Мавзу: Ўсмирларда оилавий қадриятлар ҳАҚидаги тасаввурларни шакллантиришнинг ижтимоий психологик хусусиятлари
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
osmirlarda oilaviy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiy nomidagi SamDU Pedagogika fakulteti «5310200
- TAQRIZ
SamDU
psixologiya kafedrasi dotsenti A. Saidov 6
Psixologiya» yo`nalishi bitiruvchi kurs talabasi Norimov Zafarning « O’smirlarda oilaviy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarni shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari » mavzusiga TAQRIZ Ma’naviyat yo’q joyda taraqqiyot ham, baxtsaodat ham kelajak ham bo’lmaydi. Ma’lumki, har bir jamiyatda kelajak taqdiri navqiron avlodlar qo’lida bo’lganidek, har bir xalqning ma’naviy va madaniy kamolot darajasi, eng avvalo, yoshlar tarbiyasida ko’rinadi. Istiqbolini o’ylagan har qanday ma’naviyati va madaniyati qanday shakllanishi to’g’risida g’amxo’rlik qiladi.
Istiklol tufayli odamlarning uz takdirlarini uzlari erkin belgilash imkoniyatlariga keng yo’l ochildi. Shu yunalishda odamlarning individual ravishda kamolotga, farovonlikka, tukinlikka intilish xususiyatlari ham ravshan namoyon bula boshladi. Ma’naviyati yuksak, odobaxloqli, ma’rifatli, madaniyatli kishilargina elim, yurtim deb yashaydi, birovlarga himmatmuruvvat ko’rsatishni, yordamga muhtoj kishilarga ko’mak berish va to’g’ri yo’l ko’rsatishni o’zi uchun baxt deb biladi. Yuksak madaniyat sohibi bo’lgan insonlar boshiga mushkul ish tushgan kishining mushkulini oson qiladi, dardiga malham bo’ladi, hojatini chiqaradi, yetimyesirlarni parvarish qiladi. Ma’naviyatli, ma’rifatli kishilarda milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’usi, oriyat kuchli bo’ladi. Ana shunday fazilatlarga ega bo’lgan kishilar o’z millati, elulusi manfaati sharafini himoya qilishni o’zi uchun shonsharaf deb biladi. Vataniga xavf tug’ilsa, uning ximoyasi yo’lida moldunyosini, jonu jahonni ayamaydi, fidoiylik va qahramonlik namunalarini ko’rsatadi. Ma’naviy barkamol bo’lgan odamlar birovlar orqasidan ginaxonlik qilmaydi, gap tashimaydi, fisqu fasad, bo’htonga nisbatan murosasiz bo’ladi, mahalliychilikka yo’l qo’ymaydi, guruhbozlikka, millat ajratishlarga qarshi astoydil kurashadi, milliy birdamlik, milliy hamkorlik va milliy hamjihatlik, o’zaro do’stlikni qaror toptirish va mustahkamlash yo’lida tinmay harakat qiladi. Umuminsoniy kadriyatlar barcha xalqlar xayot tarzi asosida yaratilgan va umumbashariy harakterga ega bo’lgan kadriyatlardir. O’zbekistonning demokratik jamiyat kurish harakatlari: erkinlik, tenglik, ijtimoiy xakikat, ijtimoiy adolat, konun ustivorligi singari umumbashariy tamoyillarga bo’lganextiyojini yanada oshiradi. Norimov Zafar tomonidan yozilgan ushbu malakaviy bitiruv ishi uch bob, olti paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning birinchi bobi O’smir shaxsining shakllanishida oilaviy qadriyatlarning o’rni masalalarining ilmiy tadqiq etilganligi holati deb nomlangan bo’lib unda sharq mutafakkirlarining milliy qadriyatlar haqidagi qarashlari, oila va farzand masalalarining ilmiy tadqiq etilganligi va shaxs etnopsixologik xususiyatlarini o’rganish bo’yicha olib borilgan izlanishlar keltirib o’tilgan. 7 Ishning ikkinchi bobida Oilaviy qadriyatlar va uning etnopsixologik imkoniyatlari deb nomlanib o’zbek halqiga xos xarakterli xususiyatlar va ularning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar va milliy an’ana, urf odatlar qadriyatlarning o’smir shaxsi tarbiyasidagi psixologik mexanezmlari bayon etilgan. Ishning uchinchi bobida O’smir shaxsi shakllanishida oilaviy qadriyatlarni empirik jihatdan o’rganish natijalari va unda qo’llanilgan metodlar va metodikalarning qisqacha tavsifi va olingan natijalar tahlili ta’kidlab o’tilgan. Xulosa qismida har uchala bob haqida talaba mavzu bo’yicha o’z fikr mulohazalarni yaxshi bayon qilgan.
Umuman olganda mazkur malakaviy bitiruv ishi mavzuga mos ravishda mazmunli qilib yoritilgan. Ishni himoyaga tavsiya etaman. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling