mavzu soliq solishning soddalashtirilgan tartibi reja


Download 28.42 Kb.
bet13/17
Sana01.03.2023
Hajmi28.42 Kb.
#1241674
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
16-мавзу mavzu soliq solishning soddalashtirilgan tartibi reja

Yechilishi:
Mazkur korxona ham kichik korxonalar toifasiga muvofiq kelmaydi, chunki xodimlar soni kasanachilarni hisobga olmaganda 97 kishini (132 - 35) tashkil etishiga qaramay, kasanachilar soni 30% dan oshadi. Korxona kichik korxona toifasiga kirmaydi.
MISOL. 5 foizlik stavka bo‘yicha YAST bo‘lgan korxona yuridik shaxsga kompyuterini 500 ming so‘mga sotmoqchi. Kompyuterning boshlang‘ich qiymati 600 ming so‘m bo‘lib, sotilgan kunga hisoblangan amortizatsiya summasi 240 ming so‘mni tashkil qiladi. Kompyuter bilan qayta baholash amalga oshirilmagan. Korxona ixtiyoriy ravishda QQS to‘lovchisi hisoblanadi. YASTni hisoblang.
Yechilishi:
Asosiy vositalarni sotishda QQS quyidagicha hisoblanadi:
[500 000 - (600 000 - 240 000)] / 120 x 20 = 23,3 ming so‘mni tashkil qiladi.
Sotishdan moliyaviy natija 116,7 ming so‘m [500 000 - 23 333 - (600 000 - 240 000)] bo‘ladi.
YAST asosiy faoliyat turi bo‘yicha belgilangan stavka bo‘yicha hisoblanadi, ya’ni uning summasi 5883 so‘mni (116 667 x 5%) tashkil qiladi.
MISOL. Qurilish korxonasi savdo kompleksida pudrat shartnomasi asosida ta’mirlash ishlarini amalga oshirmoqda. Shartnomaga asosan buyurtmachining zimmasiga qurilish materiallari bilan ta’minlash yuklatilgan. Ta’mirlash ishlarida foydalanilgan materiallar qiymati 15 900 ming so‘mni tashkil qilgan. Ishning bir qismini bajarish uchun subpudrat tashkiloti jalb qilingan. Jami bajarilgan ishlar hajmi 25 300 ming so‘mni, shundan o‘z kuchi bilan bajarilgan ishlar hajmi 20 500 ming so‘mni tashkil qiladi. YASTni hisoblang.

Download 28.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling