Mavzu: Sodda tenglamalarni o’rgatish metodikasi. Tenglama tuzish turlari Reja: I kirish II asosiy qism


Download 62.51 Kb.
bet5/6
Sana04.05.2023
Hajmi62.51 Kb.
#1426154
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu

(2-ilova)

(3-ilova)


Xulosa

Umumiy o’rta ta’lim maktablari matematika darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tishda elektron darslikdan foydalahib, multimediya imkoniyatlari asosida dars o’tish noan’anviy dars turlaridan biri hisoblanadi.

Biz yaratilgan elektron ishlanmamiz asosida maktabda dars o’tganimizda quyidagi xulosalarga keldik:


  • elektron ishlanma imkoniyatlaridan foydalanib, o’quvchilarga mavzu to’liq tushuntirish imkoniyati oshadi;


  • ularning bilim, ko’nikma va malakalari oshadi;


  • harakatli tasvirlar va animatsiyalar o’quvchilarning tasavvurlarini kengaytitish uchun muhim rol o’ynadi;


  • dars o’tishda vaqtdan yutish imkoniyati tug’ildi, yani mavzuning tushuntirilishiga va o’quvchilarning mavzuni o’zlashtirishlariga kam vaqt sarflandi;


  • amaliy ishlarga, yani misol va masalalar yechishga, hayotiy misollar keltirishga, o’quvchilar o’rtasida savol-javob o’tkazishga ko’proq vaqt qo’ldi;


  • barcha o’quvchilarni baholashga imkon tug’ildi, yani misol va masalalarni yechishga baho qo’yilsa, dars so’nggida test natijalari va darsdagi vazifalarga yoki uyga berilgan vazifalarni bajarishlariga qarab, ular jamlanib baho qo’yiladi;


  • o’quvchilarning o’zlari mustaqil o’rganishlari uchun imkoniyat yaratildi, ya’ni sababli yoki sababsiz dars qoldirgan o’quvchilar ham ushbu elektron darslikdan foydalanishi, o’qituvchi ishtirokisiz mustaqil ravishda multimadiya imkoniyatlaridan foydalanib mavzuni o’rganishi va yaxshi o’zlashtirishi mumkin.


Demak, elektron darslik o’zidagi matn, grafik, animatsiya, o’quv materialini o’z ichiga olgan bo’limlar, bilimlarni nazorat qilish tizimi (test va topshiriqlar) bilan boshqa darsliklardan farq qiladi. O’zining imkoniyatlari bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, boshqa fanlar singari matematika fanini o’qitish uslubiyati fandan tayyor bilimlarni o’quvchilarga o’qituvchi tomonidan berilishiga asoslangan. Ushbu uslubiyat axborot asri, axborotlashgan jamiyat talablariga javob bera olmaydi, chunki “butun umrga yetarli bilim” tamoyilidan “umr davomida bilim olish” tamoyiliga o’tilyapti.

Hozirda mana shunday imkoniyatlardan foydalanish, elektron darsliklar yaratish va natijada o’quvchilar bilimining saviyasini oshirish muhimdir. Ayniqsa “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi sifat bosqichida ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun muhim imkon bo’la oladi.


Download 62.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling