Мавзу: Ўсмирларда оилавий қадриятлар ҳАҚидаги тасаввурларни шакллантиришнинг ижтимоий психологик хусусиятлари


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/41
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#247701
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
osmirlarda oilaviy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



 



Kirish 

 Mavzuning  dolzarbligi.    Madaniy-ma’naviy  merosimiz,  asriy  an’analar-

o’tmishdan,  avlod-ajdodlarimizdan  bizlarga  yetib  kelgan,  bugungi  hayotimiz 

uchun  xizmat  qilayotgan  eng  katta  ma’naviy  boylik,  buyuk  xazinadir.  “Bu 



Xazina  insonga  hayotda  baqarorlik  bag’ishlaydi,  uning  qarashlari 

shunchaki  boylik  orttirish  yo’lida  kun  ko’rishga  yo’l  qo’ymaydi,  fojialar 

vaqtida  omon  saqlab  qoladi  va  moddiy  qiyinchilik  kunlarida  irodani 

mustahkamlaydi”. 

O’zbekistonda  mustaqillikning  dastlabki  yillaridan  boshlab  ma’naviyat 

masalalariga,  uning  yoshlarda  shakllanishi  va  rivojlanish  muammosiga  ulkan 

ahamiyat  berib  kelinmoqda.  Ma’naviyatni  yuksaltirish  mamlakatimizda  davlat 

siyosati darajasiga ko’tarildi. 

    Respublikamiz  Prezidenti  I  Karimovning  ma’naviyat  masalalari  bo’yicha 

qator Farmonlari chiqishi va Qarorlari qabul qilinishi, mamlakatimizda Ma’naviyat 

va  ma’rifat  kengashi  tuzilishi,  Ma’naviyat  targ’ibot  Markazi,  Milliy  g’oya  va 

mafkura  ilmiy-amaliy  markazi  va  ularning  joylardagi  bo’linmalari  tashkil  etilishi 

va  faol  ishlab  turishi,  mamlakatimizda  falsafa,  madaniyatshunoslik,  ma’naviyat 

asoslari, 

pedagogika 

singari 

fanlar 


mutaxassislari 

tomonidan 

yuzlab 

monografiyalar,  risolalar,  maqolalar  tayyorlanayotgani  va  chop  etilayotgani,  shu 

fanlar 

bo’yicha  ma’naviyat  mavzusiga  aloqador  o’nlab  dissertasiyalar 

tayyorlanayotgani 

mamlakatimizda 

ma’naviyat  masalalariga  berilayotgan 

e’tiborning ko’lamidan dalolat beradi. Ayni paytda psixologiya fanida ma’naviyat 

masalalariga bag’ishlab tayyorlangan va chop etilgan monografiya va risolalarning 

juda  ham  kam  ekanligi,  ishlarning  deyarli  yo’qligi  ko’zga  tashlanadi.  Holbuki, 

ma’naviyat  va  uning  shakllanishidagi  psixologik  jihatlarni  tadqiq  qilish  boshqa 

fanlarda  olib  borilayotgan  tadqiqotlar  va  mamlakatimizda  shu  sohada  olib 

borilayotgan  amaliy  ishlarning  samaradorligini  oshirishga  jiddiy  turtki  berishi 

mumkin. 


Mamlakatimizda  barpo  etilayotgan  fuqarolik  jamiyati  ma’naviy  barkamol, 

ruhan yetuk shaxslar jamiyati bo’lishi ham mavzuning dolzarbligini ko’rsatadigan 

omillardan  biridir.    Mavzuning  dolzarbligini  belgilaydigan  yana  bir  muhim  jihat 

shundaki,  bizning  jamiyatimizga  yot  bo’lgan  kuchlar:  terroristlar,  diniy 

aqidaparastlar  va  boshqa  buzg’unchi  g’oyalarni  tashuvchilar  asosiy  e’tiborni 

o’smirlar  va  yoshlarni  o’z  tomonlariga  ag’darib  olishga  harakat  qilmoqdalar. 

Ma’naviyatga  qilingan  tahdid  mamlakatni  inqirozga  olib  kelishi  mumkin.  Bu 

haqda Prezident I.Karimov shunday yozadi: “Nega deganda, insoniyatning ko’p 




Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling