Tabiat va tarbiya
Tabiatdagi mavjudot sifatida ota-onalardan o'z farzandlariga insonning asosiy va o'ziga xos xususiyatlari (masalan, jismonan sog'lom yoki zaif bo'lish moyilligi) genlar orqali o`tadi. Tarbiya vositasi sifatida oilalar odatda bolalarga g'amxo'rlik qiladi, namuna bo'lib xizmat qiladi, bolalarni mehrli munosabatlarga jalb qiladi va odatdagi ishlarda bolalarning ishtirokini rag'batlantiradi.
|
Kishilikmadaniyati million yillar davomida rivojlanib, insoniyatning ajralmas qadriyatlarida namoyon bo`ladi. Bolalar va oilalarning kundalik hayotida madaniy urf-odatlar va e'tiqodlar bolalarni shaxslararo munosabatlar, tadbirlar, vositalardan unumli foydalanishlarida katta ahamiyat kasb etadi.
|
Odamlar - bu jamoalarda birlashishga tabiiy moyil bo'lgan ijtimoiy tur. Agar jamoada do'stona qo'shnilar, qulay uy-joylar, munosib do'stlar, xavfsiz o'yin maydonchalari va barqaror va yaxshi maoshli ish joylari mavjud bo'lsa, bu bolalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
|
Umumiylik va xilma-xillik
|
Oila boshliqlari, odatda, bolalarning farovonligini ta`minlashda ularni ham g`ayrat va qat`iyat bilan yordam berishlariga odatlantiradilar. Oilalar esa o'zlarining a'zolari va mehr-muhabbat hamda vakolatni ifoda etish uslublari bilan sezilarli darajada bir-birlaridan farq qiladilar.
|
Bolalar mazmunli madaniy tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlariga ega. Madaniy xilma-xillik, ayniqsa, e'tiqodlarda (masalan, bolalar yoshligida fikr yuritishga qodir ekanligi seziladimi yoki yo'qmi) va xulq-atvorda (masalan, erkaklar va ayollarning uy sharoitidagi o`zaro munosabatlari) yuzaga keladi.
|
Ijtimoiy institutlar universal ravishda bolalar va oilalar uchun tashqi dunyo bilan aloqani yaratadilar. Jamiyatlar aholi zichligi, boshqa geografik xususiyatlari va bolalar va oilalarni qo'llab-quvvatlash darajasi bilan farq qiladi.
|
|