Mavzu: Soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblar auditi
Download 109.77 Kb.
|
Auditorlik tanlash kurs ishi
Auditorning tekshiruv dasturi
Soliq solish maqsadlari uchun eng kam ish haqining miqdori yil boshidan e’tiboran ortib boruvchi yakun tarzida hisoblanadi. Quyidagilar jismoniy shaxslarning soliq solinadigan daromadiga kiritilmaydi: Ijtimoiy nafaqalar, ishsizlik bo’yicha nafaqalar va mehnat shartnomasi bekor qilinganda to’lanadigan ishdan bo’shatish nafaqasi, homiladorlik va tug’ish nafaqalari,shuningdek xayriya va ekologiya jamg’armalari mablag’laridan fuqarolarga pul va natura shaklida beriladigan nafaqalar hamda boshqa yordam pullari; olinadigan alimentlar; stipendiyalar;davlat pensiyalari;jismoniy shaxslarning xususiy mulk huquqi asosida o’zlariga qarashli bo’lgan mol-mulkni sotish natijasida oladigan summalari;shaxslarning shaxsiy yordamchi xo’jalikda yetishtirgan chorvachilik va dexkonchilik maxsulotlarini sotishdan olgan daromad summasi; davlat zayomlarining obligatsiyalari va lotereyalar bo’yicha yutuqlar, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha foizlar; fuqarolarning sug’urta bo’yicha oladigan summalari; banklardagi omonatlar va davlat xazina majburiyatlari bo’yicha foizlar va yutuqlar. Jismoniy shaxslarga to’lanadigan dividendlar va foizlarga 15 foizlik stavka bo’yicha to’lov manbaida soliq solinadi. Byudjet bilan hisob-kitoblarning buxgalterlik hisobi byudjetga qarzlar bo’yicha to’lovlar (turlari bo’yicha) schyotida olib boriladi. Hisoblangan soliq 6410- “byudjetga qarzlar bo’yicha to’lovlar hisobi” schyotining kreditida va 9800- “soliq va yig’imlarni to’lash uchun foydani ishlatish hisobi” schyotining debetida aks ettiriladi. O’tkazilgan soliq summalari 6410- “byudjetga qarzlar bo’yicha to’lovlar hisobi” schyotining debetida va 5110- “pul vositalari hisobi” schyotining kreditida aks ettiriladi. Download 109.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling