Mavzu: Sof monopoliyaning shakllanishi Reja: Kirish Asosiy qism


Monopol hokimiyat ko’rsatkichi


Download 129.64 Kb.
bet8/12
Sana09.01.2022
Hajmi129.64 Kb.
#258519
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Монорол бозор

Monopol hokimiyat ko’rsatkichi. Raqobatlashgan bozorda narx chekli xarajatga teng bo’lishi, maksimal foyda olishning zaruriy sharti edi. Monopol bozorda narx chekli xarajatdan yuqori belgilanadi . Ana shu farq , ya’ni foydani maksimallashtiradigan narx bilan chekli xarajat o’rtasidagi farq monopol hokimiyatni o’lchash usuli bo’lishi mumkin.

Monopol hokimiyatni aniqlashning ushbu usuli 1934 yili iqtisodchi Abba Lerner tomonidan taklif etilgan va Lernerning monopol hokimiyat ko`rsatkichi nomini olgan:

q(R-MS)TG`R

Lerner koeffitsientining son qiymati qar doim o va 1 oraliqida bo`ladi. Mukammal raqobatdagi firma uchun RqMS va q0. qanchalik katta bo`lsa, shunchalik monopol hokimiyat ko`p bo`ladi. Monopol hokimiyatning ushbu koeffitsienti firma duch keladigan talab o`zgaruvchanligi atamasi bilan ham ifodalani-shi mumkin. Tenglamadan (10.1) biz shuni bilamizki:

q(R-MS)uRq-1G`E.

SHuni ta’kidlash kerakki, yuqori monopol hokimiyat yuqori foyda olishni kafolatlamaydi. Foyda o’rtacha xarajatning narxga bo’lgan nisbatiga bog’liq. Agar ikki firmadan birinchisining monopol hokimiyati, ikkinchi firmanikiga ko’ra yuqori bo’lsa va birinchi firmaning o’rtacha xarajati juda yuqori bo’lsa, uning oladigan foydasi ikkinchi firma foydasidan kichik bo’ladi. Yuqoridagi tenglama ko’rsatadiki, talab qanchalik elastik bo’lmasa, shunchalik monopol hokimiyat yuqori. Demak, monopol hokimiyatning kelib chiqish sababi, talab elastikligidadir.

Amaliyotda chekli xarajatni hisoblash qiyin bo’lgani uchun, uni o’rtacha xarajat bilan almashtiradi. Lerner koeffitsienti (R—MS)G`R kichik oziq-ovqat do`kon-larda monopol hokimiyat ko`proq bo`lishi xaqida guvoxlik beradi. Ammo ularda foyda ko`pmiq Io`q, chunki ularda mahsul sotilishi hajmi ancha kam bo`ladi, o`rtacha miqtsordagi doimiy xarajatlar esa ko`p bo`ladi. Kichik magazinlar xarajat ustiga kattaroq ustama qo`ysalar-da, yirik universamlarga qaraganda foydani kamroq oladilar.

SHunday qilib, Lerner ko’rsatkichi yuqori foyda olishni monopoliyaning dalolati ekanligini ko’rsatadi.

Monopol hokimiyatni xarakterlash uchun bozorni markazlashuv darajasi ko’rsatkichidan ham foydalaniladi. Bu ko’rsatkich birinchi bo’lib Xerfindal-Xirshman tomonidan tavsiya etilgani uchun, u Xerfindal-Xirshman indeksi deb yuritiladi.

Bu indeks korxonalarning bozordagi ulushlari yig’indisi sifatida qaraladi va qaysi firmaning bozordagi ulushi yuqori bo’lsa, u firma bozorda monopol hokimiyatiga ega bo’lishi mumkin yoki shunday imkoniyat mavjud deb qaraladi.

Agar tarmoqda yagona firma bo’lib, uning mahsuloti tarmoq mahsulotini tashkil qilsa, foyda =100% bo’ladi va bunday hol sof monopoliya bo’ladi, ya’ni Xerfindal-Xirshman indeksi 1 ga tengdir.

Masalan, AQSH da Xerfindal-Xirshman indeksi 1 dan oshgan tarmoqlar, monopol tarmoqlarga kiradi. Yuqoridagi indeksdan monopoliyaga qarshi olib boriladigan faoliyatda foydalaniladi. Bozorning katta qismini bir necha firmalar tomonidan egallab olinish holatiga bozorning markazlashuvi (kontsentratsiya rыnka) deyiladi.





Download 129.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling