Mavzu: Soliq tizimida tog'ri va egri soliqlar Reja: kirish to’g’ri va egri soliqlar Jismoniy shaxslarni soliqga tortish
Download 31.54 Kb.
|
davlat budjeti
3 . Egri soliqlarning stavkalari
Soliqlarni tasniflashga doir qarashlarni ilk shakllaridan biri ularni to`g`ri va egri soliqlar guruhlariga ajaratishdir. Soliqlarni bunday tasniflash respublikamiz soliq tizimida ham amal qilib ular o`rtasidagi maqbul nisbatni ta`minlashda ularning har birini o`ziga xos xususiyatlari afzalliklari va kamchiliklarini e`tiborga olish lozim. Shu o`rinda soliqlarni tasniflashga bo`lgan ushbu yondashuvning shakllanishi va rivojlanishini ko`rib chiqish muhim ahamiyatga ega. Soliqlarni to`g`ri va egriga ajratish mezoni va ular nisbatini ta`minlashga doir munozaralar o`rta asrlardan e`tiboran mavjud bo`lib, moliya fanida to`g`ri va egri soliqlar nisbati nazariyasini oldi. Bu nazariyaning asosiy g`oyasi to`g`ri va egri soliqlarni belgilash mezoni sifatida nima bo`lishi kerakligi va ularni qaysi biriga ustuvorlik berish iqtisodiyot uchun samarali hisoblanishini nazariy jihatdan asoslashga qaratilgan. Ushbu g`oyadan kelib chiqqan holda to`gri yoki egri soliqqa tortish nazariyasi tarafdorlari o`z g`oyalarini asoslashga harakat qildilar. To`g`ri va egri soliqlar nisbati nazariyasi soliqqa oid nazariyalar ichida muhim ahamiyatga ega bo`lib, hozirgi paytda ham o`z ahamiyatini yoqotmagan va ko`plab davlatlar uning ijobiy g`oyalaridan foydalangan holda o`z soliq tizimlariga o`zgartirishlar kiritib, barqaror soliq tizimini shakllantirishga erishib kelmoqda.3 Soliqlarni tasniflashga bo`lgan bunday yondashuv moliya faniga XVI asr amaliyotidan olingan bo`lib, XVII asr oxirida ingliz filosofi D.Lokk to`g`ri va egri soliqlar tarkibini aniqlashda asos qilib, ularni oxir oqibat kimga yuklanishi nuqtai - nazaridan yondashdi uning fikricha yer solig`I to`g`ri soliq qolgan barcha soliqlar egri soliqlardir. Sababi sifatida egri soliqlar oxir oqibat yer egalari tomonidan to`lanishini qayd etib, bunda sotuvchilar soliq yukini iste’molchi hisoblangan ishchilarga, ular yer ijarachilarga yer ijarachilari esa yer egalariga yuklashi natijasida soliqlarning manbai bo`lib oxir-oqibat yer egalarining daromadlari ekanligini nazariy jihatdan asoslashga harakat qilgan va barcha soliqlar o`rniga yagona yer solig`i joriy etishni taklif etgan. Faqat yer egasining sof daromadidan barcha soliqlar to`lanishidan kelib chiqqan holda, fiziokratlar ushbu g`oyani qo`llab-quvvatladilar va yanada chuqurlashtirdilar. D.Lokk va fiziokratlarni soliqlarni to`g`ri va egriga ajratishning mezoni sifatidagiyondashuvida ular nazariyalarning asosiy g`oyasi hisoblangan daromadlar faqatgina yerdan keladi deb hisoblashidir. Bizga ma`lumki daromadlar nafaqat yerdan, shuning bilan birgalikda capital va mehnat faoliyati davomida olinishi mumkinligini nazariy jihatdan asoslab berdi. Olinishi mumkin bo`lgan daromadlar tarkibining o`zgarishi tadbirkorlik daromadi va ish haqidan olinadigan soliqlarni ham to`g`ri soliqlarga, qolgan soliqlarni esa egri soliqlarga kiritish kerak degan xulosaga olib keldi. Natijada daromad – mulk (yer, uy, kasb, pu mablag`lari va shaxsiy mehnatdan) soliqlari to`g`ri soliqlar qatoriga xarajat soliqlari, ya`ni keng ma`nodagi iste`mol predmetlariga soliqlar esa egri soliqlar qatoriga kiritilishini, soliqlarni ushbu ko`rinishida to`g`ri va egriga ajratish shaxsning to`lov qobilyatidan, ya`ni uning daromadi va iste`moli o`rtasidagi aloqadan kelib chiqishini asoslab berdi. Soliqlar rivojlanish bosqichlarida soliq tizimlari asosan to`g`ri soliqlarga asoslanib tuzilgan. Egri soliqlar tovar qiymatini oshirishini hisobga olib, ular ancha og`ir va xalq ahvoliga salbiy ta`sir qiladi deb hisoblangan. Shunga qaramasdan o`rta asrlarda egri soliqlarga ustuvorlik berilib, asosan iste`mol uchun birlamchi bo`lgan tovarlarga nisbatan qo`llanilgan (masalan, tuzga soliq). Egrisoliqlarga nisbatan ilk yondashuvga muvofiq egri soliqlar soliq to`lovchilar moliyaviy ahvolini yomonlashtirganligi uchun ularni keng joriy etish maqsadga muvofiq emas deb hisoblangan. O`rta asrlar oxirlarida paydo bo`lgan ushbu nazariyaga ikkinchi yondashuv esa, aksincha, egri soliqlarni joriy qilinishi zarurligini asoslab berdi. Egri soliqlar yordamida soliqqa tortishning teng sharoitlarini ta`minlash taklif etilib, boy tabaqa vakillari soliqlar bo`yicha turli imtiyozlarga ega bo`lganligi sababli ular oladigan daromadlar soliqqa tortilmay qolishini e’tirof etilgan holda, egri soliqqa tortishtarafdorlari soliqlarni tovar narxiga ustama shaklida belgilanishini yoqlab chiqdilar. Hattoki, A.Smit va D.Rikardolar ham egri soliqqa tortish tarafdorlari hisoblanishgan, ular uni ixtiyoriylik g`oyasi orqali asoslab berishdi. Bu g`oya egri soliqlar to`g`ri soliqlarga qaraganda yengilroq degan tasdiqdan kelib chiqadi, chunki ulardan egri soliqlarga tovarlarni xarid qilmasdan oson qochish mumkin degan xulosani beradi. Lekin XIX asr oxirida to`g`ri soliqlar tenglashtirish maqsadi uchun, egri soliqlar esa samarali tushumlarga erishish uchun mo`ljallanishi, ushbu masala bo`yicha hamma baxslashuvlar to`g`ri va soliqqa tortish o`rtasida o`zaro muvozanatni ta`minlash zarur degan xulosaga kelindi. Buning sababi sifatida aytish mumkinki, to`g`ri va egri soliqlarning har birini ijobiy va salbiy jihatlari o`rganildi. Shunga qaramasdan bu boradagi baxsli munozaralar bugungi kunga kelib ham davom etmoqda. Soliq tizimi barqarorligini ta`minlashda to`g`ri va egri soliqlarga oid bo`lgan nazariyalarni o`rganish, yondashuvlarni uyg`unlashtirgan holda tahlil qilish hamda respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda yondashish, to`g`ri va egri soliqlar o`rtasidagi maqbul nisbatni ta`minlashga qartilgan soliq tizimini takomillashtirish yo`nalishidagi muhim omillaridan biri hisoblanadi. Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga, to`lovchi bilan davlatning o`zaro munosabatlariga bevosita yoki bilvosita bog`liqligiga ko`ra to`g`ri va egri soliqlarga bo`linishiga doir zamonaviy yondashuvga muvofiq, to`g`ri soliqlar to`g`ridan-to`g`ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to`lanadigan yoki ta’rifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar egri soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishdan soliq summalarini olib, ularni davlatga o`tkazadi.4 Daromadlar oladigan (mol-mulkka va shu kabilargaegalik qiladigan) xo`jalik yurituvchi subyektlar to`g`ri soliqlarning pirovard to`lovchisi hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo`yiladigan tovarning iste`molchisi esa egri soliqlarning pirovard to`lovchisi hisoblanadi. Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga tortishda davlat Tovar yoki xizmatlarnig sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga o`z huquqlarini da`vo qilish bilan aslida yangi qiymatning taqsimlanishining ishtirokchisi bo`lib qoladi. Egri soliqlar to`g`ri soliqlardan farqli ravishda to`lovchining daromadi yoki mol- mulki bilan bevosita bog`liq bo`lmaydi. Tovarlar, odatda, shaxsiy iste`mol tovarlari, shuningdek xizmat ko`rsatish sohasining (sartaroshxonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) pullik aylanmasi, tomosha ko`rsatadigan va transport korxonalarining pattalari va shu kabilar soliqqa tortish obyekti bo`ladi. Egri soliqlarga tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam ko`payib bormoqda. Xaridor iste’molchi egri soliqlarning to`lovchisi bo`ladi. Tovarning sohibi yoki xizmatlar ko`rsatadigan shaxs aslida soliqni yeg`uvchi hisoblanadi. Egri soliqlarning anchagina qismi mulkdor tomonidan tovarning yoki xizmatlarning narxiga qo`shiladi. Davlat korxonalari va monopoliyalar soliqning butun summasiga narxlarni oshirish bo`yich ajuda kata imkoniyatlarga egadir. Tarmoq ichidagi raqobat yuksak bo`lganida va talab barqaror bo`lmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning ishlab chiqaruvchisi va sotuvchi tomonidan to`lanadi. Egri soliqlarning asosiy to`lovchisi pirovard oqibatda iste`molchilar bo`ladilar. Egri soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. Hamma fuqarolar o`z daromadlarining miqdoridan qat`iy nazar, bunday soliqlarni to`laydilar, chunki egri soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur bo`lgan tovarlarni iste`mol qilishadi va xizmatlardan foydalanishadi. Egri soliqlarning stavkalari qat`iy (Tovar o`lchamining birligiga) va foizli (tovarning narxiga muayyan hissada) bo`ladi. Foizli stavkalar davlat uchun ko`proq foydalidir, chunki narxlar oshganida soliq tushumlari ham ko`payadi. Soliq stavkalarining oshirilishi ularning tovarlar narxidagi hissasini ortishiga olib keladi. Soliqlarning ayrim turlarining nisbati jamiyatning rivojlanishiga qarab o`zgaradi. XIX asrda va XX asr boshida undirilishining soddaligi bilan ajralib turadigan egri soliqlar asosiy ahamiyat kasb etgan bo`lsa, 20-yillardan boshlab ko`pgina mamlakatlarda to`g`ri soliqlar ko`proq ahamiyat kasb eta boshladi. Ikkinchi jahon urushidan so`ng rivojlangan mamalakatlarning soliq tizimida to`g`ri soliqlar alohida ahamiyatga ega bo`lib qoldi, daromad solig`I va korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq ular ichida asosiy o`rin tutardi. Yuqoridagilarga asoslangan holda xulosa qilib aytish mumkinki, to`g`ri soliqlarni to`g`ridan to`g`ri soliq to`lovchilarni o`zi to`laydi, ya`ni soliqni huquqiy va haqiqiy to`lovchisi ham bitta shaxs hisoblanadi. Egri soliqlarni huquqiy to`lovchisi esa mahsulotni ortuvchilar, ish xizmatni bajaruvchilar hamda xizmat ko`rsatuvchilar, haqiqiy to`lovchisi esa iste’molchilar hisoblanadi.5 Respublikamizda amal qilayotgan soliqlar hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning qariyb uchdan bir qismini taqsimlab, budjetga jalb etadi va u orqali davlatning ijtimoiy zaruriy xarajatlarini moliyalashtirishga yo`naltiriladi. So`ngi yillarda to`g`ri soliqlarning salmog`i yalpi ichki mahsulotda biroz kamayib, egri soliqlar salmog`i oshgan. Bu holda to`g`ri tendetsiya mavjuddir, chunki egri soliqlar to`g`ridan-to`g`ri korxonaning investitsion faoliyatini susayishiga olib kelmaydi. Xulosa qilib aytganda, egri soliqlarning undirishning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati hamda egri soliqlarni budjet daromadlarida tutgan o`rni bilan qisqacha XULOSA Ushbu bitiruv malakaviy ishi egri soliqlar va ularning budjet daromadlarini shakllantirishdagi o’rniga bag’ishlangan bo`lib, egri soliqlarni undirishning nazariy jihatlari, mamlaktimizda egri soliqlarni budjet daromadlarini shakllantirishdagi o’rni va ushbu soliqlarni undirishning amaldagi holati tahlili, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida egri soliqlarni undirishni takomillashtirish masalalarini yoritib quyidagi xulosalarga keldik: - egri soliqlarning mohiyati, mazmuni hamda bu soliq bo`yicha olimlarning turli hil qarashlaridan kelib chiqib yanada mustahkamroq bilim va tushunchaga ega bo`lish mumkin; - davlat budjeti tarkibida asosiy o`rinni egri soliqlar egallar ekan. Egri soliqlarni o`zini tarkibini ko’rib chiqadigan bo’lsak ular tarkibida asosiy o’rinni qo’shilgan qiymat solig’i, hamda undan keyngi o’rinda aksiz va boj to’lovlari, hamda eng kam ulushni transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moli uchun soliq egallar ekan; - egri soliqlar ichida boj to`lovlari va transport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moli uchun soliqlarni yildan yilga o`sish tendentsiyasiga ega ekanligini ko`rdik, bu esa respublikamizda xo’jalik yurituvchi subyektlarning va aholining tashqi savdo operatsiyalarni rivojlanib borayotganidan, hamda so’nggi yillarda yurtimizda transport vositalari ko`payganligi sababli, mazkur yoqilg’i mahsulotlariga talabning oshib borayotganligidan dalolat beradi. Bu esa ijobiy ko`rsatkich hisoblanishini yana bir bor guvohi bo`ldik; - ikkinchi bobda egri soliqlarning undirishning amaldagi holati tahliliga bag‘ishlangan bo`lib buni biz Horazm viloyati Yangibozor tumani ma`lumotlari asosida ko`rib chiqdik va xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Horazm viloyati Yangibozor tumani mahalliy budjetidagi egri soliqlar tarkibida ham qo`shilgan qiymat solig`i asosiy o`rinni tashkil etar ekan; Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib quyidagi taklif va tavsiyalarimizni berishimiz mumkin: Download 31.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling