mavzu soat juftlik Bolalar va o‘spirinlarni tushunish uchun tadqiqotlardan foydalanish


yoshli Kamolaga nima uchun dengiz chig`anoqlarini aynan shunday guruhlashtirganligi to'g'risida savollar beradi. Suhbatdosh munozarani shu tarzda boshlaydi


Download 464 Kb.
bet5/25
Sana07.04.2023
Hajmi464 Kb.
#1337012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Rivojlanish 2-mavzu

12 yoshli Kamolaga nima uchun dengiz chig`anoqlarini aynan shunday guruhlashtirganligi to'g'risida savollar beradi. Suhbatdosh munozarani shu tarzda boshlaydi:
Suhbatdosh: Yaxshi. Siz chig`anoqlarni nima uchun guruhlarga bo`ldingiz?
Kamola: Mm, ular bir-biriga juda o'xshash edi.
Suhbatdosh: Qanday chig'anoqlarni qayerga qo'yishni qanday hal qildingiz?
Kamola: Xm, men ularga qaradim va ularni har tomondan yana kuzatdim. Shundan so`ng bir-biriga eng yaqin o`xshaydiganlarini birga qo`ydim.
Suhbatdosh: Yaxshi. Xo'sh, ularni birlashtirganingizda nimani qidirdingiz?
Kamola: Xm...
Shu paytgacha Kamola o'zining mulohazalarini juda umumiy tarzda bayon qilardi. Suhbatdoshdan bir nechta savol va ma'lumot so'ralgandan so'ng, Kamola quyidagilarni batafsil bayon qildi:
Suhbatdosh: Nega ular bu guruhda?
Kamola: Xm, chunki ular bir xil ko'rinishga ega.
Suhbatdosh: Yaxshi. Ular boshqalaridan nimasi bilan farq qiladi?
Kamola: Ular boshqalarga qaraganda yumshoqroq.
Suhbatdosh: Oh, yaxshi. Endi menga narigi burchakda turganlari haqida gapirib bering.
Kamola: Ular bulardan kichikroq edi, shuning uchun ularni birlashtirdim. Va ularning ikkalasi ham deyarli boshqalari kabi umumiy ko`rinishlarga ega edi.
Suhbatdosh: Nimaga o'xshaydi?
Kamola: Shunga o'xshab, hammasining tepasida konus bor edi.
Tadqiqotchilar suhbat metodi orqali odatda respondentlar bilan yuzma-yuz muloqot o'tkazadilar, bu esa o'zaro aloqa o'rnatishga va bolalarning yuz ifodalarini o'qish imkonini beradi. Ba`zida vaqti-vaqti bilan yoshlar bilan telefon orqali savol-javob qiladi, bu esa sayohat xarajatlarini kamaytiradi va mavzu bo'yicha yuzma-yuz suhbatlashishdan qochishi mumkin bo'lgan ishtirokchilarni jalb qiladi.
Tadqiqotchilar ko'plab ishtirokchilarning javoblarini to'plashda anketalardan foydalanadi. Anketalarni to`ldirishda respondentlar odatda savollarni o'qib, his-tuyg'ularini, qarashlarini yoki harakatlarini ifoda etadigan javob variantlarni tanlaydilar. O'smirlarning motivatsiyasini o'rganishga yo`naltirilgan tadqiqotlar natijasida ularning motivatsion e'tiqodlari o'rta maktabda tanlagan kurslari va erishgan yutuqlari darajasiga bog'liq ekanligi ayon bo`ldi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling