Mavzu: Sof monopoliyaning shakllanishi Reja: Kirish Asosiy qism
Download 129.64 Kb.
|
Монорол бозор
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish
Mavzu: Sof monopoliyaning shakllanishi Reja: Kirish Asosiy qism Bozor turlari Sof monopoliya va bozor hokimiyati Monopol sharoitda narx belgilash va monopol hokimiyati ko’rsatkichi Monopol hokimiyat va jamiyat farovonligi Monopol narxga soliqning ta’siri Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mukammal raqobatli bozorda tovar sotuvchilar va xaridorlar ko`pchilikni tashkil etadi, shuning uchun ular bozor narxiga ta'sir eta olmaydi. Narxni bozordagi taklif va talab qoidasi belgilaydi. Firmalar tovarni qancha ishlab chiqarish va sotish masalasini qal eta borganda bozor narxini borligicha qabul qilishadi, iste'molchilar esa tovarni qancha xarid etish masalasini hal etganda narxni mavjud narsa, deb ish ko`rishadi. Bular mukammal raqobatga to`g`ridan to`g`ri oid bo`lgan tushunchalardir. Monopoliya - faqat bitta sotuvchi va ko`pchiliqtsan iborat xaridorlar bor bozordir, monolsoniya — bu ko`pchilikdan iborat sotuvchilar bor, lekin bitta xaridor mavjud bozordir. Oldiniga monopolist xatti-harakatini ko`rib chiqamiz. Monopolist bozordagi tanqo tovar ishlab chiqaruvchi bo`lganidan talab egri chiziqi shunday narxni yuzaga keltiradiki, monopolist shu narxga ko`ra taklif etilgan tovarni sotib uning puli-nioladi. Biz monopolist qanday qilib narx ustidan nazorat o`rnatgani holda yutuqqa ega bo`lishini, monopol bozordagi va erkin raqobatli bozordagi foydani maksimumlashtiruvchi narxlar va mahsul hajmi bir-biridan qanday farklanishini qo`rib chi-hamiz. Umuman olganda, monopolist taklifi erkin raqobatli bozor sharoitidagi taklifdan kam bo`ladi, uning narxi esa raqobatli bozor narxidan (chegarali xarajatlardan) yuqori bo`ladi. Bu jamiyat uchun ma'lum xarajatlarni yuzaga keltiradi, chunki mahsulni kam sonli xaridorlar sotib oladi, sotib oluvchilar esa yuqori narx bilan uning pulini to`laydilar. Shu sababli trestlarga qarshi qonunlar firmalarga ko`pchilik bozorni monopollashtirishni taqiqlaydi. Lekin ishlab chiqarish ko`lami ijobiy samara bergan taqdirda monopoliyalarning bo`lishi ma'qul hisoblanadi. Shunda davlat monopoliyalar narxini tartiblash yo`li bilan ijtimoiy farovonlikni oshirishi mumkia Sof holdagi monopoliya kamdan-kam uchraydigan narsa, ammo ko`pchilik bozorda faqat bir nechta firmalar o`zaro raqobatlashadi. Shunday bozorlarda firmalarning o`zaro munosabati murakkab bo`lishi mumkin va bu ko`p qollarda raqobat strategiyasining turli jihatlariga bog`liq bo`ladi. Biroq Firmalar narxga ta'sir etishlari va chegarali xarajatlarni belgilash hisobidan foyda olishlari mumkin. Mana shunday firmalarda monopol hokimiyat mavjud bo`ladi. Biz monopol xokimiyatni yuzaga chiqaruvchi omillarni, bu hokimiyatni aniq-lash mezonlarini va uning narxga ta'sirini ko`rib chiqamiz. Endi monopsoniyaga murojaat etamiz. Erkin raqobatli bozordagi narxdan farqli o`laroq, monopsonist tovarni sotib oladigan narx uning o`z talabi funktsiyasini bildiradi. Monop-sonist oldida turgan muammo bu sof foydani maksimumlashtiradigan miqtsordagi tovarni sotib olishdan iborat, bu esa monopsonist uchun tovarning qadri-qiymati manfiy, u puli to`langan narxni bildiradi. Sof monopsoniya ham kamdan-kam uchraydigan narsa. Biroq ko`pchilik bozorlarda bir necha xaridorlar harakatda bo`lib, ular erkin raqobatli bozordagi narxlardan pastroq narxda tovarlarni sotib ola biladilar. Bunday xaridorlar monopsoniya hokimiyati soxibi bo`ladilar. Odatda bu hokimiyat ishlab chiqarish omillari bozorida bo`ladi. Masalan, AQShda uchta yirik avtomobilsozlik kompaniyalar avtoshina, akkumulyator-lar va avtomobilning boshqa detallari bozorida monopsoniya hokimiyatiga egalar.
Download 129.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling