Mavzu: soliq funksiyalari


Download 74 Kb.
bet6/7
Sana28.10.2021
Hajmi74 Kb.
#169000
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SOLIQ-manzur

Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish zararligi omili. 0`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yapo- niya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik yetakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu, eng avvalo, uning mamlakatga chet el valuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo‘ldi. 0‘zbekiston Respublikasida qishloq xo`jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini o‘tamoqda.

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, qishloq xo`jaligida soliq, kredit vositalari yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu sababli 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-oktabrdagi Farmoni, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-dekabrdagi 539-sonli qaroriga muvofiq qishloq xo`jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliq va yig‘imlar o‘rniga budjetga 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab yagona yer solig‘ini to‘lash tartibi joriy qilindi.

  • O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning o‘mini belgilovchi asosiy omillardan yana biri — hozirgi kunda ko‘payib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va huquqiy shaxslarning daromad- larini jalb qiluvchi mukaal soliq to`lovini yuzaga keltirish.

Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi xususiy tad­birkorlik faoliyatini keng quloch yoyishi va xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, tadbirkorlar daromadini hisobga olishni qiyinlashtiradi. Xususiylashtirilgan bitta korxona o‘rnida o‘nlab kichik, xususiy va jamoa mulkiga asoslangan korxonalar paydo bo‘ladi. Mukammal soliq mexanizmi yaratilmaganligi uchun daromadlar summasini aniqlashda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.

0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-sonli qaroriga muvofiq kichik korxonalar uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliqlar o`rniga budjetga ixchamlashtirilgan soliq to‘lash imkoniyati vujudga keldi. 0‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda ixchamlashtirilgan soliq tizimining joriy qilinishi bu tad- birkorlar uchun davlat tomonidan ko`rsatilgan katta yordam bo‘ldi.

Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy rivojlanishi bosqichlarida ushbu rivojlanish jarayonlarini ta’minlash maqsadiga bo‘ysunuvchi vazifalarni bajaradi. Soliqlaming funksiyalari esa ana shu vazifalami bajarishga xizmat qiladi. Shunday ekan, soliqlaming funksiyalari va vazifalari o`rtasidagi aniq farqli jihatlarni o`rganish va soliq munosabatlarini tashkil etish mobaynida bu chegaralami asoslashni qayd etib o‘tish lozim.

Soliqlar bajaradigan vazifalar ko`pchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida umumiy o`xshashliklarga ega. Ana shunday an’anaviy soliq vazifalariga quyidagilami kiritish mumkin:



  • Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy resurslar ta`minlab berish. Soliqlaming fiskal funksiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xiz­mat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu ko`rsat- kich qanchalik yuqori bo‘lsa, soliqlaming fiskal funksiyasi shunchalik faol bo‘ladi. Ammo soliqlaming ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlami qamrab olmaydi, balki davlat­ning noishlab chiqarish xarajatlarining ko`payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi.


  • Download 74 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling