Yechilishi:
Pudrat qurilish tashkiloti buyurtmachi tomonidan berilgan materillar qiymatini (15 900 ming so‘m), shuningdek subpudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar qiymatini (4 800 = 25 300 - 20 500 ming so‘m) YASTni hisoblab chiqarishda hisobga olmaydi. Bu yerda bajarilgan ishlar bo‘yicha soliqqa tortiladigan tushum 20 500 ming so‘mni, o‘z navbatida, soliq summasi 1 230 ming (20 500 x 6%) so‘mni tashkil qiladi.
MISOL. Kichik korxona (Toshkent shahri) avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek ular uchun ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanadi. Hisobot choragida umumiy tushum 20 000 ming so‘mni tashkil qildi.
Bunda YAST miqdori 20000 ming x 4/100=800 ming so‘mni tashkil etadi.
Agar xizmatlar ko‘rsatishdan 12 000 ming so‘m, ya’ni umumiy tushumning 60%i olingan deb taxmin qilsak, asosiy faoliyat turi bo‘lib avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish hisoblanadi va YASTning eng kam miqdori hisob-kitobida mazkur faoliyat turi uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi (maishiy xizmatlar - oyiga EKIHning 3,5 baravari) qo‘llanadi. EKIH 118400 so‘mligida umuman korxona bo‘yicha chorak uchun EKIHning eng kam miqdori 1243200 so‘mni (118400 x 3,5 x 3) tashkil qiladi.
Agar umumiy hajmda sotishdan olingan tushum ustun tursa (masalan, 14 000 ming so‘m - 70%), nooziq-ovqat tovarlarining chakana savdosi uchun qat’iy belgilangan soliq stavkasi (oyiga EKIHning 10 baravari) qo‘llanishi kerak. YA’ni chorak uchun YASTning eng kam miqdori ushbu holda 3552000 so‘mga (118400 x 10 x 3) teng.
MISOL. Chakana savdo qiluvchi kichik korxona Termiz va Angorda ikkita savdo shoxobchasiga ega. Termizdagi do‘konda oziq-ovqat tovarlari, Angordagi esa nooziq-ovqat tovarlari sotiladi. Hisobot davri (2-chorak) uchun YASTni hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |