mavzu soat juftlik Oila, madaniyat va jamiyat


Donishmandlar oila haqida


Download 304 Kb.
bet8/24
Sana14.03.2023
Hajmi304 Kb.
#1268508
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
Rivojlanish 3-mavzu

Donishmandlar oila haqida
Buyuk qomusiy manbalar va allomalarning asarlarida oila haqidagi fikrlar mavjud. Jumladan, islom dinining muqaddas manbalari – “Qur`oni karim” va “Hadisi sharif”da oila, oilaviy munosabatlarga oid qarashlar o`z ifodasini topgan. “Qur`oni karim”da: “Xotinlaringiz ziyoratgohingizdir” deyiladi. Buning ma`nosi oila qurishdan asosiy ko`zlangan maqsad – farzand ko`rish, ularning komil insonlar bo`lib voyaga yetishlarini ta`minlash ekanligidir. Shuningdek, islom ma`naviyatida oilani halol, pok saqlash, erkak va ayolning bir-biriga bo`lgan sadoqati, maishiy buzuqlikning katta gunoh ekanligi takror-takror uqtiriladi. Oila qurish balog`atga yetgan har bir yigit-qiz uchun hayotiy zarurat bo`lib, ularning o`zaro ahdu-paymoni asosidagi ijtimoiy birlik sifatida namoyon bo`ladi. Oilaning mustahkamligi oila a`zolarining totuvligi, er-xotinning oila yuritish ko`nikma va malakalariga egalik darajasiga bog`liq.
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan bo’lib kelgan. Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruny, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshqariy, Kaykovus, Alisher Navoiy, Bobur, Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdulla Avloniy kabi ko’plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o’zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e`tabor berilgan.
Sharq mutafakkirlarining barchasini g’oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo’lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo’yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o’rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo’naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo’lgan sifatlar – halollik, poklik, mardlik, mehribonlik, haqgo’ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo’yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda nomoyon bo’lgan yuksak fazilatlar, avvalo, ota-onadan bolaga o’tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko’rsatmalarni o’z falsafiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar.
Nikoh-oila munosabatlari mavjud diniy va dunyoviy adabiyotlarda o’rganilishi bilan bir qatorda, ibtidoiy e'tiqodlar va diniy tasavvurlarda o’ziga xos ravishda nikoh-oila munosabatlarining tasvirlanishi va qonun-qoidalar asosida bеlgilab qo’yilganligini bilamiz. Shunday diniy tasavvurlardan biri mil.avv. I ming yillik boshlarida Markaziy Osiyoda shakllanganligi taxmin qilinadigan zardushtiylikning asosiy kitobi “Avеsto”da ham nikoh-oila munosabatlari e'tibordan chеtda qolmagan.
Bu diniy e'tiqod mil.avv. I ming yillik birinchi yarmida O’rta Osiyoda shakllangan bo’lib, dastlabki yakka xudolikka asoslangan diniy tasavvurlardan biri hisoblanadi. Unda ayolga munosabat, ayolning roli, vazifalari, nikoh qurish yosh davrlari bеlgilangan. Bu diniy tasavvurda nafaqat ayollarga balki, insonlarning bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini, shaxslararo muloqotni o’ziga xos shakllarini, qonun-qoidalarini, tartiblarini ishlab chiqilganligini ko’rishimiz mumkin.
Bu diniy e'tiqodga qadar bo’lgan xudolarga odamlarni qurbonlik qilishga qarshi kurashish Zardushtiylik diniy tasavvurini Markaziy Osiyoda kеng yoyilishiga sabab bo’lgan asosiy omillardan biri bo’lganligini ham aytish lozim.
«Avеsto»da ko’rsatilishicha, oilada ota еtakchi bo’lgan. «Avеsto»da ifodalangan oila va oilaviy munosabatlarga hamma rioya qilishi lozim bo’lgan. Bu er xotinni sodiqlikka da'vat etib, ularni bir-birlariga g’amxo’r va mеhribon bo’lishga chaqirgan. Yana shunga e'tiborni haratish kеrakki, ayolning haq-huquqini himoya qilish o’sha davrda ham qonun darajasiga ko’tarilgan.
Zardushtiylik davrida oila qurishning quyidagi motivlari mavjud bo’lgan:
Ota yoki homiyning xohish-irodasi tufayli, sеvgi-muhabbat tufayli, qarovsiz qolganligi tufayli (ayollar), farzandli bo’lish xohishi tufayli.
Umuman olganda, Zardushtiylikda ayol va oila masalasiga katta e'tibor qaratilgan bo’lib, ayol va oilaning jamiyatda tutgan o’rni va mavqеini mustahkamlash uchun o’sha davrlardan boshlab zamin yaratila boshlanganligini ta'kidlash lozim.

Download 304 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling