Мавзу: Ўсмирларда оилавий қадриятлар ҳАҚидаги тасаввурларни шакллантиришнинг ижтимоий психологик хусусиятлари
yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas... O’zbeklarning aksariyati
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
osmirlarda oilaviy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari.
yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas... O’zbeklarning aksariyati
o’zining shaxsiy farovonligi to’g’risida emas, balki oilasining qarindosh- urug’lari va yaqin odamlarning, qo’shnilarining omon-esonligi to’g’risida g’amxo’rlik qilishni birinchi o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”,- deb ta’kidlaganlar. Jamiyatimizning keyingi davridagi o’zgarishlar tufayli milliy an’analarni asrab qolish muammolari bir-biri bilan chigal tugun xosil qildi. Bu muammolarning har biriga juda katta e’tibor berish lozim. Har birining ortida tirik odamlar, butun-butun millatlarning taqdiri turibdi. Shuning uchun ham xalqlarning o’zligini anglab, milliy qadriyatlarni chuqurroq xis qila boshlaganligi sharoitida kishilarning an’anaviy urf-odatlari va qarashlarida aks etgan, tarixiy o’tmishning yangi saxifalarini ochishga imkon beradigan an’anaviy turmush madaniyatini o’rganish eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. O’tmishdan bizning zamonamizgacha saqlanib kelinayotgan an’anaviy milliy udumlarni batafsil tadqiq qilish ularning shakllanishi va turmushda saqlanib qolishi qonuniyatlarini aniqlashga, bu esa ularning hozirgi hayotimiz uchun zarur tomonlarini tiklash va rivojlantirishga yordam beradi.
Mustaqil davlatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari kundan-kunga O’zbekistonning buyuk kelajagiga ishonch, yurt tinchligi, Vatan farovonligiga aloqador muqaddas tushunchalarning moxiyatini anglash, milliy an’analar, urf- odat, kadriyatlar tushunchalarini yosh avlod qalbiga singdirish vazifalarini dolzarb mavzu sifatida ilgari surmoqda. Shu bois milliy qadriyatlar-an’ana va udumlar muxim ijtimoiy masala sifatida e’tirof etilayotgan bugungi kunda milliy qadriyatlarni yosh avlod ongi, tafakkuri, dunyoqarashiga singdirish tizimini tartibga solish ushbu ishning bosh muammosi hisoblanadi.
5 Norimov Zafar tomonidan yozilgan ushbu malakaviy bitiruv ishi uch bob, olti paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning birinchi bobi O’smir shaxsining shakllanishida oilaviy qadriyatlarning o’rni masalalarining ilmiy tadqiq etilganligi holati deb nomlangan bo’lib unda sharq mutafakkirlarining milliy qadriyatlar haqidagi qarashlari, oila va farzand masalalarining ilmiy tadqiq etilganligi va shaxs etnopsixologik xususiyatlarini o’rganish bo’yicha olib borilgan izlanishlar keltirib o’tilgan. Ishning ikkinchi bobida Oilaviy qadriyatlar va uning etnopsixologik imkoniyatlari deb nomlanib o’zbek halqiga xos xarakterli xususiyatlar va ularning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar va milliy an’ana, urf odatlar qadriyatlarning o’smir shaxsi tarbiyasidagi psixologik mexanezmlari bayon etilgan. Ishning uchinchi bobida O’smir shaxsi shakllanishida oilaviy qadriyatlarni empirik jihatdan o’rganish natijalari va unda qo’llanilgan metodlar va metodikalarning qisqacha tavsifi va olingan natijalar tahlili ta’kidlab o’tilgan. Xulosa qismida har uchala bob haqida talaba mavzu bo’yicha o’z fikr mulohazalarni yaxshi bayon qilgan. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib Norimov Zafarning mazkur malakaviy bitiruv ishini ijobiy baholayman va uni himoyaga tavsiya etaman.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling