Mavzu: “Soliqlar va soliqqa tortish” faniga kirish Reja: 1


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana30.08.2020
Hajmi0.66 Mb.
#128127
1   2   3   4
Bog'liq
1-Мавзу

tahriri  loyihasini  tayyorlash,  soliq  qonunchiligi  va  soliq  ma’muriyatchiligini  takomillashtirish, 

tegishli  me’yoriy-huquqiy  hujjatlar  loyihalarini  ishlab  chiqishda  umume’tirof  etilgan  xalqaro 

norma va standartlar talablari  hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga javob beradigan normalar 

yaratilishi, soliq nazoratining xorijda keng qo‘llanilayotgan ilg‘or va sinalgan shakl va usullarini 

joriy etishni hisobga olgan, jumladan, xalqaro ekspert va maslahatchilarni jalb qilgan holda soliq 

ma’muriyatchiligi  mexanizmlarini qayta ko‘rib  chiqish, respublika strategik  manfaatlari hamda 

amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning bugungi bosqichini hisobga olgan holda, 

soliq sohasidagi xalqaro-huquqiy normalarni milliy soliq qonunchiligiga implementatsiya qilish, 

shuningdek,  samarali  davlat  soliq  siyosatini  amalga  oshirish,  soliqqa  tortish  va  soliq 

ma’muriyatchiligi  masalalarini  tartibga  soluvchi  me’yoriy-huquqiy  hujjatlardan  ikki  xil  talqin 

qilinishi mumkin bo‘lgan normalarni chiqarib tashlash maqsadida ularni inventarizatsiya qilish, 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalarni ko‘paytirgan holda, soliq qonunchiligini unifikatsiya 

qilish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish hamda 

soliq to‘lovchilar huquqlarining himoyasini izchil ta’minlash, soliqlar yig‘iluvchanligi darajasini 

oshirish, davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliq va yig‘imlarning to‘liq hajmda 

tushishini  ta’minlash,  soliqqa  tortilishdan  bo‘yin  tovlash  imkoniyatini  istisno  qilish,  xo‘jalik 

yurituvchi  sub’yektlarning  umumiy  soliq  yukini  pasaytirish,  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  va 

xizmat  ko‘rsatish  sohasida  soliqlarning  rag‘batlantiruvchi  rolini  kuchaytirish,  resurslardan 



 

Soliq va soliqlarga tortish 

oqilona va tejamli foydalanishni ta’minlash, samarasiz soliq va yig‘imlarni bekor qilish,kichik va 

yirik  biznes  sub’yektlarining  soliq  yukini  maksimal  darajada  barobarlashtirishga  xizmat 

qiladigan  usullarni  joriy  etish,  xorij  mamlakatlarining  ilg‘or  tajribasini  hisobga  olgan  holda 

amaldagi  soliqqa  tortish  tizimini  tanqidiy  o‘rganish  asosida  jismoniy  shaxslardan  olinadigan 

daromad  solig‘ini  hisoblab  chiqish  mexanizmini  soddalashtirish,  "soliq  imtiyozi"  va  "soliq 

preferensiyasi"  tushunchalarini  aniq  chegaralash,  vaqtincha  imtiyoz  berish  muddatlarini 

belgilash,  shuningdek,  samarasiz  va  eskirgan  soliq  imtiyozlarini  qayta  ko‘rib  chiqish  va  bekor 

qilish, tadbirkorlarga biznesning o‘rta muddatli istiqbolda rivojlanishini asosli ravishda prognoz 

qilish  imkoniyatiga  ega  bo‘lishlari  uchun  soliq  tizimining  barqarorligini  ta’minlashga  alohida 

e’tibor  qaratilishi  belgilandi.  Shuningdek    yetakchi  olim  va  yuqori  malakali  mutaxassislar  – 

ekspertlar, tadbirkorlik tuzilmalari va jamoat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda, jahonning 

ilg‘or tajribasini chuqur  o‘rganish  hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018  yil 16 

yanvardagi  "Moliya,  soliq  va  bojxona  organlari  faoliyatini  tanqidiy  o‘rganilishini  tashkil  etish 

to‘g‘risida"gi  farmoyishiga  muvofiq  soliq  organlari  faoliyatini  tanqidiy  o‘rganish  natijalari 

asosida birinchi bosqichda – 2018 yil 1 aprel kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi soliq-budjet 

siyosatini takomillashtirish konsepsiya loyihasini ishlab chiqish, ikkinchi bosqichda – 2018 yil 1 

iyul  kuniga  qadar  O‘zbekiston  Respublikasi  Soliq  kodeksi  yangi  tahriri  loyihasini  ishlab 

chiqishni ta’minlanishi belgilandi. 

Ta’kidlash  lozimki,  2018  yilga  mo‘ljallangan  soliq-budjet  siyosatining  asosiy 

yo‘nalishlarida  soliq  yukini  yanada  qisqartirish,  soliq  va  majburiy  to‘lovlar  miqdorini 

kamaytirish,  mahalliy  budjetlar  daromad  bazasini  mustahkamlash  va  ularning  mustaqilligini 

oshirish,  mablag‘lardan  oqilona  foydalanish  hamda  budjetga  tushumlarning  to‘liqligini 

ta’minlash belgilangani bilan ahamiyatlidir. Jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 

solig‘ini budjetga o‘tkaziladigan stavkalarining eng kam ish haqi miqdori 1 baravarigacha 0 foiz, 

1 baravaridan 5 baravarigacha 7,5 foiz, 5 baravaridan 10 baravarigacha 16,5 foiz, 10 baravaridan 

yuqori  22,5  foiz  qilib  belgilandi.  Avvalgi  yilda  esa  uchinchi  va  to‘rtinchi  pog‘onalari 

tegishliligicha 17 va 23 foizni tashkil etgan. Shuningdek, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya 

hisobvarag‘iga  ajratmalar  miqdorini  2  foizgacha  oshirish  hisobiga  ham  jismoniy  shaxslardan 

olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq  yuki  kamaytirilmoqda.  Ushbu ajratma miqdori 2017 

yilda  1  foizni  tashkil  etgan  edi.  Buning  natijasida  fuqarolar  shaxsiy  jamg‘arib  boriladigan 

pensiya  hisobvarag‘iga  ko‘proq  miqdorda  mablag‘  yig‘iladi.  Davlat  maqsadli  jamg‘armalariga 

majburiy  ajratmalar,  ya’ni  Pensiya  jamg‘armasiga,  Respublika  yo‘l  jamg‘armasiga,  Ta’lim  va 

tibbiyot  muassasalarining  moddiy-texnik  bazasini  rivojlantirish  jamg‘armasiga  ajratiladigan 

majburiy  ajratmalarni  bitta  to‘lovga  –  ya’ni  davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  majburiy 

ajratmalarga  birlashtirish  bilan  bir  vaqtda  umumiy  stavka  3,5  foizdan  3,2  foizga 

kamaytirilmoqda.  Natijada  bir  xil  bazaga  ega  bo‘lgan  soliqlar  va  to‘lovlarni  birlashtirish  yo‘li 

bilan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar sonini qisqartirish va korxonalar ixtiyorida ko‘proq 

mablag‘lar qolishiga erishiladi.Joriy yildan foyda solig‘i bo‘yicha ham o‘zgartish kiritildi. Ya’ni 

foyda  solig‘i  hamda  obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  solig‘ini  bitta 

soliqqa – foyda solig‘iga birlashtirildi va 14 foiz qilib belgilandi. 2017 yilda esa bu ko‘rsatkich 

foyda solig‘i bo‘yicha 7,5 foiz hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 

solig‘i  bo‘yicha  8  foizni,  umumiy  15,5  foizni  tashkil  etgan  edi.  Buning  natijasida  soliq  turlari 

bittaga  kamayib,  soddalashtirildi  va  yirik  tashkilotlar  umumiy  hisobda  kamroq  soliq  to‘lashadi 

va pul mablag‘larini iqtisod qilishga erishadilar. 2018 yildan nodavlat notijorat tashkilotlari ham 

yagona  soliq  to‘loviga  o‘tishi  belgilandi.  Avval  ular  faqat  umumbelgilangan  tartibda  soliq 

to‘lashgan. Yuqoridagi kiritilgan o‘zgartishlar orqali joriy yil 1 yanvaridan boshlab nechta xodim 

faoliyat  yuritishidan  qat’i  nazar  yagona  soliqqa  o‘tishlari  mumkin.  Bu  esa  ularga  ko‘proq 

mablag‘ni  tejash  imkonini  beradi.Endilikda  yuridik  shaxslar  uchun  mol-mulk  solig‘i  faqat 

ko‘chmas mulklar uchun to‘lanishi belgilandi. Shu vaqtga qadar balansida aks ettirilgan asosiy

 

vositalarning yillik o‘rtacha qoldiq qiymatidan to‘lab kelingan. Asosiy vositalar tarkibida bino va 



inshootlar, asbob-uskuna va jihozlar, o‘tkazuvchi moslamalar, transport va moliyaviy ijara lizing 

shartnomasi bo‘yicha olingan boshqa asosiy vositalar kirgan. Buning natijasida yuridik shaxslar 



 

Soliq va soliqlarga tortish 

tomonidan to‘lanadigan mulk solig‘i miqdori kamayadi va tashkilotlar hisobida ko‘proq mablag‘ 

qoladi.  

Mazkur  o‘zgarishlar  soliq  majburiyatlarini  bajarishda  soliq  to‘lovchilarga  har  tomonlama 

ko‘maklashishga,  soliqqa  oid  huquqbuzarliklar  profilaktikasining  ta’sirchan  mexanizmlarini 

ishlab chiqishga va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga, soliq nazoratiga oid 

zamonaviy  uslublarni  joriy  etishga,  soliqqa  tortish  borasida  muammoli  masalalarning 

kamayishiga, budjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida 

va to‘liq hajmda tushishi ta’minlanishiga xizmat qiladi. 

 O‘zbekistonda  soliq  tizimining  shakllanishi,  tarixiy  rivojlanishini,  soliqlarning    bugungi  

kundagi    davlat    va    jamiyat    hayotidagi    o‘rnini    o‘tmishda  mavjud  bo‘lgan  soliq  turlari  bilan 

qiyosiy solishtirish asosida tadqiq etish  va  tizimning  rivojlanish  istiqbollarini  ilmiy  manbalar  

hamda  tarixiy hujjatlar asosida o‘rganish muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda soliq 

tizimi    ularning    rivojlanishini    o‘rganish    bugungi    kunda    mustaqil  mamlakatimizda    soliq  

tizimi    sohasida    amalga    oshirilayotgan    keng    qamrovli  islohotlar    bilan    mushtarak    tarzda  

tahlil    etilib    borilmoqda.    Shu    ma’noda  O‘zbekiston    Respublikasi    Birinchi    Prezidenti  

I.Karimov  o‘zlarining ma’ruzalarida  soliq  siyosatini  yanada  takomillashtirish  muhim  masala 

ekanligini  alohida  ta’kidlaganlar.  “Soliqqa  tortish  masalasida  amaliyotdasinalgan  prinsip  va  

yondashuvlarni    ishlab    chiqish,    bu    borada    boshqa  mamlakatlarning    ilg‘or    tajribasidan  

foydalanish  muhim  masaladir.  Soliqtizimi  nafaqat  soliqlarni  undirish,  balki  birinchi  galda,  

rag‘batlantirish  xususiyatiga    ega    bo‘lishi    lozim.    Shunga    erishimiz    kerakki,    har    bir  

soliqto‘lovchi    u    xoh    jismoniy,    xoh    yuridik    shaxs    bo‘lsin,    soliq    to‘lashdan  

bo‘yintovlamasdan  daromadlarini  yashirishga  urinmasdan,  aksincha,  o‘z  ishlab chiqarishini 

rivojlantirsin va daromadini oshirishga intilsin”

11

 deya qayd etadilar.  



          Soliqlar mavjud bo’lishining asosiy shartlaridan biri davlatning mavjudligi bo’lsa, ikkinchi 

sharti  bo’lib  soliqlarni  to’lashga  qobil  bo’lgan  soliqlarning  mavjudligidir.O’zbekiston 

Respublikasi  soliq  tizimi  manbaiga  qarab  soliqlar  yuridlik  va  jismoniy  shaxslardan  olinadigan 

soliqlarga  ajratiladi.Soliq  soliq  maqsadida  yuridik  shaxslar  deganda  mazkur  mulkida  ,  xo’jalik 

yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mulki bo’lgan va o’z majburitlari bo’yicha ushbu mol-mulki 

bilan  javob  beradigan,  shuningdek  mustaqil  balansiga  hisob  kitob  hisobvarg’iga    ega  bo’lgan 

alohida bo’linmalar tushuniladi. 

Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar , korxona foydasiga soliqlar, 

yerosti boyliklaridan foydalanganlik uchunsoliq , suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq , 

yer  solig’i,  mulk  solig’i,yagona  soliq  to’lovi    va  boshqalar  kiradi.Ba’zi  soliqlarni  (QQS,  aksiz 

solig’i)  yuridik ham jismoniy shaxslar ham to’laydilar.Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarga 

mulk va  yer soliqlari tegishlidir.Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar davlat budjeti daromda 

qismini  hal  qiluvchi  qismini    (70-75  foizi)  tashkil  etadi.Bu  soliqlarning  muhim  xususiyati 

shundaki naqd pulsiz hisob kitoblar orqali soliqlar korxonaning bankdagi hisobvarag’idan budjet 

hisobvarag’iga  o’tkazilib  beriladi.Uni  undirish  oson  va  tez  ,  arzon  undiriladi.Jismoniy 

shaxslardan olinadigan soliqlar asosan naqd pulda olingani uchun to’lash qiyin kechadi.Bunday 

soliqlarga  jismoniy  shaxslar  mulk  va  yer  soliqlari  tegishlidir.Soliqlarni  yig’ish  xarajatlari  

ko’payib  ketadi.Ammo  bank  plastik  kartochkalarini  joriy  etilishi  bu  masalani  kam  bo’lsada 

yechimini  toptirmoqda.Qolaversa  jismoni  shaxslarda  soliq  to’lash  madaniyatni  shakllantirish 

izchil davom ettirish bu masalani to’la yechimini beradi. .Jismoniy shaxslar soliqlari ichida eng 

yirigi  fuqarolar  daromad  solig’idir.Bu  soliqlar  orqali  fuqarolar  daromadlarini  boshqarib  borish 

imkoniyati yaratiladi.Ilgari aytganimizdek yuridik shaxslarning budjetlarga to’laydigan soliqlari 

to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. 

Shuningdek  soliqlarni  to‘lovchilar  nuqtai-nazaridan  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 

to‘laydigan soliqlarga ajratishimiz mumkin.  

                                                 

11

 

Karimov  I.A.  Bizning  bosh  maqsadimiz-jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  modernizatsiya 



va isloh etishdir.- T.: «O‘zbekiston».2005. 89 bet  

 


 

Soliq va soliqlarga tortish 

 O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetiga to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlarning hal 

qiluvchi  asosiy  qismini  yuridik  shaxslarning    soliqlari    va    boshqa  majburiy  to‘lovlari  tashkil 

etadi. Yuridik shaxslar ham umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni 

to‘laydilar 

Yuridik shaxslar soliq to‘lovchi bo‘lishi uchun yuridik shaxs maqomini olganidan tashqari, 

albatta  biror  ruxsat  etilgan  faoliyatdan  daromad  olgan  bo‘lishlari  zarur  yoki  tovarlar  (ish, 

xizmatlar)  sotishdan  oborotga  ega  bo‘lishlari  hamda  statistika  idoralarida,  hokimiyatlardan 

ro‘yxatdan o‘tgan (kodga ega) bo‘lishlari shart. 

Jismoniy  shaxslar  yuridik  shaxs  maqomini  olmagan  shaxslardir.  Bunday  shaxslarga 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmaganlar va chet el mamlakatlari fuqarolari 

kiradi.  O‘zbekiston  Respublikasi  soliq  qonunchiligiga  binoan  soliqqa  tortish  maqsadida  soliq 

to‘lovchilar  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  bo‘lingan.  Jismoniy  shaxslar  to‘laydigan  soliqlar 

davlat budjeti daromadlarining 20-25 foizini tashkil etadi.  

Jismoniy  shaxslar  to‘laydigan  soliqlarning  xususiyati  shundan  iboratki,  soliq  jismoniy 

shaxsning  to‘g‘ridan-to‘g‘ri    o‘z  daromadidan  olinadi.  Ular  to‘laydigan  soliqlar  va  yig‘imlar 

asosan budjetga naqd va naqdsiz pul to‘lash yo‘li bilan o‘tkaziladi Soliq to‘lashiga ko‘ra yuridik 

shaxslarni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:  

– umumiy tartibda soliq to‘lovchi yuridik shaxslar;  

– mikrofirmalar va kichik korxonalar;  

– savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari;  

–  lotoreyalar,  totalizatorlar  va  tavakkalchilikka  asoslangan  boshqa  o‘yinlar  o‘tkazishga 

ixtisoslashgan yuridik shaxslar;  

Umumiy tartibda soliq to‘lovchi yuridik shaxslar quyidagi soliqlarni to‘laydi:  

–  foyda solig‘i;  

–  qo‘shilgan qiymat solig‘i;  

–  aksiz solig‘i;  

–  mol-mulk solig‘i;  

–  yer solig‘i;  

–  yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;  

–  suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;  

-  yig‘imlar. 

Soliq  to‘lovchilarning  ayrim  toifalari  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  quyidagi 

maxsus soliq rejimlari belgilanadi: 

1) aylanmadan olinadigan soliq; 

2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi; 

3)  maxsus  iqtisodiy  zonalar  ishtirokchilariga  va  ayrim  toifadagi  soliq  to‘lovchilarga 

soliq solishning alohida tartibi. 

     


Shuningdek yuqoridagi barcha yuridik shaxslar  quyidagi yig‘imlar, bojlar va boshqa 

majburiy to‘lovlarni ham to‘laydilar:  

–    bojxona  to‘lovlari  (bojxona  bojlari  va  yig‘imlari,  aksiz  solig‘i  va  tovarlarni  import 

qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i);  

         –  davlat bojlari;  

–    tovarlarning  ayrim  turlari  bilan  chakana    savdo  qilish  va  ayrim  turdagi  xizmatlarni 

ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar;  

–  davlat maqsadli jamg‘armalariga  to‘lovlar  

Jismoniy shaxslar to‘laydigan soliqlar va yig‘imlar tarkibi  quyidagilardan iborat:  

–  jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq;  

–  mol-mulk solig‘i;  

–  yer solig‘i;  

–  suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;  

–  yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;  

- yig‘imlar 


 

Soliq va soliqlarga tortish 

- bojxona to‘lovi (yagona bojxona to‘lovi) 

6.O‘zbekiston  Respublikasida  soliq  tizimining  huquqiy  asoslari,  soliq  to‘lovchilarning 

huquqlari  hamda  majburiyatlari,  soliq  ishlarini  yuritish  tartiboti  va  soliq  haqidagi  qonun 

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik Soliq Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat 

soliq  xizmati  to‘g‘risida”  gi  qonuni  va  shu  kabi  bevosita  soliqqa  oid  qonun  hujjatlari  orqali 

tartibga  solib  turiladi.  Soliq  haqidagi  qonun  hujjatlarining  boshqa  qonunlar  va  qonun 

hujjatlaridan  o‘rin  olgan  normalari  soliq  kodeksiga  muvofiq  bo‘lishi  lozim.  Agar  O‘zbekiston 

Respublikasining xalqaro shartnomasida Soliq Kodeksidan boshqacha qoidalar belgilangan yoki 

nazarda  tutilgan  bo‘lsa,  unda  xalqaro  shartnoma  qoidalarida  belgilangan  shartlar  amalda 

qo‘llaniladi.O‘zbekiston Respublikasida  dastlabki Soliq kodeksi O‘zbekiston Respublikasining  

1997    yil  24  apreldagi    396-I-sonli    Qonuni    bilan  tasdiqlangan    va    O‘zbekiston  Respublikasi  

Oliy Majlisining  1997  yil   24 apreldagi 397-I-sonli  qarori  bilan  1998  yil  1  yanvardan  toki  

2008 yil     1 yanvargacha amalda bo‘lgan.  

Shundan so‘ng Soliq kodeksi O‘zbekiston Respublikasining 2007  yil 25 dekabrdagi 136-

sonli  Qonuni  bilan  tasdiqlangan  va      2008  yil  1  yanvardan  e’tiboran  amalga  kiritilgan.  Ushbu 

Kodeks 2 qism, 21 bo‘lim, 64 bob, 392 moddadan iborat.  

2020  yil  1  yanvardan  yangi  Soliq  kodeksi  amalga  kiritildi.U  2  qism,  21  ta  bo‘lim,  71  ta  

bob, 480 ta moddadan iborat. 

Soliq solish -   yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan qat’i nazar, qonun oldida 

tenglik,  jismoniy  shaxslarga  nisbatan  esa  jinsi,  irqi,  millati,  tili,  dini,  ijtimoiy  kelib  chiqishi, 

e’tiqodi,  shaxsiy  va  ijtimoiy  mavqeidan  qat’i  nazar,  qonun  oldida  tenglik  asosida  amalga 

oshiriladi. Belgilanayotgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning 

yoki pul mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida erkin muomalada bo‘lishini 

bevosita  yoki  bilvosita  cheklab  qo‘yishi  yoxud  soliq  to‘lovchining  iqtisodiy  faoliyatini 

boshqacha tarzda cheklab qo‘yishi yoki unga g‘ov bo‘lishi mumkin emas. Olingan manbalaridan 

qat’i nazar, barcha daromadlarga soliq solinishi lozim, soliq imtiyozlarini belgilashda esa albatta 

ijtimoiy adolat prinsiplariga rioya etilishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va 

boshqa  majburiy  to‘lovlar    O‘zbekiston  Respublikasining  pul  birligi-so‘mda  hisoblab 

chiqariladi.Amaldagi Soliq kodeksiga ko‘ra soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:  

soliq  organlaridan  va  boshqa  vakolatli  organlardan  (ularning  vakolatlari  doirasida) 

amaldagi  soliqlar  to‘g‘risida,  soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlaridagi  o‘zgarishlar  haqida, 

soliqlarni  hisoblab  chiqarish  va  to‘lash  tartibi  to‘g‘risida  axborotni,  soliq  hisobotining  va 

arizalarning shakllarini, shuningdek ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish;  

o‘z  soliq  majburiyatlarini  bajarish  yuzasidan  soliq  organlarida  va  boshqa  vakolatli 

organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish;  

belgilangan  asoslar  mavjud  bo‘lganda  va  tartibda  soliq  imtiyozlaridan  foydalanish 

yoxud ulardan foydalanishni rad etish; 

soliqlar,  penyalar  va  jarimalarning  ortiqcha  to‘langan  yoki  ortiqcha  undirilgan 

summalarini o‘z vaqtida hisobga o‘tkazish yoki qaytarish; 

belgilangan  tartibda  va  shartlarda  soliqlarni  to‘lashni  kechiktirish  yoki  bo‘lib-bo‘lib 

to‘lash; 

soliq  solish  ob’yektlarini  hisobga  olishda,  soliqlarni  hisoblab  chiqarish  va  to‘lashda 

o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish

o‘z  hududida  o‘tkaziladigan  sayyor  soliq  tekshiruvini  va  soliq  auditini  o‘tkazish 

chog‘ida hozir bo‘lish; 

sayyor  soliq  tekshiruvi  va  soliq  auditi  materiallari  bilan  tanishish,  shuningdek  ushbu 

tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish; 

soliq  tekshiruvini  amalga  oshiruvchi  soliq  organlariga  soliq  to‘g‘risidagi  qonun 

hujjatlarining ijrosiga taalluqli masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish; 

soliq  organlari  va  boshqa  vakolatli  organlarning  hamda  ular  mansabdor  shaxslarining 

qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan talablarini bajarmaslik; 


 

Soliq va soliqlarga tortish 

soliq  organlari  va  boshqa  vakolatli  organlarning  normativ  tusga  ega  bo‘lmagan 

hujjatlari  hamda  qarorlari,  ular  mansabdor  shaxslarining  harakatlari  (harakatsizligi)  ustidan 

belgilangan tartibda shikoyat qilish

soliq  organlari  va  boshqa  vakolatli  organlarning  qonunga  xilof  qarorlari  yoki  ular 

mansabdor  shaxslarining  noqonuniy  harakatlari  (harakatsizligi)  tufayli  yetkazilgan  zararlarning 

o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish; 

soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqish 

jarayonida ishtirok etish; 

soliq  munosabatlari  masalalariga  oid  o‘z  manfaatlarini  shaxsan  yoxud  soliq 

maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa o‘z vakillari orqali ifodalash; 

soliq siriga rioya etish va uni saqlash. 

Soliq  to‘lovchilar  qonun  hujjatlarida  belgilangan  o‘zga  huquqlarga  ham  ega  bo‘lishi 

mumkin. 

Soliq to‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo‘lish 

huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to‘lovchini bunday 

munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi. 

Soliq to‘lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor 

shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan ta’minlanadi. 

Soliq to‘lovchilarning huquqlarini ta’minlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki 

lozim darajada bajarmaganlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 

javobgarlikka sabab bo‘ladi. 

Soliq  to‘lovchining  soliq  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq yuzaga keladigan 

majburiyati soliq majburiyati deb e’tirof etiladi.  

Soliq to‘lovchilar: 

belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarishi 

va to‘lashi; 

hujjatlarni  ko‘rib  chiqish  yoki  tushuntirishlar  berish  zaruriyati  to‘g‘risida  chaqiruv 

xatini olganida soliq organiga kelishi

tovarlarni  (xizmatlarni)  realizatsiya  qilishda  xaridorga  hisobvaraq-fakturalarni, 

cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi; 

soliq  tekshiruvini  o‘tkazayotgan  soliq  organlarining  mansabdor  shaxslariga  soliqlarni 

hisoblab chiqarish va to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron 

manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi; 

soliq  organlari  va  boshqa  vakolatli  organlarning  qonuniy  talablarini  bajarishi, 

ko‘rsatilgan  organlarning  va  ular  mansabdor  shaxslarining  qonuniy  faoliyatiga  to‘sqinlik 

qilmasligi; 

agar  boshqacha  qoida  nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  soliq  hisobotlarining  va  soliqlarni 


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling