Mavzu: Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda tarbiya shakllarining uzviyligi: Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari. Reja


Download 238.02 Kb.
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi238.02 Kb.
#1730508
  1   2
Bog'liq
Mavzu Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda tarbiya shaklla


Mavzu: Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda tarbiya shakllarining uzviyligi: Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari.
Reja:
1. “Sog‘lom turmush tarzi” (STT) tushunchasining mohiyati.
2. Sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda tarbiya shakllari.
3 .Estetik tarbiyaning turlari va yo’nalishlari.
Mustaqil O‘zbekiston davlatining buyuk kelajagi erkin fuqorolik jamiyatini ma’naviy barkamol jismoniy sog‘lom insonlargina barpo eta oladi. Shu sababli hozirgi kunda jamiyatimizda sog‘lom avlodni tarbiyalash, odamlarda yuksak ma’naviyatni dunyoqarashni shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yuksak darajada ko‘tarish orqali barkamol insonlarni voyaga yetkazishga katta e’tibor bermoqda.
Barkamol avloni tarbiyalab yetkazishning vazifalari yo‘llari Predzidentimiz I.A.Karimov asarlarida belgilab berildi.
Mamlakatimizda sog‘lom avlod harakatining keng tus olganligi kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim tarbiya tizimining tubdan isloh qilinganligi ham ana shu ulug‘vor maqsad ya’ni komil insonlarni tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardir. Bu sohada adabiyot va san’atning roli katta.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ta’kidlaganidik barkamol so‘zining lug‘aviy ma’nosi kamolga yetgan, bekamu ko‘st, yetuk, to‘kis, mukammal degan ma’noni anglatadi.
Barkamol inson-bu o‘zida ma’naviy-axloqiy hislatlar majmuini mujassamlashtirgan, jamiyatda o‘zligini va o‘z qobilyatini har tomonlama namoyon eta oladigan, ma’rifatli, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan aqlan yetuk, yuksak iste’dod va salohiyatga ega bo‘lgan axloqan pok, jismoniy sog‘lom, erkin, ijodkor shaxs.
Bugungi kunda barkamol shaxs bu-Prezidentimiz orzu qilgan va “portlash effekti” konsepsiyasida ifodalagan inson.
“Komil inson”, “Barkamol avlod” tushunchalari alohida mazmun kasb etadi. Bugungi kunda Mustaqil O‘zbekiston sharoitida “barkamol avlod” deganda qanday avlodni tushunamiz. Mamlakatimiz kelajagini, milliy yukslishimizni belgilaydigan avlod qanday sifatlarga ega bo‘lishi keark. Bugungi komil avlod jismoniy sog‘lom, aqlan yetuk ma’naviy go‘zal, mustaqil fikrga yangicha tafakkur, dunyoqarashga ega bo‘lish bilan birga avvalo ichki va tashqi tahdidlarga to‘siq bo‘lishga qodir, ma’naviy jihatdan mukammal o‘zligini anglagan, iymon-e’tiqodi mustahkam, muqaddas qadriyatlarni o‘ziga singdirgan ifodasi baquvvat bo‘lmog‘i kerak.
Bugungi notinch, o‘ta tahlikali, o‘zaro tortishuv, manfatlar kurash avjiga chiqqan zamoda ertangi kunimizga, dunyo tan olgan davlatlar qatoriga faqatgina bilim va ma’rifatga tayangan holda intellektual saloxiyatimizni yuksak darajaga ko‘tarish hisobidan erishmog‘imiz mumkin.
Biz o‘zimizning oliyjanob masadlarimizga faqat ma’naviy va jismoniy jihatdan sog‘lom, o‘zining kimligi, qanday buyuk jodlarning avlodi ekanini chuqur anglagan, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmagan komil insonlarni; yosh avlodni tarbiyalash orqaligini erisha olamiz.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, nutq va maqolalarida barkamol insonlarni tarbiyalab yetkazishning maqsad va vazifalari yo‘llari bayon etib berildi.
“Biz komil inson tarbiyalash davlat siyosatining ustivor sohasi deb e’lon qilganmi. Komil inson deganda biz, avvalo yangi yuksak mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz (Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” T.1998 y).
Yurtboshimiz o‘zining “Sog‘lom avlod uchun” ordenini topshirishi marosimida so‘zlagan nutqida bunday degan edi.: “Oldimizda mustaqil buyuk davlat qurishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda bu ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati ming karra ortadi.
Nega deganda har qanday ulug‘ maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, farovon turmush qurish, inson zotiga munosib go‘zal hayot barpo etish, avvalo shu jamiyat a’zolari bo‘lgan komil odamlarga, kelajak barkamol avlodga bog‘liqdir”. (“Barkamol avlod orzusi” T. 1999 yil 54-bet).
Yurtboshimiz mustaqil davlat sifatida tarkib topgan dastlabki davrdan boshlab ertangi kunimiz egasi bo‘lgan O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori bo‘lgan barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur jarayonni yanada chuqurlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. “Sog‘lom avlod” dasturi, shuningdek kadrlar tayyorlash masalalari bo‘yicha bir qator tarmoq dasturlar qabul qilindi.
Barkamol avlodni jismoyiy barkamolsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, bu tarbiyaning bosh maqsadi jismonan chiniqqan, mard va sabotli, qat’iyatli va vatanparvarlarni kamol toptirishdir.
Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan 2000 yilni "Sog‘lom avlod" yili deb e’lon qilinishi bu tarbiyaga e’tiborni yanada kuchaytirdi. Prezidentimiz: "Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘ladi", deb ta’kidlaydi. Yurtboshimiz fikrini davom ettirar ekan, eng avvalo har bir odam o‘z sog‘ligi haqida qayg‘urishi, har bir oila o‘zidan sog‘lom nasl, sog‘lom zurriyot qoldirishni o‘ylashi zarur. Agar farzand sog‘lom, oqil, iymon e’tiqodli bo‘lsa, ota-onasiga faqat rahmat keltiradi. El-yurt nazaridan hech qachon chetda qolmaydi deb uqtiradi. Jismon barkamollik tarbiya tizimida muhim o‘rinni egallaydi boshqa tarbiyalar bilan birga amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya o‘z oldiga qator vazifalarini qo‘yadi. Jumladan, orgnizmni chiniqtirish, sog‘liqni mustahkamlash va rivojlantrish, bolalarda yangi jismoniy harakat turlarini hosil qilish va qurollantirish, bolaning yoshiga, jinsiga chiniqqanlik darajasiga mos keladigan jismoniy harakat sifatlarini rivojlantirish va o‘z sog‘lig‘iga ongli munosabatda bo‘lishni tarbiyalashdan iborat. Bu vazifalarni xal qilishda jismoniy tarbiya aqliy, estetik va mehnat tarbiyalari bilan hamkorlik qiladi. Insonning sog‘lom va barkamol o‘sishi turli omil va vositalarga bog‘liq. Avvalo nasl toza, sog‘lom bo‘lishi kerak, shu sababli Prezidentimiz sog‘lom ota-onadan albatta sog‘lom farzand tug‘ilishini alohida ta’kidlaydi. Qolaversa, yashash jarayonida sanitariya - gigiyena omillariga amal qilishi, tabiatdagi sog‘lomlashtiruvchi omillar, ya’ni quyosh, havo va suv ta’siridan o‘rinli foydalanish va jismoniy mashqlarda foydalanishni taqozo qiladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturidan ko‘zlangan maqsadlarimiz ko‘p, deydi Prezidentimiz.”Ishonchim komil: agar bu islohatni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada biz hayotimizda ijobiy ma’nodagi “portlash effekti” ga ya’ni uning samarasiga erishamiz”.
Milliy dasturdan ko‘zlangan maqsadlar juda ko‘p, deya uqtiradi Yurtboshimiz I. Karimov.
Avvalo bu maqsad va vazifalarning to‘la amalga oshishi mamlakatimizdagi ijtimoiy siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs komil insonlar vujudga keladi. Ular hayotga tamomila boshqacha nigoh bilan qaraydilar.
Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslarning ko‘payishi jamiyatda omil hayot kechirish tizimini vujudga keltiradi, deya uqtiradi Yurtboshimiz I. Karimov. Odamlar olomon bo‘lib yashashdan bosh tortadilar, har bir kishi o‘z aqli, o‘z mehnati, o‘z xulosasi bilan yashay boshlaydi. Eng asosiysi bunday kishilarga chetdan hech qanday nopok kuch, buzuq g‘oyalar, quruq shiorlar, chaqiriqlar bilan ta’sir etib bo‘lmaydi. Bunday odamlarni o‘z tanlagan yo‘llari maqsadlaridan hech qanday kuch toydira olmaydi.
Barkamol insonlarni shakllantirishda tarbiya hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tarbiya ijtimoiy tarixiy tajribalarni egallash uchun kishilar faoliyatini tashkil etishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida ham tarbiyaning maqsadi bayon qilib berilgan. Unda bunday deyiladi: Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy tarixiy an’analariga, urf odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir.
Mustaqillik yillarida taraqqiyotimizning har bir bosqichida, amalga oshirilayotgan islohatlarning zaminida ana shu inson omili, barkamol avlod tarbiyasi turibdi. “Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishining eng muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borish” ni talab etadi deb ta’kidlagan edi. Yurtboshimiz.
Yillarga berilgan nomlarda ham milliy yuksalishimizning tayanchi, maqsadi va omili bo‘lgan barkamol avlod orzusi, tarbiyasi muammosi o‘z ifodasini topgan. 1997 yil – “inson manfaatlari yili”, 1998 yil – “Oila yili”, 1999 – “Ayollar yili”, 2000 yil – “Sog‘lom avlod yili”, 2001 yil – “Onalar va bolalar yili”, 2002 yil – “Qadriyatlarni qadrlash yili”, 2003 yil – “Obod maxalla yili”, 2004 yil – “Mehr-muruvvat yili”, 2005 yili – “Sihat-salomatlik yili”, 2006 yil – “Homiylar va shifokorlar yili”, 2008 yil – “Yoshlar yili”.
Ijtimoiy pedagogika fani bundan 200 ming yil oldin ham mavjud bo‘lgan. Faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Pedagogik sotsiologiya fanniing ilk kurtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo‘lib emas. Xozirda pededagogik sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya fanining tarmogi sifatida. Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o‘sib chikadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan xolda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Amaliy faoliyat - bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy–pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatida alohida o‘rinni egallaydi. «Milliy g‘oya–bizning g‘oya», «Istikbolimiz–istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o‘zgartirgan o‘n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo‘la oladi. Jamoat tashkilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ‘ibot va tashviqot ishlarining ko‘lamini kengaytiradi, o‘sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi. Ma’naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo‘lib ma’naviy hayot kechirishni tashkil etish ustida bormokda. Bu vazifa inson va jamiyatning bilish extiyojini qondirish, ularning faoliyatida uchraydigan hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo‘sh vaqtini chuqur mushoxada qilish bilan uzviy bog‘liqdir.
Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani - bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan predmetdir. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega - fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida. qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar. Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar Markaziy Osiyo xududida jahon dinlari orasida eng kadimgi din zardushtiylik dini xukumronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chikdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga siginish) o‘z erasining o‘ziga xos komusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardusht dinda axloqiy me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto”da - inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va savob ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulk atvor).
“Avesto”ning katta qismi bo‘lgan “ Yasna’larda inson kamolini ko‘rsatuvchi axloq–odob mezoni ana shu uchlikda xumata (gumata)–yaxshi fikr, xukta (gukta) –yaxshi soz va xvarsha (gvarshta)–yaxshi ishlarda ifodalanadi. “Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon- shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat qonunga shon shavkat baxsh etaman” (“yasna”, 14), deyiladi. “Avesto” tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Mana (“Ezgu fikr”) va Apo Mana (“Yovuz fikr”) ta’sir ko‘rsatadi deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi. “Yaxshi fikr” deganda iloxiy-qonun ruxidagi kishisiga mexribon bo‘lish, maqsadlarga ko‘maklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga tayyor turish, kishilarni baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stlik, totuvlikda yashashga intilish ruxidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o‘z fikri xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jixatlarga berilmaydi. Chunki bunday xolatda inson yaxshi niyatni yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojuya harakatlar qiladi.
Pedagogika fani tarixi qadimgi davrlariga borib taqaladi. Ko‘p ming asrlar mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi, kadimgi zamonlardan buyon olamda insonning o‘rni va roli, shaxsning axloqiy shaklllanishida madaniyat va dinning ahamiyati barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar. Shark uyg‘onish davri (9 –11asrlar) komusiy olimlari Abu Nasr al Forobiy (873 –1037) shunday ijtimoiy pedagogik g‘oyalarni aytib o‘tganlarki, bolani ayni go‘daklik chog‘idanok tarbiyalay boshlashning zarurati, shuningdek, bolaning tarbiyasiga tabiat atrof-muhitning ta’siri va boshqa fikrlar kabidir. 15 –16 asrlarda Markaziy Osiyoda tabiatshunos-faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari o‘z ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida e’tibor bilan karab, tabiat sirlarini o‘rganishga intilganlar. Bular qatorida Nuriddin Abduraxmon Jomiy (1414 –1492), Jaloliddin Davoniy( 1427 –1502), Alisher Navoiy (1441 –1501), xusayn Boiz Koshifiy (1440 –1505) o‘z asarlarida inson akli tafakkuri, uning qobiliyati, insonning alohida hislatlari, insoniylik g‘oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy kadriyat hisoblanadi. Shu jumladan, o‘zbek tilining asoschisi buyuk alloma, musiqachi, davlat arbobi Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik g‘oyalari, yuksak darajada insonparvarligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda eng oliy mavjudot deb hisoblagan. Bolani esa oilaga kuvonch, ham baxt keltiruvchi mukaddas inom sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi. Inson o‘z farzandigina emas, balki kelajak avlod bo‘lgan barcha bolalarni sevmog‘i shart deb yozadi shoir. Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning olim va allomalarimiz, ma’rifatparvarlarimiz, jadidchilik harakati yetakchilari, XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan allomalar Maxmudxuja Bexbudiy (1874 –1919), Munavvar kori Abdurashidxonov (1878 –1931), Abdulla Avloniy (1878 – 1934), Abduqodir Shakuriy (1875 –1943), X.X.Niyoziy (1839 –1929) va boshqalarning asarlarida ham ko‘plab keltirish mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishi XX asrning 20-30 yillari alohida o‘rin tutadi. Bu davrda A.Avloniy, A.Shakuriy, M.Qori Abdurashidxonov, X.X.Niyoziy, V.F.Lubensov, N.P.Arxongelskiy, O.Sharofiddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular avvalo ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam ko‘rsatish, ya’ni bu allomalar ijtimoiy pedagoglar bo‘lib, ular tashkil etgan maktablar shuningdek, boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar. A.Avloniy nomidagi Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshqa muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo‘lib hisoblanadilar.
Estetik tarbiya – jamiyatda ma’naviy muhitni paydo qilishga ko’mak beruvchi muhim unsur bo’lib, u inson didini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi hamda ana shu orqali insonni jamiyat munosabatlariga yaqinlashtiruvchi kuchdir. Hozirda estetik tarbiyaning ko’lami tobora kengaymoqda. Shunga ko’ra, u o’z oldiga talaygina muhim vazifalarni qo’ygan. Bular:
-kishilarda san’at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o’zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
-jamiyat a’zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg’usini uyg’otish;
- tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg’u bilan munosabatda bo’lishga va ularni ravnaq toptirish yo’lida astoydil faoliyat olib borish ko’nikmalarini hosil qilish;
- o’tmish ma’naviy merosimizga hurmat hissini uyg’otish, milliy g’urur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
- ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ’ib qilishga undashdir. Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga- san’at, information texnologiyalar, tabiat, mehnat, sport kabi sohalarni kiritish mumkin. San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi.
Bugungi kunda jamiyatimizda inson faoliyatini boshqarib borishdan ko’ra, ushbu jarayonni insonning o’zi tashkil etishi kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san’at mohiyatan shaxsning his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan muhim vosita sifatida insonni doimo o’ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va tuyg’ular olamiga singib borib ularni yig’latadi, kuldiradi, o’ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo’lib kelgan. San’at o’zining estetik bisotini to’laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog’lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go’zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma’naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi. Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko’pchiligi san’at, adabiyot va ma’rifat sohasida ko’proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o’zaro aloqasini hatto tashqi ko’rinishi ham tubdan o’zgarishiga olib keldi. Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi. Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi ta’siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo’lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy- huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko’mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga yaqindan ta’sir ko’rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan mahalla o’z navbatida o’z oldiga qo’ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.
Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi. Shuni maxsus ta’kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo’lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo’lib yetishishiga monelik ko’rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o’rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o’tish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham moddiy, hamda ma’naviy go’zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy- foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta’sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi. Sport- estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi. Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e’tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquvvat, sog’lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O’zbekiston ko’plab sport turlari bo’yicha jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o’tkazuvchi mamlakat sifatida jahon hamjamiyatda ko’zga ko’rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan ma’noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog’lomlashtirishga qaratilgan. Bir so’z bilan aytganda, sport estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida “ Farzandlari sog’lom yurtning kelajagi porloq bo’ladi”,- degan maqsadni amalga oshirishga muhim hissa qo’shadi. Milliy ma’naviyatga ta’sir o’tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Bu esa ijtimoiyma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo’naltirishni taqozo etmoqda.
Ta’kidlash o’rinliki, estetik niqobi ostida turli xil ko’rinishdagi “sog’lom turmush tarzi targ’ibotchilari”, “ko’ngilochar” va “musaffo tuyg’u” baxsh etuvchi saytlar talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog’i vampirizm estetikasi va uning targ’iboti bilan bog’liq saytlarning ko’payib borayotganligi tashvishlanarli holdir. Bu targ’ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug’i orqali topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go’zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat mavjudligidan dalolat beradi.Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati. Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki ko’rinishidagi bog’liqlikni o’rganishga bo’lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur. Vaholangki, o’tmishda bu sohaga jiddiy e’tibor berilib, qator risolalar yaratilgan. Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o’rganuvchi ilm” deb ta’tif bergan bo’lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai fil farosa” (X asr), “Farosatnoma” (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar. Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. U ranjish, nomunosib holat, ko’ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz. Shuning uchun bo’lsa kerak,kamdan kam hollarda “farosatli kishi, farosati bor, farosatli”degan so’zlarni ishlatamiz.
Biroq did, fahm, farosat kabi tushunchalar aynan estetika ilmiga tegishli bo’lib, fahm-haqiqatga, farosatezgulikka,did-go’zallikka munosabat orqali namoyon bo’ladi. Har uchchala hodisaning asosida ham qobiliyat yotadi. Shu ma’noda fahm-aqliy, farosataxloqiy, did-estetik qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya uyg’unlashgan umumiylikdan iborat. Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka moyil shaxs estetik tarbiya ta’sirida xulqini o’zgartirib, go’zal axloqli kishiga aylanishi mumkin. Shuning uchun o’ziga mavjud yomon hislatlarni yaxshi tomonga o’zgartirgan va ma’naviy kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan emas.
Xulosa.
Mening xulosam shuki avvalo bu maqsad va vazifalarning to‘la amalga oshishi mamlakatimizdagi ijtimoiy siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs komil insonlar vujudga keladi. Ular hayotga tamomila boshqacha nigoh bilan qaraydilar.
Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslarning ko‘payishi jamiyatda omil hayot kechirish tizimini vujudga keltiradi, deya uqtiradi Yurtboshimiz I. Karimov. Odamlar olomon bo‘lib yashashdan bosh tortadilar, har bir kishi o‘z aqli, o‘z mehnati, o‘z xulosasi bilan yashay boshlaydi. Eng asosiysi bunday kishilarga chetdan hech qanday nopok kuch, buzuq g‘oyalar, quruq shiorlar, chaqiriqlar bilan ta’sir etib bo‘lmaydi. Bunday odamlarni o‘z tanlagan yo‘llari maqsadlaridan hech qanday kuch toydira olmaydi.
Barkamol insonlarni shakllantirishda tarbiya hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tarbiya ijtimoiy tarixiy tajribalarni egallash uchun kishilar faoliyatini tashkil etishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida ham tarbiyaning maqsadi bayon qilib berilgan. Unda bunday deyiladi: Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy tarixiy an’analariga, urf odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir va bunda har birimiz ma’sul bo`lishimiz kerakdir.

Download 238.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling