mavzu soat juftlik Bolalar va o‘spirinlarni tushunish uchun tadqiqotlardan foydalanish


So'rovnoma - bu shaxsiy ma`lumotlar yoki fikrlar, qarashlar haqidagi ma`lumotlarni yig'ish texnikasi


Download 464 Kb.
bet6/25
Sana07.04.2023
Hajmi464 Kb.
#1337012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Rivojlanish 2-mavzu

So'rovnoma - bu shaxsiy ma`lumotlar yoki fikrlar, qarashlar haqidagi ma`lumotlarni yig'ish texnikasi

Ko'pgina anketalarga bolalar qog'ozda qalam yoki ruchka yordamida, ba'zi hollarda kompyuterda yoki eshitish vositasi orqali savollarni tinglab, javob berishlari mumkin bo`ladi.
Biografik metod o'sib borayotgan yoshlarning fikrlari va xatti-harakatlari to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishga imkon beradi.
Fiziologik tadbirlar
Bolalarning jismoniy rivojlanishini bilish uchun tadqiqotchilar tez-tez fiziologik tadbirlarga murojaat qiladi: yurak tezligi, gormonlar darajasi, suyak o'sishi, miya faoliyati, ko'z harakati, tana vazni va o'pkaning qobiliyati kabilar bolalar fiziologiyasidagi asosiy e`tiborli jihatlardir. Fiziologik tadbirlar bolalarning sog'lig'i, hissiy holatlari va jismoniy o'sishi haqida qimmatli ma'lumotlarni beradi.

  • Fiziologik o'lchov - bu jismoniy rivojlanish yoki fiziologik faoliyatni bevosita baholashdir

Bundan tashqari, fiziologik chora-tadbirlar chaqaloqlarning kognitiv rivojlanishi haqidagi bilimimizda sezilarli yutuqlarga imkon berdi. Tadqiqotchilar chaqaloqlarning tanish va noma'lum ogohlantirishlarga turli xil munosabatda bo'lish tendensiyasidan foydalanib, chaqaloqlarning diqqat-e'tibori, idroki va xotirasi haqida ko'p narsalarni bilib oldilar. Agar go'daklarga bir xil buyum yoki naqsh takror-takror ko'rsatilsa, ular unga odatlanib, qiziqishni yo'qotadi. Bu holat odatlanish deb ataladi.

  • Odatlanish - bu bolalar fiziologik reaksiyalaridagi o'zgarishlar bo`lib, takrorlanishi qiziqishlarni yo'qolishiga olib keladigan jarayon hisoblanadi

Yangi tibbiy texnologiyalar ham miya rivojlanishi haqidagi tushunchalarimizni yaxshiladi. Hayvonlarni tadqiq qilish, bolalik davrida vafot etgan odamlarning miyasini tahlil qilish va tirik bolalar bilan xavfsiz ravishda amalga oshiriladigan yangi texnologiyalar orqali biz rivojlanishning ajoyib naqshlarini bilib oldik. Ushbu usullarning oxirgi misoli bu miyaning turli qismlarining o'zgaruvchan magnit zichligini o'lchaydigan magnit-rezonans tomografiya (MRT) hisoblanadi.

Fiziologik tadbirlarning afzalligi bolalar tanasi va miyasining qanday ishlashini aniq ko'rsatib bersa, ular beradigan ma'lumotlarning ma'nosi har doim ham aniq emasligi kamchiligi sanaladi.
Kuzatishlar
Tadqiqotchilar yoshlarning xatti-harakatlarini diqqat bilan kuzatib borganida tekshruvlar o'tkazadilar. Agar kuzatishlar uzoq vaqt davomidagi intervyular, testlar va boshqa ma'lumotlar bilan to'ldirilganda bolalar hayotining boy lavhalarini taqdim etadi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling