Mavzu: “Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish Reja: 1


Bevosita soliqlar  (To`g`ri soliqlar)


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana30.08.2020
Hajmi0.66 Mb.
#128127
1   2   3   4
Bog'liq
1-Мавзу


 

Bevosita soliqlar 

(To`g`ri soliqlar

 

Yuridik shaxslardan olinadigan 



foyda solig`i 

Qo`shilgan qiymat solig`i 

Aksiz solig`i 

Jismoniy shaxslardan olinadigan 

daromad solig`i 

 

Yer qaridan foydalanuvchilar uchun soliqlar 



 

 

Ўзбекистонда солиқ 

ставкаларининг пасайтирилиши 

 

Солиқ 



ва 

бошқа 


мажбурий 

тўловлар тури 

2

000 


йил 

2012 


йил 

Юридик шахслардан 

олинадиган 

фойда 


солиғи 

3



Жисмоний 

шахслардан 

олинадиган  даромад 

солиғи 

15%, 


25%, 

36%, 


40% 

9%, 


16%, 

22% 


Микрофирма 

ва 


кичик 

корхоналар 

учун  ягона  солиқ 

тўлови 


1

5



/6 

Юридик 


шахсларнинг 

мол-


мулкига 

солинадиган солиқ 

4

,0 


3

,5 


Ягона 

ижтимоий тўлов 

4



2



ар 


Suv resurslaridan foydalanganlik 

uchun soliq 

Mol-mulk solig`i 

 

Yer solig`i 



 

         Ijtimoiy soliq 

 


 

Soliq va soliqlarga tortish 

Egri  soliqlarning  ijobiy  tomoni  shundaki,  ular  respublikada  ishlab  chiqarilgan  tovarlarni 

respublikadan  tashqariga  chiqib  ketishini  chegaralaydi,  mamlakat  ichida  tovarlarning  serob 

bo‘lishiga  yordam  beradi  hamda  inflyatsiya  darajasini  (muomaladagi  ortiqcha  pul  massasini) 

birmuncha  jilovlab  turadi.  Egri  soliqlar  stavkasining  asosli  ravishda  oshirilishi  korxonalar 

faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘g‘ridan–to‘g‘ri ta’sir etmaydi,  ya’ni investitsion faoliyatini 

qisqartirmaydi.  Ammo  soliq  stavkasi  ilmiy  asoslanmasdan    oshirib  yuborilsa  bunday  holatda 

korxonalar o‘z tovarlarini sotish qiyinchiligiga duch kelishlari mumkin. 

 

 



 

Budjetga tushishiga ko`ra soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga ajratiladi. (2-chizma)  

                                                                                                                             

                 2-chizma 

 

 

 



         5.  Mamlakatimizda qisqa muddat ichida soliq  solishning  yaxlit  holdagi normativ-huquqiy 

bazasi  yaratilib,  1991  yilda  “O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolaridan,  ajnabiy  fuqarolardan  va 

fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘i  to‘g‘risida”  hamda  “Korxonalar, 

birlashmalar  va  tashkilotlardan  olinadigan  soliqlar  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi 

qonunlari qabul qilindi. Shu bilan birga, 1991 — 1995 yillar davomida sobiq ittifoqda o‘ziga xos 

an’ana  tusiga  kirgan  hamda  korxonalarning  iqtisodiy  holatini  hisobga  olmagan  holda,  xo‘jalik 

yurituvchi  organlar,  kooperativ  va  jamoat  tashkilotlaridan  daromad  solig‘i,  shuningdek,  davlat 

korxonalari  olgan  foydadan  undiriladigan  hamda  mutlaqo  fiskal  tusga  ega  bo‘lgan  to‘lovlar 

yig‘ishdan  voz  kechish  yo‘li  bilan  ishlab  chiqarishni  rag‘batlantirish,  yangi  ish  o‘rinlarini 

yaratishni  qo‘llab-quvvatlashga  e’tibor  kuchaytirildi.  Shular  qatorida  aslida  soliq  tusiga  ega 

bo‘lmagan,  go‘yoki  narxlarni  tartibga  soluvchi  mexanizm  sifatida  qaralgan  va  har  bir  tovarga 

yakka  tartibda  belgilangan  narx  qismi  bo‘lgan  oborotga  solinadigan  soliq  bekor  qilindi.  Sobiq 

ittifoq  davridagi  bo‘ydoqlar,  yolg‘izlar  hamda  kam  bolali  fuqarolarga  solinadigan  soliqlar, 

shuningdek,  eksport  va  import  operatsiyalaridan  undiriladigan  to‘lovlarga  ham  barham  berildi. 

Respublika budjetiga 

yo`naltiriladigan soliqlar 

 

 

Mahalliy budjetiga 



yo`naltiriladigan soliqlar 

 

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda 



solig’i 

 

Qo’shilgan qiymat solig’i 



 

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 

solig’i 

 

Aksiz solig’i 



 

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun 

soliq 

 

Mol-mulk solig’i 

 

Yer qaridan foydalanganlik uchun soliq  



 

Yer solig’i 



 

Budjetga tushishiga ko`ra soliqlarning guruhlanishi 

 


 

Soliq va soliqlarga tortish 

Aksincha, mazkur to‘lovlarning o‘rniga bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, masalan, 

sub’yektlarning amalda  olgan daromadi  hisoblangan korxonalarning daromadlariga solinadigan 

soliq,  qo‘shilgan  qiymat  solig‘i,  aksiz  solig‘i  singari  yangi  turdagi  soliqlar  amaliyotga  joriy 

etildi.  Eng  muhimi,  tadbirkorlik  faoliyatini  rivojlantirishni  rag‘batlantirish  maqsadida  soliq 

imtiyozlari  berilib,  soliqdan  to‘liq  yoki  qisman  ozod  bo‘lishga  asoslangan  yangi  mexanizmlar 

qo‘llanila  boshlandi.  Yurtimizda  1994  yilda  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq 

qo‘mitasining  tashkil  etilishi  milliy  soliq  tizimini  shakllantirishda  tom  ma’noda  yangi  davrni 

boshlab  berdi.  1995  —  2005  yillari  soliq  tizimini  oqilona  yuritish  bosqichiga  to‘g‘ri  kelib, 

mazkur  jarayonda  respublikaning  soliq  qonunchiligiga  asos  solindi  va  uning  huquqiy  bazasi 

mustahkamlandi.  Davlat  soliq  xizmati  organlari  faoliyatiga  qonuniy  maqom  berish,  uning 

huquqiy  asoslarni  belgilash  hamda  soliq  to‘lovchilarning  huquq  va  majburiyatlarini  aniq 

shakllantirish  maqsadida  1997  yilda  O‘zbekiston  Respublikasining  “Davlat  soliq  xizmati 

to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunga muvofiq, davlat soliq organlari zimmasiga 

soliqlar  hamda  boshqa  majburiy  to‘lovlarning  budjetga  to‘liq  va  o‘z  vaqtida  tushishini 

ta’minlashdek  eng  muhim  davlat  vazifasi  yuklandi.  Shuningdek,  1997  yilda  tizimda  yagona 

huquqiy  asos  sifatida  O‘zbekiston  Respublikasining  Soliq  kodeksi  qabul  qilindi.  

Shuni  aytish  kerakki,  Istiqlol  yillarida  mustaqil  mamlakatimizning  soliq  siyosatini  belgilab 

beruvchi  39  ta  qonun,  davlatimiz  rahbarining  44  ta  farmoni  va  96  ta  qarori  hamda  Vazirlar 

Mahkamasining  233  ta  qarori  qabul  qilindi.  Ularning  orasida  bevosita  davlat  soliq  xizmati 

organlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan 32 ta qonun hujjati ham mavjud. 

Bu,  ta’kidlanganidek,  tizimning  puxta  va  ishonchli  qonunchilik  bazasini  shakllantirish 

imkoniyatini  yaratdi.  Shunday  qilib,  chorak  asr  davomida  O‘zbekistonda  iqtisodiy-ijtimoiy 

islohotlarni  samarali  amalga  oshirishga  ko‘maklashuvchi  to‘laqonli  soliq  tizimini  yaratishga 

erishildi. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquqning teng huquqli sub’yekti sifatida dunyodagi 

boshqa  davlatlar  bilan  soliq  solish  sohasidagi  o‘zaro  munosabatlarning  shartnomaviy-huquqiy 

bazasini  mustahkamlash  siyosatini  izchil  olib  bormoqda.  1993  yildan  buyon  Davlat  soliq 

qo‘mitasi  tomonidan  Rossiya,  Germaniya,  Italiya,  Shveysariya,  Niderlandiya,  Xitoy,  Koreya 

Respublikasi, Sloveniya, Irlandiya, Ispaniya va boshqa qator davlatlar bilan ikkiyoqlama soliqqa 

tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishning oldini 

olish  to‘g‘risida  52  ta  bitim  imzolangani  ana  shu  sa’y-harakatlar  samarasidir.  2005  yildan 

boshlab yurtimizda jamiyatni demokratlashtirish hamda yangilash borasida tub o‘zgarishlar davri 

boshlandi.  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo‘shma 

majlisida  davlatimiz  rahbari  tomonidan  ustuvor  yo‘nalishlar  qatorida  iqtisodiyotni  isloh  qilish 

bo‘yicha  belgilab  berilgan  vazifalarni  amalga  oshirish  bilan  bir  qatorda,  iqtisodiyotni 

modernizatsiyalash, soliq siyosatini takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni har 

tomonlama qo‘llab-quvvatlash singari muhim masalalar belgilab olindi. Shulardan kelib chiqqan 

holda,  soliq  tizimini  takomillashtirish,  soliq  to‘lovlarini  unifikatsiya  qilish,  soliq  stavkalarini 

pasaytirish  hamda  soliqlarning  rag‘batlantiruvchi  rolini  oshirish  yo‘nalishlarida  keng  ko‘lamli 

ishlar  ro‘yobga  chiqarildi.  Yangi  tahrirdagi  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ta’sir  kuchiga  ega  bo‘lgan,  soliq 

solish masalalari bo‘yicha amaliyotda sinalgan  xalqaro tamoyil va  yondashuvlar asosida ishlab 

chiqilgan  O‘zbekiston  Respublikasining  Soliq  kodeksi  qabul  qilindi.  U  2008  yilning  1 

yanvaridan kuchga kirdi. 

1990  yil  oxiridayoq    Respublikada  soliq  organlari  va  umuman  soliq  tizini  barpo  etish 

buyicha  ishlab  boshlangandi  .O’zbekiston  Respublikasi  Perzidenti  qoshidagi  Vazirla 

Mahkamasining  “O’zbekston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  qoshida  Davlat  bosh  moliya-soliq 

boshqarmasini tashkil etish tug’risida” gi qarori  qabul qilindi.(1990 yil 17 dekabr ).Respublika 

Oliy  Kengashi  1991  yil  14  iyunda  “O’zbekiston  Respublikasi  davlat  soliq  organlari  to’g’risida 

”gi  Nizomni  tasdiqladi  va  1991  yil  12  avgustda  Vazirlar  Mahkamasining  217-son  varori 

bilan”O’zbekiston Respublikasi davlat soliq organlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.1991 yil 

12  avgustdan  soliq  organlarining  respublika  mustaqil  davlat  soliq  xizmati  faoliyati 

boshlandi.O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasining  maqomi,  asosiy  vazifalari, 

funktsiyalari  vakolat  doirasida  va  faoliyatinig  tashkiliy  asoslari  O’zbekiston  Respublikasi 



 

Soliq va soliqlarga tortish 

Prezidentining 1994 yil 18 yanvardagi “O’zbekiston respublikasi vazirlar Mahkamasi qoshidagi 

davlat soliq bosh boshqarmasini O’zbekiston Respulikasi soliq qo’mitasiga aylantirish to’g’risida 

”  gi  farmoniga  muvofiq  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkasmasi  1994  yil  18  martda 

qabul  qilingan  “O’zbekiston    Respublikasi  Davlat  soliq  qo’mitasini  tashkil  etsh  va  faoliyat 

ko’rsatish masalalari to’g’risida”gi 114-son qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi 

davlat  soliq  qo’mitasi  to’g’risidagi  Nizom”  ga  binoan  belgilandi.Unga  asosan  Davlat  soliq 

qo’mitasi  soliq  va  bojxona  siyosatini  amalga  oshirish  ,  shuningdek  davlatning  iqtisodiy 

manfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta’minlash sohasida davlat nazorati organi ekanligi 

belgilab  qo’yildi.1997  yil  29  avgustda  qabul  qilingan  “Davlat  soliq  xizmati  to’g’risida”gi 

qonuniga ko’ra soliq organlarining asosiy funksiyalari  va aniqlashtirildi. 

 

Amalga  oshirilib  kelingan  soliq  siyosati    O‘zbekiston  Respublikasi    Birinchi  Prezidenti 



Islom  Karimovning  respublika  iqtisodiy  rivojlanishining  besh  tamoyili,  ustivor  yo’nalishlari 

yotadi.  Respublika  davlat  soliq  siyosatini  ana  shu  tamoyillardan  kelib  chiqib  soliq  sohasidagi 

chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

10

 



 

Mustaqillik  yillarida  soliq  tizimini  islohoti  rivojlanishini  yaqqol  ko’rsatish  uchun  shu 

davrni uch bosqichga bo’lib ko’rsatish mumkin. 

Birinchi  bosqich  1991-1994  yillar  O’zbekistonning  o’z  soliq  tizimini  tashkil  etish  va 

soliqlarning  xazinaviy  ahamiyatini  oshirish  bosqichidir.Respublikamiz  o’z  soliq    tizimini 

yaratishda  1991  yil  15  fevralda  qabul  qilingan  “Korxonalar,  tashkilotlar  va  birlashmalardan 

olinadigan  soliqlar  to’g’risida  ”  gi  qonun  birinchi  qonun  bo’ladi.U  o’zida  birinchi  marta  soliq 

tizimining  tuzilishi  va  ishlashining  umumiy  asoslarini  aniqlab  berdi,  soliqlarni  hisoblash  va 

undirish tartibini o’rnatdi. 

 

1992  yil  9  dekabrda  qabul  qilingan  “O’zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  ,  chet  el 



fuqarolari va fuqaroligi  bo’lmaganlardan olinadigan daromad solig’i to’g’risida”gi qonunga bir 

qancha o’zgarishlar bilan qabul qilindi.Bu qonunga ko’ra soliq ob’yekti kengaytirildi, ya’ni ilgari 

daromad  solig’ini  jamoa  ho’jaligi  orqali  to’lab  yurgan  jamoa  a’zolari  to’g’ridan  to’g’ri  o’zlari 

to’laydigan bo’ldilar. 

 

1993  yil  7  mayda  O’zbekiston  Respublikasining  “Mahalliy  soliqlar  va  yig’imlar 



to’g’risida”gi  qonuni  qabul  qilindi.Bunday  soliqlarga  jismoniy  shaxslarning  mulk  solig’i  ,  yer 

solig’i , kurort  zonalarida o’ylab chiqarish ob’yektlari qurilish solig’i, reklama solig’i, avtomobil 

vositalarini qayta sotish solig’i , transport vositalarini egalaridan soliqlar va har xil 13-ta xar xil 

yig’imlar kiritildi. 

 

Korxonalar soliqlari to’g’risidagi qonunga 1993 yil 7 mayda o’zgarishlar kiritilib chet el 



valyutasida  olinadigan  tushumdan  soliq  joriy  etildi.Bu  soliqdan  Respublika  valyuta  fondiga 

ajratma  avval  25  %,  keyninchalik  10  %  qilib  belgilandi.Demak  soliq  islohotining  birinchi 

bosqichida  soliqlarning  xazinaviy  samaradorligiga  erishish  chora  tadbirlari  keng  amalga 

oshirildi,O’zbekistonning o’z soliq tizimi joriy etildi.Xazinani to’ldirish , shuningdek resurlardan 

oqilona  foydalanishni  ta’minlash  maqsadida  6  foizli  resurslar  solig’i  joriy  etildi.Shuningdek 

1991 yil 15 fevraldagi    “O’zbekiston Respublikasi fuqarolari , chet el fuqarolari va fuqaroligi 

bo’lmaganlardan  olinadigan  daromad  solig’i  to’g’risida”gi  qonunga  ham  bir  qator  o’zgarishlar 

kiritildi. 

 

Soliq islohotining ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodi talablariga moslashtirish va 



korxonalarning ishlab chiqarishni rag’batlantirishga qaratish davridir.Bu davrga 1995-1997 yillar 

to’g’ri keladi. 

 

Bu  davrda  soliqlar  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirishga  ta’sirini  kuchaytirishga 



bag’ishlandi.Ularga  soliqlardan  xilma-xil  imtiyozlar  berildi.Ayniqsa  yuridik  shaxslarning 

daromad(foyda)  solig’i  bo’yicha    har  hil  soliqlar  joriy  etildi.Xalq  xo’jaligini  iqtisodiy  jihatdan 

barqarorlashtirish  va  tuzilmaviy  jihatdan  qayta  qurish  soliq  tizimini  isloh  qilishni  talab  etdi  va 

ko’plab  korxona  va  tashkilotlarning  foyda  solig’ini  daromad  solig’i  to’lashga  o’tishi  amalga 

oshirildi.Uning  o’rtacha  stavkasi  37  foiz  etib  belgilandi.Soliq  to’lovchilari  uchun  imtiyozlar 

                                                 

10

 Қ.Яхъёев “Солиққа тортиш назарияси ва амлиёти” Т: “Фан ва технологиялар маркази” 2005 й , 30-бет 



 

Soliq va soliqlarga tortish 

kengaytirilib  borildi.1995  yildan  boshlab  soliq  tizimini  birxilashtirish  boshlandi.Bir  qator  kam 

samarali  soliqlar:  respublika  tashqarisiga  olib  chiqiladigan  xom  ashyo  resurslari  uchun  soliq  , 

hisoblab  yozilga  amortizatsiyadan  byudjetga  30foiz  undirish  va  boshqalar  bekor  qilindi.Jamoa 

ho’jaligi  a’zolari  va  xalq  xo’jaligining  boshqa  sohalarida  ishlayotganlar  uchun  soliqqa 

tortishning  yagona  tartibi  o’rnatildi.,  ya’ni  jamoa  ho’jaligi  a’zolari  mehnatiga  hak  to’lash 

jamg’armasini  soliqqa  tortish  bekor  qilindi  va  ularga  nisbatan  fuqarolar  daromad  solig’i 

to’g’risidagi  qonunchilik  tadbiq  etildi.Fuqarolar  daromadiga  solinadigan  soliq  shkalasi 

o’zgartirildi. 

 

Sarmoyadorlar  uchun  rag’batlantirishlar  soliq  tizimining  barqarorlashuviga  ko’mak 



berdi.1996  yilning  1  yanvarigacha  ro’yhatdan  o’tkazilgan  xorijiy  sarmoya  ishtirokidagi 

korxonalarga  soliqqa  tortish  tizimida    daromad  yoki  foydani  soliqqa  totishni  tanlash  huquqi 

taqdim etildi, boshqa barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar esa daromad solig’iga o’tkazildi. 

Soliqlarni  bozor  munosabatlarida  qatnashishini  kuchaytirish  uchun  ularning  hammasi 

uchun  yagona  huquqiy  asos  O’zbekiston  Respublikasining  Soliq  kodeksi  1997  yil  24  aprelda 

qabul qilindi. 

 

Soliq kodeksini qabul qilinishi soliq qonunchiligini mustahkamlabgina qolmay, soliqlarni 



mahsulotlarni  eksportini  ,  import  tovarlar  o’rniga  mahsulotlar  ishlab  chiqarishni  ,  nogironlarni 

ishlab  chiqarishga  qatnashishini,  mehr  –  muruvvat  ishlarini  rag’batlantirish  vazifasini 

kuchaytirdi.  

 

Soliq  islohotlarini  uchinchi  bosqichi  1998  yildan  hozirgi  vaqtgacha  davom  etmoqda.Bu 



bosqichni  soliq  tizimida  soliqlarni  ixchamlashtirish  kontseptsiyasining  boshlanish  davri  deb 

atash mumkin. 

 

Bu  bosqichda  soliq  to’lovchi  yuridik  shaxslarga  imkoni  boricha  soddalashgan  , 



ixchamlashgan,  soliq  tizimi  joriy  etilib  ,ularning  soliq  hisoblari  ,  hisobotlarini,soliq  to’lash 

muddatlarini ixchamlashtirildi. 

 

Ixchamlashtirilgan  soliq  to’lashga  o’tishning  huquqiy  asoslari  qishloq  xo’jaligi  tovar 



ishlab  chiqaruvchilari  uchun  yagona  yer  solig’i  O’zbekiston  Respublikasi  I  Prezidentining 

“Qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilari  uchun  yagona  yer  solig’ini  joriy  etish 

to’g’risida”gi 1998 yil 10 oktyabrdagi PF-2086 –son Farmoni bilan 1999 yildan boshlab , kichik 

korxonalar  uchun  yagona  soliq  to’lash  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  mahkamasining 

“Kichik  korxonalar  uchun  ixchamlashtirilgan  soliqqa  tortish  tizimiga  o’tishni  qo’llash 

to’g’risida”  gi    qaroriga  asosan  1998  yildan  boshlab  va  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  “Savdo  va  umumovqatlanish    korxonalarini  soliqqa  tortish  tizimini 

takomillashtirish  to’g’risida”gi  Farmoni  bilan    svdo  va  umumovqatlanish  korxonalari  1998 

yildan boshlab yalpi daromaddan soliq va mulk solig’ini to’laydigan bo’ldilar. 

 

Soliq tizimini ixchamlashtirish soliq hisoblovchi xodimlar , davlat soliq idoralari va bank 



xodimlarining ko’p minglab soat vaqtlarini iqtisod qilishga , ularni korxonalar faoliyati tahliliga 

bag’ishlashga imkon yaratmoqda. 

 

Kichik  korxonalarning  mamlakat  ichki  mahsulot  ishlab    chiqarishidagmi  salmog’i  ortib 



bormoqda. 

 

Soliq  tizimining  taraqqiyoti  mamlakatdan  iqtisodiy  islohotlar  bilan  hamqadam 



borayotganligini aytib o’tishga hojat yo’q . 

 

1997  yil  24  aprelida  O’zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksining  tasdiqlanishi  soliq 



tizimini  isloh  etishning  hozirga  qadar  amalga  oshirilayotgan  uchinchi  bosqichining  boshlanishi 

ifodasi ekanligi tamoman qonuniy holdir. 

 

Soliq  kodeksi  amalga  kiritilishi  bilan  soliqqa  tortishning  barcha  asos  bo’luvchi 



me’yorlarini  yagona  hujjatga  jamlash  :  soliq  imtiyozlarini  tizimlashtirish,  foyda,  mol-mulk, 

qo’shilgan qiymat solig’ini hisobga olish va soliqqa tortish tizimini joriy etishga imkon yaratildi. 

 

Uchinchi  bosqichda  yuridik  shaxslarga  ,  birinchi  navbatda  kichik  va  o’rta  korxonalar 



uchun soliqqa tortish , hisobga olish va hisobotning soddalashtirilgan tizimi barpo etildi.Kichik 

korxonalar  ixtiyoriy  asosda  umudalat  va  mahalliy  soliqlar  o’rniga  yagona  soliq  to’lay 

boshladilar. 


 

Soliq va soliqlarga tortish 

 

2002  yildan  boshlab  davlat  soliq  siyosatida  mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  korxonalardan 



soliq  og’irligini  yanada  kamaytirish,  chetga  qat’iy  almashtiriladigan  valyutada  mahsulotni 

eksport qilganlargaham daromadga soliqdan, ham mulk solig’idan pasaytirilgan  regoessiv soliq 

stavkasi  qo’llash  siyosatini  yurgizish  joriy  etila  boshlandi.Soliqlar  tizimida  to’g’ri  soliqlar 

salmog’ini  kamaytirilishi  va  egri  soliqlar  salmog’in  oshirishga  mo’ljallangan  siyosat  yuritish 

ko’zda  tutilgan.Shu  bilan  birga  soliq  qonunchiligi  takomillashtira  borildi,  hamma  soliqlar 

bo’yicha yo’riqnoma va nizomlar qaytadan ishlab chiqildi. 

 

2003 yildan boshlab samarasiz, byudjetga tushushini qiyinlashtiradigan quyidagi soliqlar 



va  to’lovlar  beor  qilindi.Bular  :  reklama  soliqi  ,  avtotranport  vositalarini    olib  sotish  solig’i  , 

me’yoridan  ortiq  sotilmagan  tayyor  mahsulotlar    qoldig’i  uchun  2  foizli  haq,  hamda  tabiatni 

ifloslantiruvchi chiqindlarni joylashtirish haqlardir.2003 yildan broshlab 2002 yilda joriy etilgan 

chakana savdo sohasida faoliyat ko’rsatuvchi mikrofirma va kichik korxonlar uchun belgilangan 

daromaddan  yagona  soliq  ,  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  korxonalari  uchun  yalpi  tushumdan 

yagona  soliq  solish  davom  ettirildi.Soliq  bazalari  va  stavkalariga  ham  o’zgarishlar 

kiritilgan.Kichik biznes sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2005 yil 1 iyuldan boshlab 

yagona  soliq  to‘lovijoriy  etilishi  soddalashtirilgan  soliq  tizimini  takomillashtirish  masalasidagi 

asosiy o‘zgarish sifatida baholandi. 

 

2008  yil  1  yanvaridan  yangi  Soliq  kodeksini  amalga  kiritilish  Soliq  tizimini  rivojlanish 



bosqichidagi  yangi  sahifani boshlab berdi. Soliq tizimi yanada unifikatsiya qilindi.Soliq yukini 

kamaytirish izchillik bilan davom ettirilmoqda.      

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2018  yil  13  fevraldagi  “Soliq  qonunchiligini 

tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” F-5214-son Farmoyishiga 

asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi "Soliq ma’muriyatchiligini 

tubdan  takomillashtirish,  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlarning  yig‘iluvchanligini  oshirish 

chora-tadbirlari  to‘g‘risida"gi  farmoni  talablarini  amalga  oshirish  borasida  ko‘rilayotgan  chora-

tadbirlar  asosida  respublika  va  mahalliy  budjetlar  daromadlarini  oshirishning  qo‘shimcha 

zahiralarini  aniqlash,  soliq  ma’muriyatchiligi  jarayoniga  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini  joriy  etish,  xorij  mamlakatlarining  soliq  qonunchiligi  va  ma’muriyatchiligi 

sohasidagi  sinalgan ilg‘or  yutuqlarini  joriy   qilish  ishlarini   amalga oshirish  zaruriyatini  paydo 

qilmoqda. 

Farmonga  asosan  soliq  ma’muriyatchiligi  va  soliqqa  tortishning  zamonaviy  usullarini, 

soliqlarning  to‘liq  yig‘iluvchanligi  va  budjetga  o‘z  vaqtida  tushishi  ustidan  samarali  nazorat 

mexanizmlarini joriy etish orqali soliq-budjet siyosatini yanada takomillashtirish, budjet jarayoni 

shaffofligi  darajasini  oshirish  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksining  yangi 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling