Mavzu: sohaviy farmoyish hujjatlarining xususiyatlari reja: Farmoyish hujjatlarining turlari. Farmoyish hujjatlarini sohada qo‘llash xususiyatlari. Sohaviy farmoyish hujjatlarining o ‘ziga xos xususiyatlari


Download 87.84 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi87.84 Kb.
#1415257
1   2   3   4
Bog'liq
11-amaliy

Amaliyotda asosiy faoliyatga oid buyruqlardan ko‘chirma tayyorlashga ehtiyoj tug‘iladi. Hujjatdan ko‘chirma - asl hujjatning muayyan bir qismidir. Buyruqdan ko‘chirma buyruqning farmoyish qismidan oldingi hamma qismlarini qamrab oladi. Buyruqning farmoyish qismidan esa faqat aniq holat uchun zarur bo‘lgan ma’lumot olinadi. Buyruqdan ko‘chirma, odatda, blankaga yozilib, tasdiqlab beriladi: Asliga to‘g‘ri jumlasi bilan kotib (yoki buyruqdan ko‘chirma beruvchi shaxs) imzo chekadi. Buyruqdan ko‘chirma elektron shaklda olinganda, elektron raqamli imzo yoki QR kod bilan yoxud boshqa himoya vositalari bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

KO‘RSATMA

KO‘RSATMA

 

Idoralarda axborot-metodik tusdagi masalalar, shuningdek, buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat. Ko‘rsatmalarga birinchi rahbar, shuningdek, lozim bo‘lsa, bosh muhandis, ulaming o‘rinbosarlari imzo huquqiga ega. Ko‘rsatma muassasaning xos ish qog‘oziga bosiladi. U ham buyruq kabi, odatda, sarlavha bilan yoziladi, asos (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi.

Asos (kirish) qismida, falon “maqsadda”, falon «buyruqni bajarish uchun» kabi taomilga kirgan iboralar qo‘llanadi va “Yuklayman”, “Tavsiya etaman” so‘zlari keyin farmoyish qismi boshlanadi. Muayyan xodimga uning xizmat lavozimi vazifalariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, “Tavsiya etaman” so‘zi qo‘llanadi. Ko‘rsatmaning farmoyish qismi buyruqning farmoyish qismiga o‘xshash bo‘ladi.

Topshiriqlar: 1-topshiriq. Gaplarni o‘qing. Majhul nisbat va buyruq-istak mayli shaklidagi qo‘shimchalarning ma’no, vazifasiga e’tibor bering va daftaringizga ko‘chiring. 1. Bosh muhandis Shavkat Azimov 2002-yilning 16-mayidan 23-mayigacha Farg‘ona shahriga xizmat safariga yuborilsin. 2. II kurs talabalarining o‘zlashtirish darajasini tekshirish uchun quyidagilardan iborat komissiya tuzilsin. 3. Yulduzxon Ibrohimjon qizi 2009.21.05 dan xodimlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga qabul qilinsin. 4. Ilmiy bo‘lim bosh mutaxassisi I.Azizov navbatdagi mehnat ta’tilidan qaytib, 2009.12.08 dan o‘z vazifasini bajarishga tushdi deb hisoblansin. 5. Laboratoriya jihozlari va boshqa buyumlarini yo‘qlamadan o‘tkazishda quyidagi muddatlar belgilansin. 6. Buyruqni nazorat qilish bosh hisobchi N. Usmonov zimmasiga yuklatilsin. 7. Lobar Abduroziq qizi 2009.28.09 dan 50000 so‘mlik maosh bilan Yunusobod tumani xalq ta’limi bo‘limining bosh metodisti lavozimiga tayinlansin.


Download 87.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling