Harakat tadqiqotlarini o'tkazish
Bolalar uchun ta'lim xizmatlarini takomillashtirish uchun o'qituvchilar maktabdagi bolalar faoliyatini muntazam ravishda o'rganib, so`ngra ma'lumotlarning talqini asosida o'z strategiyalarini qayta ko'rib chiqishlari mumkin. Bizning boshlang'ich amaliy ishimizda Abdulla maktabida o`quvchilar davomatini yaxshilashga doir siyosatini baholash va takomillashtirish maqsadida tadqiqotlar o'tkazdi. Harakat tadqiqotlari deb nomlanuvchi bunday mahalliy yo'naltirilgan tadqiqotlar ko'plab shakllarga ega. Bunga yangi o'qitish texnikasi samaradorligini baholash, maktab miqyosidagi masala bo'yicha o'spirinlarning fikrlari to'g'risida ma'lumot to'plash va ma'lum bir bola haqida chuqur amaliy tadqiqotlar o'tkazish kabilar kiradi.
Harakat tadqiqotlari - bu o'qituvchi yoki boshqa amaliyotchi tomonidan muammo yoki muammoli vaziyatlarni bartaraf etib, samarali natijalarga erishish maqsadidagi muntazam o'rganish.
Harakat tadqiqotlari quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:
1. Fokus yo'nalishini aniqlang. O'qituvchi-tadqiqotchi faoliyati muammodan boshlanadi va vaziyatga oydinlik kiritishi mumkin bo'lgan dastlabki ma'lumotlarni to'playdi. Odatda bu tegishli muammolarni tadqiq qilish uchun ilmiy-tadqiqot adabiyotlarni o'rganishni va ehtimol Internetda daxldor masalalarni ko`proq kuzatishni yoki hamkasblar va talabalarning norasmiy intervyularini o'tkazishni o'z ichiga oladi. Keyin u bir yoki bir nechta tadqiqot savollarini aniqlaydi va ushbu savollarga javob berish uchun tadqiqot rejasini (ma'lumotlar yig'ish texnikasi, zarur manbalar, jadval va h.k) ishlab chiqadi. Shu nuqtada o'qituvchi ilmiy etika bo'yicha rahbarlardan va mutaxassislardan ko'rsatma so'raydi va natijada tadqiqotda ko'rib chiqilayotgan vaziyatni qanday yaxshilashi mumkinligini o'ylaydi.
2. Ma'lumotlarni to'plash. O'qituvchi-tadqiqotchi tadqiqot savollariga mos ma'lumotlarni to'playdi. Bunday ma'lumotlarni so'rovnomalar, suhbatlar, kuzatuvlar, bolalar jurnallari, portfellari yoki mavjud yozuvlardan (masalan, maktabga qatnashish tartibi, intizom muammolari bo`icha tegishli qaydlar, ko'ngillilarning maktab loyihalariga sarflagan soatlari)dan olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |