Mavzu: Soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblar auditi


Download 109.77 Kb.
bet7/12
Sana17.06.2023
Hajmi109.77 Kb.
#1551322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Auditorlik tanlash kurs ishi

Auditorning tekshiruv dasturi

Muolajalar ro’yxati

Ma’lumotlar manbasi

Ishbay ishlovchi xodimlar ish mahsuli hisobining tashkil etilishi va nazorati hamda ish haqi hisoblanishini tekshirish

Naryadlar, marshrut varaqalari, tabellar, ish mahsuli me’yorlari, ishbay haqlar

Vaqtbay va boshqa haq to’lash turlari bo’yicha hisob-kitoblarni teshirish

Тasdiqlangan tarif stavkalari, lavozim maoshlari, tabellar

Ish haqidan ushlab qolishlar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish

Hisob-kitob-to’lov qaydnomalari, jurnal-orderlar, buyruqlar va boshqalar

Хodimlar bo’yicha tahliliy hisob-kitob yuritilishini tekshirish

SHaxsiy kartochkalar, qaydnomalar, mashinogrammalar

Mehnatga haq to’lash bo’yicha schyotlar to’g’ri korrespondentlanganligi va yig’ma hisob-kitobni tekshirish

Qaydnomalar, jurnal-orderlar, mashinogrammalar

Ijtimoiy ehtiyojlar bo’yicha to’lovlar to’g’ri hisoblanganligini tekshirish

Тo’lov qaydnomlari, mashinogrammalar

Ish haqi bo’yicha deponentlangan summalarni tekshirish

Deponent varaqlari, deponentlangan ish haqini hisobga olish daftari

Soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining miqdori yil boshidan e’tiboran ortib boruvchi yakun tarzida hisoblanadi.


Quyidagilar jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadiga kiritilmaydi: Ijtimoiy nafaqalar, ishsizlik bo’yicha nafaqalar va mehnat shartnomasi bekor qilinganda to’lanadigan ishdan bo’shatish nafaqasi, homiladorlik va tug’ish nafaqalari,shuningdek xayriya va ekologiya jamg’armalari mablag’laridan fuqarolarga pul va natura shaklida beriladigan nafaqalar hamda boshqa yordam pullari; olinadigan alimentlar; stipendiyalar;davlat pensiyalari;jismoniy shaxslarning xususiy mulk huquqi asosida o’zlariga qarashli bo’lgan mol-mulkni sotish natijasida oladigan summalari;shaxslarning shaxsiy yordamchi xo’jalikda yetishtirgan chorvachilik va dexkonchilik maxsulotlarini sotishdan olgan daromad summasi; davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar bo’yicha yutuqlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizlar; fuqarolarning sug’urta bo’yicha oladigan summalari; banklardagi omonatlar va davlat xazina majburiyatlari bo’yicha foizlar va yutuqlar. Jismoniy shaxslarga to’lanadigan dividendlar va foizlarga 15 foizlik stavka bo’yicha to’lov manbaida soliq solinadi.



Byudjet bilan hisob-kitoblarning buxgalterlik hisobi byud­jetga qarzlar bo’yicha to’lovlar (turlari bo’yicha) schyotida olib bori­ladi. Hisoblangan soliq 6410- “byudjetga qarzlar bo’yicha to’lovlar hisobi” schyotining kreditida va 9800- “soliq va yig’im­larni to’lash uchun foydani ishlatish hisobi” schyotining debetida aks ettiri­ladi. O’tkazilgan soliq summalari 6410- “byudjetga qarzlar bo’yicha to’lov­lar hisobi” schyotining debetida va 5110- “pul vositalari hisobi” schyotining kreditida aks ettiriladi.


Download 109.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling