Мавзу: Ўсмирлар онгида этник хусусиятларни шакллантириш
Mening madaniyatimda odamlar o‘ylaydilarki
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
osmirlar ongida etnik xususiyatlarni shakllantirish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- An’anaviy madaniyat
- Zamonaviy madaniyat
- Dinamik turzda rivojlanayotgan madaniyat
5. Mening madaniyatimda odamlar o‘ylaydilarki,
a) mavjudlik hayot uchun yetarlidir b) shaxsning o‘sishi va rivojlanishi xayotnng eng muhim maqsadidir
v) amaliy faoliyat va mukammallikka erishish – eng yaxshi maqsad.
Test uchun uch turdagi madaniyatlar borligi haqida tasavvur asos kilib olingan. Birinchi tur – An’anaviy madaniyat (AnM) – insonlarni o‘tmishga yo‘nalganligi, urf- odat, an’analarga sodiqligi, tarixga qiziqishi bilan xarakterlanadi. Bu madaniyat kishilar uchun tabiat – borliq doimiy sir, ya’ni yechib bo‘lmas topishmokdir. Bu topishmokni yechish uchun ular intilmaydilar. Insonga ijtimoiy muxit ixtiyoridagi mavjudot deb qaraladi. Oilaviy aloqalarga, karindosh urug‘chilik munosabatlarining an’analarga, dinga katta ahamiyat beradilar. Bu turdagi
40
madaniyatda inson ichki ozodligiga yo‘l qo‘yilmaydi. Uning xatti-xarakatlariga, ishlariga xatto uy- fikrlariga ham jamiyat tomonidan qat’iy nazorat amalga oshiriladi. Qaror qabul qilish jarayoni jamoaning ishtirokida bo‘lib o‘tadi, lekin karor natijasida yoshi kattalar ixtiyorida. Inson faoliyati qattiq tartib (reglament)lashtirilgan. Ishdagi muvaffaqiyati va ishga bo‘lgan ijodiy munosabati uchun inson shu topda emas, balki bir-muncha vaqt o‘tgandan so‘ng rag‘batlantiriladi. Ikkinchi tur – Zamonaviy madaniyat (ZM) – insonlarni xozirga, xozirgi zamon vokealariga yo‘nalganligi bilan xarakterlanadi. Insonlar tabiat bilan hamoxang bo‘lishga, uni muxofaza qilishga intiladilar, uning ekalogiyasi bilan qiziqadilar. Inson tabiati qarama-qarshi xodisadek tushuniladi. Bu madaniyatning qadriyatlari inson munosabatlarida, uning xuquqlarida, qiziqishlariga, kobiliyatlarini rivojlantirishga, kashf etishi va mustaxkamlanishiga karatilgan. Insonlar o‘rtasidagi munosabatlar odatda rasmiylashtirilgan, ijtimoiy muxit va tizimdagi roli, tutgan o‘rni bilan aniqlangan. Do‘stona munosabatlar sekin yo‘lga kuyilib, ular chukurligi va bir- birlariga sadokati bilan ajralib turadi. Jamiyat insonlar xulk-atvorini ma’naviy, etnik me’yorlar va koidalar yordamida boshqarishga xarakat qiladilar. Shaxsiy karorlar qabul qilinayotganda mexnat jamoasi, oila, gurux ehtiyojlari, qiziqishlari, kelajakdagi rejalari inobatga olinadi. O‘z faoliyatining natijalari uchun inson asosan moddiy emas, balki ma’naviy rag‘bat (shon-shuxrat, xurmatga sazovor bo‘lish, yutuklarga erishish) olishga xarakat kiladi. Uchinchi tur – Dinamik turzda rivojlanayotgan madaniyat (DRM) – insonlar kelajakka, ulkan natijalarga erishishga yo‘nalganligi bilan xarakterlanadi. Kishilar kiska rejalar tuzib so‘ng imkoni boricha ularni tezroq amalga oshirishga xarakat kiladilar. Bu madaniyat kishilari uchun «Vakt-bu pul» demakdir. Ular uchun tabiat – jumbok emas. Modomiki hayot – tez va samarali xal kilinishi zarur bo‘lgan muammodir, shuning uchun tabiat insonga buysunishi kerak. Tabiatning hamma sirlari ochilishi, uning rivojlanishi qonunlari o‘rganilgan va bayon qilingan bo‘lishi kerak. Insonning burchi tabiatni boshqarishdan iboratdir. Inson – bu erksevar mavjudot. Individallik, mustakillik, ijtimoiy muxitdan avtonomlik tarbiyalanadi. Karor kabul kilinishi mustakil tarzda o‘tadi. Individual qiziqish va kiymatlarning mohiyati tan olinadi. Mulokotda odamlar samimiy va sofdildir, bunda ular ierarxiyaga emas, balki rolli munosabatlarni tengligiga intiladilar. Jamiyatda uning xar bir aozosi rivojlanishi uchun teng imkoniyatlar yaratish – bu ijtimoiy tan olingan qadriyatdir. Jamatchilik nazoratining asosini belgilab beruvchi axlok emas, balki qonunchilik, jazodan bosh tortmaslik va moddiy rag‘batlantirishning majburiyligidir. Bu madaniyat kishilarining dikkat xizmat vazifalari va ishlariga karatilgan. Inson tez-tez ongli ravishda o‘zini xizmat, yutuq, progress, moddiy tukislik uchun fido kiladi. Samarali faoliyat birinchi navbatda tez moddiy ragbatlantirishni ko‘zda tutadi.
Testga matematik ishlov berish kiyin emas va bulimlar buyicha respondentlarning javoblarini aniklash kuzda tutiladi. Buning asosida o‘rganilayotgan madaniyat 3 turidan biriga ta’luqli tendensiyasi haqida xulosa qilinadi. Ommaviy surovnoma o‘tkazish paytida ishonchli va reprezentiv ma’lumotlar olish mumkin. K A L I T Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling