mavzu soat juftlik Oila, madaniyat va jamiyat
Download 304 Kb.
|
Rivojlanish 3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oz-ozini boshqarish
- Boshqariladigan ishtirok
- Ijtimoiy-iqtisodiy holat
Asosiy tayanch iboralar
Asosiy tushunchalar Oila (family) Ijtimoiylashuv (socialization) Individualistik madaniyat (individualistic culture) Kollektivistik madaniyat (collectivistic culture) Jamiyat (community) Oila tarkibi (family structure) O'gay oila (stepfamily) O'z-o'zini boshqarish (self-regulation) Ota-ona uslubi (parenting style) Nufuzli ota-ona uslubi (authoritative parenting style) Avtoritar ota-ona uslubi (authoritarian parenting style) Ota-onalarning ruxsat etilgan uslubi (permissive parenting style) Jalb qilinmagan ota-ona uslubi (uninvolved parenting style) Boshqariladigan ishtirok (guided participation) Bolaga yomon munosabatda bo'lish (child maltreatment) Millati (ethnicity) Akkulturatsiya (accultration) Assimilyatsiya (assimilation) Rad etish (rejection) Tanlov asosida qabul qilish (selective adoption) Ikki madaniyatli yo'nalish (bicultural orientation) Ijtimoiy-iqtisodiy holat (SES) (socioeconomic status) Chidamlilik (resilience) Jamoatchilik hissi (sense of community) 3.1. Bolalar rivojlanishi va ijtimoiy institutlar Bola rivojlanishining beshiklari. Baxtli va sog'lom bolalik oilalardagi mehr-oqibatga, samimiy munosabatlarga, milliy urf-odat va an'analar bilan muntazam tanishishga va ahil jamoada istiqomat qilishga bog'liq. Bioekologik model va tegishli rivojlanish nazariyalari quyidagi uchta o'zaro aloqadorlikdagi kontekstning ta'sirida rivojlanadi. Oila Oila ikki yoki undan ortiq kishidan iborat. Oila a`zolari birgalikda yashaydilar va tug'ilish, turmush qurish, farzandlikka olish yoki uzoq muddatli o'zaro majburiyatlarni bajarish kabi hayotbaxsh amallarni bajaradilar. Bolali oilalarda odatda bir yoki ikkita kattalar (ko'pincha ota-onalar) oila boshlig'i sanaladi va ko'p yillar davomida bolalarga g'amxo'rlik qiladi. Oila boshliqlari bolalar ustidan vakolatni amalga oshiradilar va ularning farovonligi uchun javobgarlikni o'z zimmalariga oladilar. Bioekologik modelga ko'ra har bir bola o'z sog'lig'i, ta'limi va farovonligi uchun kamida bitta kattalarga muhtoj. Odatda, oila a'zolari bolaning ko'p ehtiyojlarini qondirish uchun kerakli g`amxo`rlikni amalga oshiradi. Bolalarga g'amxo'rlik tug'ilishdan oldin, ya`ni ota-onalar kelajakda sog'lom homilador bo'lish imkoniyatlarini oshirish uchun himoya choralarini ko'rishdan boshlanadi. Tug'ilgandan keyin amaliy parvarishlar go'daklar uchun ota-onalar bilan yaqin aloqalarni o'rnatish, dunyoni o'rganish va oiladan tashqaridagi odamlar bilan uyg'un munosabatlarni rivojlantirishga imkon beradi. Shu narsa ahamiyatliki, oila a'zolari bolalarning ijtimoiylashuvida asosiy vositadir. Ya'ni, ba'zi bir xatti-harakatlar va e'tiqodlarni rag'batlantirish orqali ota-onalar va boshqa oila a'zolari bolalarga o'z jamiyatlari munosib deb biladigan yo'llarda harakat qilishlari va fikrlashlariga yordam berishadi. Oila boshliqlari turli vaziyatlarda o'zini tutishning to'g'ri usullarini o'rgatadi va shunga odatlantiradi, muayyan xatti-harakatlarni mukofotlasa, ayrimlarini jazolaydi. Download 304 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling