.
#1558152
1   2   3   4
Bog'liq
Word Document

Smart texnologiyalar zamonaviy tendensiya sifatida
Zamonaviy inson muhitining ajralmas qismiga aylangan axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida smart ta'lim asta-sekin an’anaviy elektron ta'lim bilan oʻrin almashmoqda. Smart ta'lim kontseptsiyasi hozirda bir qator tushunchalar bilan bogʻliq boʻlib, ularning koʻpchiligida bir xil talqin qilinmaydi. Smart ta'lim mavzusidagi nashrlar bir necha yil oldin paydo boʻlgan va ular ta'lim rivojlanishining asosiy tendentsiyalarini qayd etib, ta'lim tizimidagi keyingi oʻzgarishlar uchun futurologik prognozlarni yaratadi . Smart ta'limning tashkiliy, texnologik va pedagogik kabi uchta muhim jihati mavjud boʻlib, ular “alilli” ta’limning ajralmas qismi hisoblanadi. Smart ta'lim koʻp miqdordagi manbalar, multimediyaning (audio, video, grafik) maksimal xilma -xilligini, tinglovchilarning talab va ehtiyojlariga tez va oson moslashish imkoniyatini nazarda tutadi. Bu mutlaqo yangi ta'lim muhiti boʻlib, unda ta'lim faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta'lim muassasalari tarmogʻi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi ta'limning oʻziga xos xususiyati - yashash joyidan va moliyaviy ahvolidan qat'i nazar, aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya'ni "hamma joyda" ta'lim olish imkoniyatidir. Z. K. Bekturova, N. N. Vagapovalarning fikriga koʻra smart ta'lim muhitini yaratish uchun bir qator muhim faktorlar zaruriy hisoblanadi. Ular jumlasiga: yangi bilim va texnologiyalardan foydalangan holda innovatsion usullar orqali oʻrganish; texnologiyalarning yaqinlashuvi, ta'lim sharoitlarini optimallashtirish; individual oʻquv maqsadlariga, mavjud bilim va koʻnikmalarga, ijtimoiy muhitga avtomatik moslashish kabilar kiradi . Oʻquvchilar uchun smart-muhit har bir oʻquvchi uchun individual ta'lim muhiti, amaliy yoʻnalish, bilim, koʻnikma va malakalarni rivojlantirishda mustaqillik - ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli moslashishga imkon beruvchi barcha omillar; uzluksiz ta'limning smart, fanlararo, talabalarga yoʻnaltirilgan ta'lim tizimlari (maktab, oliy oʻquv yurti, korporativ oʻqitish); moslashtirilgan oʻquv dasturlari, portfolio; hamkorlikda oʻqitish texnologiyalari; koʻp miqdordagi odatiy funktsiyalarni avtomatlashtirish; amaliyotchilarni oʻquv jarayoniga jalb qilish kabilar orqali ifodalanishi mumkin. “Smart” tushunchasi paydo boʻlishi bilan smart/interaktiv-doska (yozuv taxtasi), smart-ekranlar, internetga istalgan joydan kirish kabi tushunchalar ham ta’lim tizimiga kirib keldi. Bu tushunchalarning har biri ma’lumotlar tarkibini yangicha ishlab chiqish, etkazib berish va amaliyotga joriy qilish jarayonini qayta tuzishga imkon beradi .
Elektron ta'limning (e-learning) toʻplangan tajribasisiz smart-ta'lim kontseptsiyasini amalga oshirish ilojsiz. Smart-oʻqitish jarayoni zamirida axborot texnologiyalari, elektron va masofaviy ta’limning yutuqlari, yillar davomida orttirilgan qimmatli tajribalari yotadi. Smart-ta'lim texnologiyalarining asosiy vazifasi oʻquv jarayonida oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun yangi samaradorlikka erishish uchun sharoit yaratishdir. Ta’lim texnologiyalarining bu turini qoʻllash kompleks yondashuvni talab qiladi. Smart-ta'lim kontseptsiyasining rivojlanishi dunyodagi yangi texnologik paradigma rivojlanishiga toʻgʻri keladi. Soʻnggi yillarda, xususan, davom etayotgan pandemiya sharoitida dunyo miqyosida elektron va smart-ta’lim texnologiyalaridan fydalanishga talab keskin ortdi. Deyarli barcha mamlakatlar ta’lim jarayonini asosan axborot texnologiyalari orqali amalga oshirishi natijasida, oxirgi 2 yillik muddat ichida Oʻzbekistonda ham bu texnologiya avvalgi yillarga qaraganda misli koʻrilmagan darajada rivojlandi. Ta’lim oluvchilarning aksar qismini tashkil qiluvchi maktab oʻquvchilari ham elektron oʻqitish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Ta’lim texnologiyasining mazkur turi dunyoning istalgan nuqtasidan turib masofaviy ishlay olish imkoniyati bilan boshqalaridan yaqqol ustunlik qilmoqda. Bunda oʻquvchi qayerda boʻlishidan qat’iy nazar, kompyuter va internet ta’minoti bilan ta’lim jarayonida ishtirok eta oladi . Oʻrganish nafaqat sinfda, balki boshqa har qanday joyda: saylgoh yoki kafe kabi jamoat joylarida ham mumkin boʻladi. Ta’lim jarayonini bogʻlaydigan asosiy element - bu faol ta'lim mazmuni, uning asosida vaqt va makon ramkalarini olib tashlash imkonini beradigan yagona omborlar yaratishdir. Oʻqitishning yangi – smart texnologiyalari zamonaviy ta’lim tizimining ajralmas qismi boʻlib qoladi. U insoniyatga beqiyos imkoniyatlarni hadya etib, zamon va makon chegaralarini olib tashladi. Smart texnologiyalardan unumli foydalanish nafaqat maktab oʻquvchilari, talabalar, katta yoshli oʻrganuvchilar, balki kasbiy malaka oshiruvchilarni ham yangi bilimlarga boʻlgan qiziqishni kuchaytirishi kerak, shunda ular jahon hamjamiyatida muvaffaqiyatli muloqot qila oladilar, barcha talabalarni oʻzoʻzini tarbiyalash jarayoniga faol jalb qiladilar.


Download 34.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling