www. pedagog.uz,
39
IILOVALAR
MADANIY – QADRIYaTLAR YO‘NALGANLIGINI ANIKLASh TESTI
(Pochebut L.G. testi)
Etnopsixologik tadqiqotlar xalqning madaniyatini o‘rganishni ko‘zda tutadi. «Madaniyat»
tushunchasi ko‘p qirralidir. Ilmiy adabiyotlarda uning 150 dan ortiq ta’riflari mavjud. Madaniyat
etnosning hayot tarzini, qadriyatlarini, e’tiqodini, xulq me’yorlarini, muloqot uslubi va
boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Etnomadaniy farklar (tafovut)ni tadqiqot qilishda u yoki bu madaniyati sof turini aniqlash
juda qiyin, chunki xozirgi paytda aholi migratsiyasi tufayli moddiy va madaniy qadriyatlarning
almashuvi (sanoat asarlari, fan va texnika yutuqlari, ommabop tovarlar va boshqalar) natijasida
madaniyatlar orasida intensiv o‘zaro kirib ketish jarayoni bo‘lib utmokda.
Takdim qilinayotgan testning muallifi amerikalik psixolog Dj. Tausend. Madaniyat –
qadriyatlar yo‘nalganligini aniklash testi – bu o‘rganilayotgan madaniyatning tashkil topishi va
shakllanishining asosiy tendensiyalarini aniklash uchun muljallangandir.
Instruksiya. «Xar bir bo‘limda o‘z xalqingizni madaniyatini yo‘nalganligini tasvirlovchi
tasdiqni belgilashingizni so‘raymiz. Buning uchun oilangiz, maktab, din sizni nimalarga
o‘rgatganini eslashga xarakat qiling. Iltimos javob berish paytida zamonaviy qarashlaringiz, agar
sizga o‘rgatganlaridan farq qilsa, ularni inobatga olmang».
Do'stlaringiz bilan baham: