Мавзу: Ўсмирлар онгида этник хусусиятларни шакллантириш


Milliy mansublikning psixologik xususiyatlari


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/32
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#263254
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
osmirlar ongida etnik xususiyatlarni shakllantirish (1)

3.2 Milliy mansublikning psixologik xususiyatlari 

 

Milliy  ozodlik  uchun  kurashayotgan  millatda  milliy  ong  ezuvchi  millatga  nisbatan 



millatchilik  ko‘rinishida  namoyon  bo‘lishi  tabiiy  jarayon  hisoblanadi.  Zero,  milliy  o‘zini  o‘zi 

anglashning  dastlabki  bosqichlarida  o‘z  millatining  tarixi,  buyuk  shaxslari  bilan  faxrlanish,  uni 

ko‘klarga  ko‘tarish,  o‘z  yozuvchilari  bo‘lgan  millatga  qarama-qarshi  qo‘yish  tarzida  bo‘ladi.  Buni 

biz  barcha  milliy  ozodlik  harakatini  boshidan  kechirgan  xalqlar  tarixida  ko‘rishimiz  mumkin. 

Hususan,  XIX  asr  boshlarida  ijod  qilgan  Behbudiy,  Fitrat,  Cho‘lpon,  A.  Qodiriy,  Avloniy  kabi 

ijodkorlar  faoliyati  bunga  misol  bo‘la  oladi,  XX  asrning  80-yillar  oxiri  sobiq  Ittifoq  atalmish 

imperiyaning  qulashi    arafasida  buyuk  bobomiz  Amir  Temur  nomining  tiklanishi,  milliy  bayroq 

misoli  adlda ko‘tarilishi, shu bayroq ostida millatni birlashtirish uchun harakat qilinishi bejiz emas 

edi.  Buning  uchun  bobomiz,  hayoti  va  faoliyati,  qahramonlikliklari  xaqida  yozilgan  kitoblar  chop 

etila boshlandi. Tarixiy haqiqat tiklanib, uning jahon tarixidagi o‘rniga berilgan  baholar bilan millat 

tanishtirildi  millatning  egilgan  sha’ni,  g‘ururi  tiklana  boshlandi.  Alloma  bobolarimiz  Buxoriy, 

Yassaviy,  Naqshbandiy,  Najmiddin  Kubro,  Zamahshariy  kabilarning  nomlarini  xalqqa  kaytarilishi, 

ularning kitoblarini chop etilishi kabi jarayonlar millatning o‘zini o‘zi tanishini yuqoriroq bosqichga 

olib chiqdi. 

 

Afsuski, xozirgi  paytgacha, fanda individda o‘zining  etnik birlikka mansubligini 



anglash,  ya’ni  etnik  ong  necha  yoshdan  vujudga  kelishligi  va  bu  jarayon  qanday  bosqichlarda 

o‘tishligi aniqlanmagan. Shveysariyalik psixolog Jan Piaje ikki yuzga yaqin bolalarni muayyan 

vaqt  davomida  kuzatish  va  o‘rganish  orqali  ularda  xech  qanday  millatchilik  va  milliy 



 

34 


mansublikni  anglash  kabi  bilim  va  xususiyatlar  bo‘lmasligini,  ya’ni  bolalar  o‘zlarining  eng 

dastlabki  rivojlanish  bosqichlarida  “internatsional”    bo‘lishligi,  etnik  xususiyatlar  va  etnik  ong 

keyinchalik, ma’lum ta’lim-tarbiya va ijtimoiy muhit orqali shakllanishini aniqlagan. 

Bizning 


fikrimizcha, bolalar o‘zlarining u yoki bu etnik birlikka mansubliklarini, avvalo, ota-onalarining 

qaysi  etnik  birlikka  mansubliklarini  anglash  orqali  bilib  oladilar.    Ota-onalari  turli  millatga 

mansub  bo‘lgan  bolalar  ota-onalaridan  birining  millatini  qabul  qiladi.  Bu  esa  oila  yashayotgan 

mamlakatdagi  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy,  xuquqiy,  madaniy-maishiy  kabi  bir  qancha 

vaziyatlarga  bog‘liq  bo‘ladi.  Ko‘pincha  bunda  etnik  vaziyatlar,  ota-ona  mansub  bo‘lgan 

etnoslarning son nisbati ham muhim rol o‘ynaydi.  

Milliy  mansublikni  anglash,  insonning  butun  umri  davomida  saqlanib,  boshqa  yurtlarda 

yashayotganda  ham  unutilmaydi.  Aksincha,  o‘z  etnik  guruxini,  yurtini  sog‘inish,  qumsash 

sifatida namoyon bo‘ladi. Shahsning hulq-atvorlariga va boshqa ruxiy xususiyatlariga ta’sir etib 

turadi.    O‘smirlarda  hamkorlikka  intilish,  shaxslararo  o‘zaro  munosabatlarga  kirisha  olish, 

atrofdagilarni emotsional va ratsional tushuna olish, o‘zini o‘zi nazorat qila olish, sharoitga qarab 

xulq-atvorning adekvat tipini tanlay olish qobiliyatlarini rivojlantirish ularning millilika bo‘lgan  

moslashuvning  muvaffaqiyatli  kechishini  ta’minlaydi.O‘smirlik  yoshida  milliy  xususiyatlarni 

shakllantirish  va  ularga  nisbatan  munosabat  motivlarini  rivojlantirish  hamda  moslashuv 

jarayonining qiyin kechishi o‘zini o‘zi baholash tizimining pasayishiga, emotsional beqarorlikka, 

xavotirlanish  darajasining  yuqori  bo‘lishiga,  nizolarga  moyillikning  kuchayishiga  olib  keladi

Barqaror-ekstravert  va  beqaror-ekstravert  tipga  mansub  o‘smirlarda  moslashuv  darajasi 

yuqoriroq  ko‘rsatkichlarga  ega,  biroq  korrelyatsion  tahlil  ekstraversiya-introversiya 

ko‘rsatkichlari va moslashuv darajasi o‘rtasida ishonchli aloqadorlik mavjudligini ko‘rsatmadi.  


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling