mavzu soat juftlik Bolalar va o‘spirinlarni tushunish uchun tadqiqotlardan foydalanish
Download 464 Kb.
|
Rivojlanish 2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzatuv
- Tasavvurlarni organish
- 2.1. Ilmiy tadqiqot tamoyillari
- Axloqiy qoidalarga amal qilish
Asosiy tayanch iboralar
Ilmiy uslub (scientific method) Namuna (sample) Biografik usul (self-report) Suhbat (interview) So’rovnoma (questionnaire) Test (test) Baholash (assessment) Psixologik o'lchov (physiological measure) Odatlanish (habituation) Kuzatuv (observation) Ishonchlilik (reliability) Eksperimental o'rganish (experimental study) Nazorat guruhi (control group) Kvazi-eksperimental o'rganish (quasi-experimental study) O'zaro bog'liqlik (correlation) Korrelyatsion o'rganish (correlational study) Tasavvurlarni o'rganish (cross-sectional study) Uzunlamasına o'rganish (longitudinal study) Etnografiya (ethnography) Amaliy tadqiq (case study) Asosli nazariyani o'rganish (grounded theory study) Madaniy tarafkashlik (cultural bias) Harakat tadqiqotlari (action research) 2.1. Ilmiy tadqiqot tamoyillari Bolalarning rivojlanishi haqidagi bilimlarga hissa qo'shish uchun tadqiqotchilar uchta asosiy tamoyilga amal qilishlari kerak. Avvalo, ular qat'iy axloqiy qoidalarga rioya qilishlari, ikkinchidan, ilmiy uslubning bosqichlarini bajarishlari, va nihoyat, kerakli ma'lumotlarni taqdim eta oladigan bolalar va o'spirinlarni tanlashlari kerak. Ushbu tamoyillarning har birini o'z navbatida ko'rib chiqamiz. Axloqiy qoidalarga amal qilish Tadqiqotchilar uchun eng muhim tashvish shundaki, ular tadqiqotlarni odob-axloq qoidalariga amal qilgan holda olib borishadi. Bolalar huquqlarini himoya qilish uchun tadqiqotchilar quyidagi axloqiy me'yorlarga rioya qiladilar: Zarar yetkazmaslik. Tadqiqotchilar bolalarning tinch va osoyishtaligini ma'lumot olish istaklaridan ustun qo'yishlari kerak. Ular bolalarda stress, xijolat bo`lish yoki og'riq keltiradigan holatlarni keltirib chiqarmasliklari shart. Rahbariyatdan tasdiq olish. Bolalardan ma'lumot to'plashdan oldin tadqiqotchilar o'zlarining universitetlarida, maktablarda yoki boshqa tashkilotlarda tadqiqot o`tkazish bo'yicha vakolatli organlardan ruxsat olishlari kerak. Tadqiqotchilar ilgari surayotgan takliflarida bolalar taqdim etadigan ma'lumotlarning turlari, bolalar duch kelishi mumkin bo'lgan har qanday xavf va inqirozlar, xatarlarni minimal darajada kamaytirish rejalari to'g'risida ma`lumotlar beradi. Ishtirokchilar va ularning oilalaridan rozilik olish. Ma'lumot to'plashdan oldin tadqiqotchilar ota-onalar va bolalarga rejalashtirilgan tadqiqotning maqsadi, o`tkazilish tartibi, tadqiqotning mazmuni va mohiyati haqida tushuntirib berishi va bolalarning tadqiqotda ishtirok etishlari uchun yozma yoki og`zaki ruxsat olishi kerak. Ba`zan tadqiqotchilar bolalarning odatiy faoliyatiga halaqit bermaydilar. Masalan, agar parkda bolalarning o'zaro o'yinlarini kuzatish rejalashtirilsa, bolalardan rozilik talab etilmaydi. Bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlash. Tadqiqotchilar ma'lum bir bolani ajratib ko'rsatganda, ular bolani soxta ism bilan ataydilar va identifikator ma'lumotlarini yashiradilar. Bu esa xavfsizlik nuqtai nazaridan to`g`ri. Ochiq muloqot qilish. Bolalar tekshiruvda foydalaniladigan ma'lumotlarni taqdim etgandan so'ng tadqiqotchilar bolalar yoki ota-onalarda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan barcha savollarga javob berishadi. Download 464 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling