Mavzu: Soliq qonunchiligi buzilganda qo'llaniladigan moliyaviy va ma'muriy javobgarlik turlari Bajardi: st 71-guruh talabasi Karimova k tekshirdi: Amanov. A


Download 12.83 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi12.83 Kb.
#1039608
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Soliq qonunchiligi buzilganda qo\'llaniladigan moliyaviy v-fayllar.org


Mavzu: Soliq qonunchiligi buzilganda qo'llaniladigan moliyaviy va ma'muriy javobgarlik turlari Bajardi: st 71-guruh talabasi Karimova k tekshirdi: Amanov. A

Mavzu: Soliq qonunchiligi buzilganda qo'llaniladigan moliyaviy va ma'muriy javobgarlik turlari

Bajardi: ST 71-guruh talabasi Karimova K

Tekshirdi: Amanov. A

Reja:


  • Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi va uning turlari.

  • Moliyaviy sanksiyalar.

  • Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik

1. Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi va uning turlari

O`zbekiston Respublikasining amaldagi soliq kodeksiga muvofiq soliq to‘lovchining, soliq agentining yoki boshqa shaxsning Soliq Kodeksida javobgarlik belgilangan g‘ayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb e’tirof etiladi.

Yuridik va jismoniy shaxslar soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun Soliq Kodeksining 28va 29-boblaridanazarda tutilgan hollarda javobgar bo‘ladi.

Jismoniy shaxs soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun o‘n olti yoshdan boshlab javobgarlikka tortilishi mumkin.

Soliqqa oid huquqbuzarlikning quyidagi turlari mavjud:

Soliqqa oid huquqbuzarlikning quyidagi turlari mavjud:


  • davlat soliq xizmati organida hisobga turishdan bo‘yin tovlash;

  • kirim qilinmagan tovarlarni saqlash yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumni yashirish (kamaytirib ko‘rsatish);

  • soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish;

  • buxgalteriya hisobini yuritish tartibini buzish;

  • faoliyat turlari bilan litsenziyasiz va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarsiz shug‘ullanish;

  • hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini buzish;

  • fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan va to‘lovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallaridan foydalanish tartibini buzish;

  • soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarini buzish;

  • yer uchastkalaridan ularga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz foydalanish va boshqalar.

Download 12.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling