Mavzu: soliq funksiyalari


Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi


Download 74 Kb.
bet3/7
Sana28.10.2021
Hajmi74 Kb.
#169000
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SOLIQ-manzur

Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlaming ikkinchi muhim funksiyasi ulaming iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tar­tibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan "soliq muhiti"ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir ko`rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.

Soliqlaming tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida o`sib boradi, bu davrda tadbirkorlami ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliya­tini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan "yuqori tashkilot" tushunchasining o‘zi asta-sekin kuchsizlanib boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalishda rag`batlantirish zarurati saqlanib qoladi.



Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling