Mavzu: soliq funksiyalari
Soliqlaming fiskal funksiyasi
Download 74 Kb.
|
SOLIQ-manzur
Soliqlaming fiskal funksiyasi
Soliqlaming quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: soliqning fiskal funksiyasi, tartibga solish funksiyasi, rag`batlantirish funksiyasi, nazorat funksiyasi, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta `minlash funksiyasi. Soliqlaming asosiy funksiyasi - fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so`zidan olingan bo`lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko`rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo`lagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman ishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantirish - soliqlar fiskal funksiyasi- ning eng muhim elementi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslami ko‘proq sarflaydi, lekin soliq tizimi o‘zining fiskal funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarishning o`sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda iqtisodiyotning umumiy tuzilmasida buzilishlar sodir bo`lishiga yo‘l qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak. Soliqlaming ushbu funksiyasi orqali paydo bo‘ladigan pul resurslari davlat budjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo`naltiriladi. Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo`lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo`llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlami bir qismi qayta taqsimlanadi.
Download 74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling