Mavzu: Sodda tenglamalarni o’rgatish metodikasi. Tenglama tuzish turlari Reja: I kirish II asosiy qism


Download 62.51 Kb.
bet1/6
Sana04.05.2023
Hajmi62.51 Kb.
#1426154
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Sodda tenglamalarni o’rgatish metodikasi. Tenglama tuzish turlari

Reja:

I Kirish

II Asosiy qism




  1. Tenglama va uning yechimlari mavzusini o’qitish


  2. Bir noma’lumli tenglamalarni yechish mavzusini o’qitish


  3. Masalalarni tenglamalar yordamida yechish mavzusini o’qitish


III Xulosa

IV Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH


Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida chuqur islohotlar amalga oshirildi, shu qatori ta’lim sohasida ham islohatlor amalga oshirilda.

Ta’lim sohasidagi o’zgarishlar asosini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da yaqqol ko’rishimiz mumkin. Zero, O’zbekistonni buyuk davlat qilishdek orzu-istaklarni hayotga tadbiq etishda yosh avlod tarbiyasi orqali barcha tizimni rivojlantirish zarur, bu esa tizimning hamma yo’nalishlarini qamrab olgan xalq ta’limining islohoti orqali amalga oshiriladi.

O’qituvchi kadrlar tayyorlashning sifatini oshirish bilan umumta’lim maktablaridagi ta’lim-tarbiya ishlarining sifati yana ham oshishi hech kimga sir emas. Ma’lumki, hozir o’rta maktablar yangi o’quv reja va dastur asosida ishlashga to’la o’tdi. Bular asosida yaratilayotgan yangi darsliklarda yangi termin, atamalar ko’zga tashlanmoqda. Hozirgi kunda esa ko’proq “axborot asri” to’g’risida gapirilmoqda. “Axborot texnologiyasi”, “Yangi axborot texnologiyasi” kabi tushunchalar paydo bo’lmoqda. Shuningdek, multimediya, elektron darslik tushunchalari ham shular jumlasidandir.

Mamlakatimizda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning birinchi bosqichi sarhisob qilinib, ikkinchi sifat bosqichiga o’tildi. O’tilgan davr mobaynida yaratilgan ma’muriy-huquqiy hujjatlar fanlar bo’yicha o’quv adabiyotlarini yaratishga asos bo’lib, o’quv jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi. O’quv adabiyotlarining yangi avlodlarini yaratish, ularni tayyorlash bo’yicha ilmiy-uslubiy, tashkiliy, iqtisodiy masalalarni hal etish uzluksiz ta’lim tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi bosqichida ko’zda tutilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan bir qator tadbirlar ishlab chiqishni taqozo qiladi. Ana shunday muhim tadbirlardan biri multimediya muhitida fanlar bo’yisha elektron darsliklar yaratishdir. Elektron darslik zamonaviy o’quv jarayonining eng asosiy elementi bo’lib, u o’quv fani yoki uning ma’lum bir bo’limini mustaqil o’rganishni ta’minlovchi va odatdagi darslik, ma’lumotnoma, mashqlar to’plami, laboratoriya ishi xususiyatlarini birlashtiruvchi dasturiy-uslubiy majmuadir. Elektron darslik an’anaviy darsliklarning alternativ(muqobil) varianti bo’lmasdan, balki uning to’ldiruvchisi bo’lib, ularda an’anaviy darsliklarning barcha afzalliklari saqlanib qolishi bilan bir qatorda, multimediya muxitidan foydalanib o’qishni o’rgatish yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish demakdir.

Ma’ruzada algoritmlarni animatsiyalash usulining maqsadi, bilish faoliyatining siklik yopiq boshqarishini tashkil etish uchun, tashqi va ichki teskari aloqalar zarurligi, modelli masalalarni namoyish qilish yordamida o’quv mavzularini talab darajasida o’zlashtirishni ta’minlash uchun uni o’rganishning bir necha bosqichlari haqida fikr yuritilgan. Har bir mavzudan so’ng test topshiriqlari berilgan. Ishlab chiqarilgan elektron darslik musiqa elementi va rangli tasvir bilan boyitilgan.



Download 62.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling