7-rasm. “Hamkorlik pedagogikasi”ning asosiy yo`nalishlari
Shalva Aleksandrovich Amonashvili taniqli pedagog olim, amaliyotchi va “Hamkorlik pedagogikasining” asoschisi. Shalva Aleksandrovich Amonashvili o`zining eksprimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til va matematika o`qitishning ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tadbiq etdi.
Sh.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari:
bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug`dirmoq;
bolaning qalbi va yuragini ulug`lamoq;
boladagi bilishga bo`lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;
keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug`dirmoq;
ideal tarbiya-bu o`z-o`zini tarbiyalamoq
Sh.A.Amonashvili o`zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va metodik usullardan foydalandi:
insonparvarlik
shaxsiy yondoshuv
muloqot maxorati
oila pedagogikasining qo`shimcha imkoniyati
o`quv faoliyati
Sh.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Baholardan foydalanish o`ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko`ra sifatli baholashga urg`u beriladi, ya`ni tavsif, natijalar paketi, o`z-o`zini baholash.
8-rasm. Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi
9-rasm. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi xusuiyatlari
10-rasm. Xamkorlikda o’qitish texnalogiyasini amalga oshiradigan no’ananaviy dars shakllari
11-rasm. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasidan samarali foydalanish asoslari
“Loyiha” tushunchasining mazmuni, mohiyati, loyixaviy ta`limning o`ziga xosliklari, o`quv loyihasi tushunchasi va “loyiha” texnologiyasini ishlab chiqish qoidasi
Loyiha – aniq reja, maqsad asosida uning natijalanishini kafolatlagan holda pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan harakat mahsuli.
Loyiha dastur, model, texnologik xarita va b. ko’rinishda namoyon bo’ladi. Loyihaning asosini ilmiy yoki ijodiy xarakterga ega g’oya tashkil etadi.
Loyihalash – boshlang’ich ma’lumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy harakat.
Loyihalash “g’oya – maqsad – kutiladigan natija – taxmin qilish – bashoratlash – rejalashtirish” tizimiga asoslanadi. Loyihalash turli vositalar, ya’ni moddiy buyum, qurollar, m: kompьyuter texnologiyasi, vatmon yoki oddiy ish qog’ozi, chizg’ich, qalam, marker, nusxa ko’chirish apparati (printer) va b.
yordamida amalga oshiriladi.
Loyihani yaratish uchun pedagog:
loyihani yaratish;
jarayonni bosqichma-bosqich yoritish;
maqsadni aniq belgilash;
maqsadga mos vazifalarni aniqlash;
o’quv materiali mazmunini shakllantirish;
savol va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish;
jarayon yoki tadbirning metodik tuzilishini asoslash;
talaba bilim darajasini tashxislash va uning tarbiyalanganlik darajasini baholash kabi ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |