Мавзу: Ўсмирлар онгида этник хусусиятларни шакллантириш
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
osmirlar ongida etnik xususiyatlarni shakllantirish (1)
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa.
Xulosa qilib aytganda, o‘smirlik yoshida rivojlanishning murakab jarayonlari yuz berishi, ulardagi xissiy emotsional xususiyatlarning yaqqol namoyn bo‘lishi yuqori bo‘lishi ularda barcha ijtimoiy xodisalarga nisbatan turli yondashuvlarni shakllantiriadi.Bu vaqtdagi to‘g‘ri ta’lim tarbiyani tashkil etish va ularga xar bir millatga xos xususiyatlarning qadr qimmatini tushuntirish muhim hisoblanadi. Bu jarayonlar biz o‘rgangan va taxlil qilgan xolatlar asosida o‘z isbotini topldi deb aytishimiz mumkin. Jamiyat doimiy taraqqiy etib boradigan ko‘p sonli jamoalarning sistemasi bo‘lib xizmat qiladi.Milliy mansublikni anglash, insonning butun umri davomida saqlanib boshqa yurtlarda yashayotganda ham unutilmaydi. Aksincha, o‘z etnik guruxini, yurtini, yurtini sog‘inish, qo‘msash sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxsning xulq - atvorlariga va boshqa ruxiy xususiyatlariga ta’sir etib turadi.
Bizning fikrimizcha, bolalar o‘zlarining u yoki bu etnik birlikka mansubliklarini, avvalo, ota-onalarining qaysi etnik birlikka mansubliklarini anglash orqali bilib oladilar. Ota- onalari turli millatga mansub bo‘lgan ota-onalardan birining qabul qiladi. Bu esa yashayotgan mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy -iktisodiy xuquqiy, madaniy -maishiy kabi bir qancha vaziyatlarga bog‘lik bo‘ladi.
35
Xulosa O‘smirlar ongiga etnik xususiyatlarini shakllantirishni aniqlashga qaratilgan tadqiqot natijalari nazarda tutilgan ilmiy farazlarni tasdiqladi. Olingan empirik ma’lumotlarni umumlashtirish va ularning natijalarini tahlil qilish quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi. 1. O‘smirlik yoshi murakkab bo‘lganligi ular ongida etnik xususiyatlarni shakllantirish va singdirishda ijtimoiy muxit va xayot turzining o‘rni alohida ahamiyatga egadir. Ayniqsa bu yoshga ta’sir etuvchi etnosdagi o‘ziga xos urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, etnopsixologik xususiyatlarni shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. 2. O‘smirlik yoshidagi krizislar va ularning zamonaviy taraqqiyot jarayonlarini taxlil qilishdagi va ta’lim tarbiyaning o‘ziga hosligi ularga nisbatan murakkabroq kechishi va asosan milliy urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar bilan bog‘liq xulq-atvor shakllarini o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar bilan xarakterlanishi aniqlandi. 3. Barqaror-ekstravert va beqaror-ekstravert tipga mansub o‘smirlarda milliy etnik xususiyatlarga nisbatan munosabati yuqoriroq ko‘rsatkichlarga ega, biroq korrelyatsion tahlil ekstraversiya-introversiya ko‘rsatkichlari va moslashuv darajasi o‘rtasida ishonchli aloqadorlik mavjudligini ko‘rsatmadi. Shuningdek, moslashuv jarayonining murakkabligi neyrotizm darajasining yuqori bo‘lishiga olib kelishi aniqlandi. 4. ma’naviy–ahloqiy tarbiya, ijtimoiy munosabatlari xarakteri, oila, maxalla, milliy urf odatlarga ijobiy munosabat motivlarining shaklanishi o‘smir ongida milliy g‘urur, milliy qadriyatlarni xurmat qilish va o‘z millatidan faxrldash tuyg‘ularini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi ma’lum bo‘ldi. 5. Etnik xususiyatlarning zamonaviylashuv darajasining ortishi bilan o‘ziga adekvat baho berish, atrofdagi kishilarni qabul qilish va ular bilan nizoga bormasdan me’yorni saqlashga intilish o‘smir yoshida alohida ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi. 6. O‘smirlarning o‘z “Men”ini yuqori qo‘yishi va atrofdagilarga tez ta’sirchanlikni ortishi ulardagi milliy etnik xususiyatlarni shakllanishi va moslashuv jarayonining qiyin kechishi o‘zini o‘zi baholash tizimining pasayishiga, emotsional beqarorlikka, xavotirlanish darajasining yuqori bo‘lishiga, nizolarga moyillikning kuchayishiga olib keladi. Fors mutafakkiri aytganidan, “Har bir millatni rivojlantirish va taraqqiy etishini hohlasang ularning qizlari va onalarini guzal hulq egalari va chiroyli nafosatli bo‘lishini ta’minlash zarur” . Bu hikmatli so‘zlar negizida bir millatning yaralishi va rivoji haiqda chuqur ma’no yotadi.
Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling